BITIRUV MALAKAVIY ISHINING OBYEKTI VA PREDMETI. Bitiruv malakaviy ishining obyekti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Rossiyaning “Почта России” veb saytlari tanlab olindi. Hamda ushbu saytlar tomonidan 2021-2022 yillarda (hozirgi oyiga qadar) infografika tarzida uzatilgan maʼlumotlar tadqiqotga tortilib, ishning predmeti boʻlib xizmat qildi.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING ILMIY YANGILIGI. Soʻnggi yillarda data jurnalistika media makonda tobora muhim oʻrin tutib bormoqda. Xususan, maʼlumotlarni avvalgidek, anʼanaviy tarzda emas, infografika koʻrinishida berish oʻquvchining axborot olishga boʻlgan qiziqishini orttirmoqda. Shu bilan birga oʻquvchi yoki tomoshabinni maʼlum bir nashrga boʻlgan sodiqligini saqlab qolish imkonini yaratmoqda. Maʼlumotlarni infografika koʻrinishida tayyorlash jarayonida muxbir va dizayner hamkorligini, maʼlumollarni vizual tarzda uzatish axborot qabul qiluvchiga qanday psixologik taʼsir koʻrsatishini, qanday qilib, oʻquvchiga maʼlumotning toʻgʻri va aniq yetkazishni hamda tushunarli boʻlishini taʼminlash kerakligini oʻrganish juda muhimdir. Ushbu tadqiqotda jurnalistikada data-jurnalistikasining paydo boʻlishi, infografikalarning maʼlumot berish tartibi, uning afzalliklari, maʼlumotlarni saralash va ularni bir infografikada jamlash jarayonlari oʻrganiladi va tahlil etiladi. Ishni shu nuqtai nazardan oʻrganish, tahlil qilish va ishning predmeti boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Rossiyaning “Почта России” veb saytlarida infografika tarzida uzatilgan maʼlumotlarni tadqiq qilish mavzuning ilmiy yangiligini belgilaydi.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TARKIBIY TUZILISHI.Ushbu tadqiqot ishi kirish, ikki bobdan iborat asosiy qism, paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.