Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmuni va grammatik jihatdan birikishidan tuzilgan qo'shma gap murakkab qo'shma gap deyiladi. Bu qo'shma gapning oddiy qo'shma gaplardan farqi shundaki, agar oddiy qo'shma gaplar tarkibida ikkita sodda gap kelsa, murakkab qo'shma gapning tarkibida uch va undan ortiq sodda gaplar o'zaro birikib keladi. Masalan: Biz shuni yaxshi bilamizki, millatlararo nizolar yaxsilikka olib kelmaydi. (Gazetadan.)
Yillar o'tgach, yaxshilik urug'i unib chiqadi va biz undan manfaatdor bo'lamiz. Keltirilgan misollaming birinchisi ikkita sodda gapdan hosil bo'lgan (oddiy qo'shma gap), ikkinchisi esa uchta sodda gapdan tuzilgani uchun murakkab qo'shma gapdir.
Murakkab qo'shma gaplar quyidagi turlarga bo'linadi;
Ergashish yo'li bilan tuzilgan murakkab gaplar."
Bog'lanish yo'li bilan tuzilgan murakkab gaplar.
Bog'lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab gaplar.
Aralash yo'l bilan tuzilgan murakkab gaplar.
Ergashish yo'li bilan tuzilgan murakkab qo'shma gaplar
Tarkibidagi ikkitadan ortiq ergash gaplar mavjud bo'lib,bitta bosh gapga tobelangan murakkab gap bir necha ergash gapli qo'shma gap deyiladi.
Bunday ergash gaplarning bosh gapga bog'lanish usuli ikki xil:
to'g'ridan to'g'ri ergashish;
ketma -ket ergashish.
1. Ergash gaplarning har biri mazmun va grammatik jihatdan biri ikkinchisiga tobelanmay, o'zaro teng holatda bosh gapga bog'lansa bu usul to'g'ridan to'g'ri ergashish deyiladi. Masalan: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko'payadi. Bahor kelsa, gullar ochilsa, yana avvalgiday tabiat gullar. (H.O.)
Bunday yo'l bilan ergashish ikki xil bo'ladi:
Uyushiq ergash gaplar.
Uyushmagan ergash gap.
Uyushiq ergash gaplar tarkibidagi sodda gaplar bir xil so'roqqa javob beradi va bir turdagi ergash gap bo'ladi. Masalan: Kim o'ylasa onalarni, vatanni, kim mehnat qilsa, unda inson fazilati bor. Uyushmagan ergash gaplar tarkibidagi sodda gaplar har xil so'roqqa javob beradi. Masalan: Tashqari hali yorug' bo'lsa-da, eshik yopilgani uchun, derazasiz hujra qop-qorong'i edi.(O.)11
Har bir ergash gap to'g'ridan -to'g'ri bosh gapga bog'lanmasdan ikkinchisiga bog'lanib, keyin bosh gapga bog'lansa ketma-ket ergashish deyiladi. Masalan: Yillar o'tib, qancha suvlar oqib o'tsa ham, inson o'z ustozini unitmaydi.
Sulton daraxt bo'lsa, raiya tomir.
Tomirdan, ey o'g'lim, daraxt kuch olur (S.Sh.)