rus tilida
tema
|
rema
|
Smex
Grust
Moyo lyubimoe derevo –
Beryoza –
Poezd
K vokzalu
|
pobejdaet grust.
pobejdaet smex.
beryoza.
moyo lyubimoe derevo.
podxodit k vokzalu.
podxodit poezd.
|
Keltirilgan misollarda, jumladan, birinchi gapda tema bo`lib kelgan smex so`zi imenetelnыy padej ko`rinishida, rema – grust so`zi esa vinitelnыy padej shaklini olgan. Axborot maqsadi deyarli o`zgarmagan Grust pobejdaet smex gapida esa, tema (grust) imenitelnыy padej, rema (smex) vinitelnыy padej shakliga ega bo`lgan va hokazo. Yoki ingliz tilida:
The ball hit the boy (Koptok bolani yiqitdi) - The ball (tema) – hit the boy (rema).
The boy hit the ball (Bola koptokni yiqitdi (qo`lidan tushurdi degan ma’noda) – The boy (tema) – hit the ball (rema).
Nemis tilida: Die Frau sah das Madchen (Ayol kishi qizni ko`rdi) – Das Madchen sah. Qiyoslangan gaplarda tema-rematik bo`linish shakliy bo`linishga mos kelmaganligini ko\rish mumkin.
tema
|
rema
|
Die Frau
Das Madchen
|
sah das Madchen
sah die Frau
|
[WPm,WPm] qolipli qo`shma gaplarning mohiyati Shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gaplar kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo`lib, ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin:
1. Men seni o`ylayman, Shuni bilasanmi?
2. Borish kerak, borish kerak.
3. Yigitni uchratish kerak, haytovur sovib qolgandir).
4. Men seni deyman, lekin sen kimni deysan?
[WPm, WPm] tipik ko`rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli(MKSH)dagi gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omillar asosida, ko`p hollarda bog`lovchilar vositasida amalga oshiriladi. [WPm, WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar orasida turli ma‘noviy munosabatlar mavjud bo`ladi. Masalan, mazkur qolip asosidagi O`qituvchi keldi, dars boshlandi gapida quyidagi rang-barang munosabatlar bor: a)uzilishli birin-ketinlik; b)uzilishsiz birin-ketinlik; v)payt munosabati; g)natija munosabati; d)sabab munosabati va hokazo. Bu munosabatlar har bir gapning tarkibidagi [W] lar, [Pm]lar, qo`llangan bog`lovchi vositalarning ma‘no va vazifalari bilan bog`liq bo`lib, bevosita sintaktik strukturaga daxldor emas. Chunki bir fikrni turli sintaktik shakllarda, turli fikrlarni bir sintaktik shaklda berish mumkin bo`ladi. Demak, [WPm, WPm] tipik ko`rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha belgilab olamiz. [WPm,WPm] bu mustaqil sodda gap sifatida qo`llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma‘lum bir bog`lovchi vositalar bilan o`zaro bog`lanishi va bitta tugal ohangga, bitta gap to`xtamiga ega bo`lishidir. Ma‘lum bo`ladiki, [WPm, WPm] [WPm U WPm] umumiy qolipining oraliq bir ko`rinishi sifatida lison va nutqqa daxldor bo`ladi. [WPm,WPm] tipik qurilishli gaplar [W] va [Pm], shuningdek, (S) xususiyatlariga ko`ra farqlanadi. 1.[W] va [Pm] qismlari aynan bo`lgan gaplar: 1.E, keling, xola, keling. (A. qahhor.)2.Bo`ldi, bo`ldi, mana hal, xola (S.Abd.) 3.Bevaqt hazon bo`lmay har kim YAshab o`tsin dunyoda. Onajonim, har kim oshin Oshab o`tsin dunyoda (A.O.) 4.Odamlar o`tdilar bir vaqt, bir zamon O`tdilar eng oddiy baxtdan ham yiroq. (A.O.) [W] qismi bir xil, [Pm] qismi har xil bo`lgan gaplar: 1.Siz bilmaysiz, bilolmaysiz ham («Sharq yulduzi»)5 2.Siz Chidab o`tirdingizmi, Chidadingizmi? (SH.Xolmirzaev) 3.Bormang, bormoqchimisiz? (S. Nurov). [S] lari bir xil, [W]lari bir xil, lekin [Pm]lari har xil bo`lgan takror gaplar: 1.Menga nima bo`ldi, nima bo`lgan edi-ya? 2.Nega endi bo`lmas ekan, bo`lgan edi, bo`ldi,-dedim shoshib-pishib. (X.To`xtaboev.) 3.qutursa, quturgandir, erga tekkandan keyin quturmaydi. (S.Ahmad).4.Voy xotinni sizlar olasizmi, siz olmoqchimisiz. (S. Ahmad.) [S] lari va [W]lari har xil, [Pm] lari bir xil bo`lgan gaplar: 1.Sen hech bir gazit-pazit o`qiysanmi, uqiganmiz biz ham. (A. Hatamov). 2.O`ldirding, o`laman, devona. (Sh.Xolmirzaev.) 3.Bunaqa ot senga bitmagandi, bitkulik qilmasin ham. (A.Qo`shshayev.) 4.Siz meni bilmaysiz, men sizni bilaman. (Sh.Xolmirzaev) [WPm,WPm] tipik ko`rinishli gaplarni ular kengaytiruvchilarining xususiyatlari (tuzilishi, ifodalanishi), bog`lovchi vositalarining xossalari asosida ham yanada kengroq va batafsilroq tavsiflash mumkin. Tayanch tushunchalar: sintaktik aloqa, teng aloqa, teng tarkibli qo`shma gaplar, teng tarkibli qo`hsma gaplar LSQi.
Teng tarkibli qo'shma gaplar [ WPm , WPm ] = QG lisoniy sintaktik qolipi asosida yuzaga keladi .[ WPm , WPm ] qurilmali qo'shma gaplar kesimlarning har biri mustaqil shakllangan bo'lib , ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin .
Dostları ilə paylaş: |