Kirish Bob Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar


Mutanosib tarkibli qo`shma gaplar



Yüklə 195,5 Kb.
səhifə3/12
tarix08.05.2023
ölçüsü195,5 Kb.
#109883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kirish Bob Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar (1)

Mutanosib tarkibli qo`shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar kesimlarining biri ikkinchisini, ikkinchisi esa birinchisini taqozo etadi. Ikkalasining ham kesimi nomustaqil kesim hisoblanadi. Chunonchi, Tezroq tong otsa-yu, bog`larni, maysalarni ko`rsam. Agar Salima biznikiga kelsa edi, biz birga borgan bo`lar edik. [WPm] ↔ [WPm] qolipli qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni mustaqil holda qo`llash mumkin. Biroq ular mustaqil qo`llanganda butunlay boshqa ma’no yuzaga chiqadi. Umumta’lim maktablarida qo`shma gaplar ularni bog’lovchi vositalar asosida quyidagich tasniflab beriladi :

  • ohang yordamida bog`langan qo`shma gaplar;

  • bog`lovchilar yordamida bog`langan qo`shma gaplar;

  • yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gaplar;

  • nisbiy so`zlar bilan bog`langan qo`shma gaplar;

  • kesimlik so`zlari bilan bog`langan qo`shma gaplar.

Qo`shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan (Salima o`tirar, turar va yig`lab chopar edi; Sotuvchi do`kondagi kitoblardan uch-to`rttasini artib, o`qib chiqdi kabi) hamda sodda va qo`shma gaplar orasidagi «oraliq uchinchi» uyushgan gaplardan (Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi kabi) farqlash lozim.
Gapning aktual bo`linishi. Nutq xusuiylik tabiatiga egaligi sababli gapda ishtirok etayotgan so`zshakllar tartibi bir qadar erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan chetga chiqolmaydi. Nutq qaysi uslubdaligiga ko`ra, so`zlovchining maqsadi asosida gap tarkibidagi so`zshakllar umumiy tartibga ega bo`ladi. Bundan tashqari, nutqiy bosqichdagi istalgan gap mazmunan ma’lum voqelikni ifodalash bilan birga, so`zlovchi axborotni nima maqsadda uzatayotganligini ham bildiradi.
Chunonchi, Salima universitetdan qaytdi gapida muayyan shaxsning (ya’ni Salimaning) universitetdan qaytishi voqeligi xabar qilingan, bu birinchidan. Ikkinchi jihatdan e’tibor qaratsak, gapda so`zlovchining tinglovchiga Salimaning qaerdan qaytganligi haqidagi ma’lumotni yetkazish maqsadi ham aks etganligi seziladi. Shunga ko`ra, ushba gap Salima qaerdan qaytdi? so`rog`iga javob bo`la oladi. Agarda shu gapni Universitetdan Salima qaytdi shaklida o`zgartirsak, gapda ifodalangan voqelik mazmuni o`zgarishsiz qoladi, ya’ni Salima unversitetdan qaytdiUniversitetdan Salima qaytdi gaplari bir xil. Biroq, ikkinchi gapda so`zlovchining axborot maqsadi Universitetdan kim qaytdi? savoli orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo`nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot maqsadini xarakterlaydi. Gapning axborot yetkazish vazifasi nuqtayi nazaridan tuzilishi aktual bo`linish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo`laklar hisoblanadi2.
Aktual bo`laklar gap ifoda asosi va ifoda yadrolaridan iborat bo`ladi. Gapda ifodalangan fikrning ma’lum qismi, ya’ni ifoda asosi tema (ma’lum demakdir) va noma’lum qismi, ya’ni ifoda yadrosi rema (yangilik demakdir) deb ham yuritiladi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot yetkazish) nuqtayi nazaridan ahamiyatli bo`ladi. Savol har doim remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma’lum bo`lganligi sababli u so`roq gap tarkibida aynan takrorlanadi. Quyida ba’zi sodda gaplarning tema-rematik, ya’ni aktual bo`linishiga diqqat qiling:




Yüklə 195,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin