tema
|
rema
|
Salima
Universitetdan
Bahorda
Gullar
Karim
Kursini
|
(qayerdan?) universitetdan qaytdi
(kim?) Salima qaytdi
(nimalar?) gullar ochiladi
(qachon?) bahorda ochiladi
(nimani?) kursini tuzatmadi
(kim?) Karim tuzatmadi
|
Gapning aktual bo`linishi gapning shakliy bo`linishiga qarama-qarshi turadi. Agar shakliy (formal) bo`linishda gap tarkibidagi grammatik element (kesim, hol, to`ldiruvchi, aniqlovchi kabi)larga e’tibor qaratilsa, aktual tuzilmada gapning ma’no jihatdan bo`linishi nazarda tutiladi. Aktual bo`linishda fikr ma’lumdan noma’lumga qarab boradi. Aktual bo`linish gapning formal bo`linishi bilan mos kelishi ham, kelmasligi ham mumkin3. Chunonchi, Ikki dugona olimpiadada g`olib bo`lishdi; Chekish mumkin emas gaplarida ikki dugona va chekish tema bo`lib kelgan. Har ikkala gapda ham tema gapning egasi bilan muvofiq keladi. Olimpiadada ikki dugona g`olib bo`lishdi; Dunyoni go`zallik qutqaradi gaplaridagi olimpiadada hamda dunyoni so`zshakllari tema bo`lib, sintaktik bo`linishga muvofiq kelmaydi.
Demak, aktual bo`linish talabi bilan gapda so`zshakllarning tartibi har xil bo`ladi. Va u mantiqiy birlik bo`lgan hukmning bo`laklanishi (subyekt ~ predikat)ga ham o`xshaydi. Yuqoridagi xususiyatlar hisobga olingan holda, aktual bo`linish sathi mantiqiy-grammatik sath deb nomlanadi.
Aktual bo`linish lisoniy konstruktiv-sintaktik mohiyat bilan bog`liq sof nutqiy hodisadir. Gapda so`zshakllar tartibi aktual bo`linish bilan chambarchas bog`liq bo`lsa-da, buning lisoniy sintaktik qurilishga dahli yo`q.
Aktuallashtiruvchilar qatorida tartibdan tashqari fonetik, leksik va grammatik vositalar ham mavjud. Fonetik aktuallashtiruvchilar sirasiga logik hamda emfatik urg`uni kiritish mumkin. Logik (mantiq) urg`usi nutq tempi va pauza bilan bog`liqdir. Ma’lumki, gapda nechta so`zshakl bo`lsa, shuncha miqdorda so`z urg`usi bo`ladi. Gap tarkibidagi qaysi so`zshakl mantiqiy urg`u olsa, o`sha so`z shakli rema, gapning qolgan qismi esa tema hisoblanadi. Emfatik urg`uda hissiy-ta’siriylik kuchli bo`lib, unli yoki undoshlar cho`ziladi, ba’zan so`zlar takrorlanadi (Senga ka-a-atta tort keltirdim; Ko`zlaring chchchi-royli; Men, men aytaman kabi). Emfatik urg`u olgan so`z shakllari remadir4.
Ba’zi gaplar tarkibida yordamchi so`zlar (masalan, so`z-yuklamalar) va grammatik shakllar (masalan, affiks-yuklamalar) ham so`z shakllarining aktuallashishiga yordam beradi. Masalan, Sarvar ham keldi; Yigitning o`zigina tushunadi kabi.O`zbek tilidagi atov gaplar, to`liqsiz gaplarning ba’zi ko`rinishlari tema-rematik bo`linishga ega bo`lmaydi va ular kommunikativ bo`linmas gaplar hisoblanadi. Bahor! Oppoq qor… Rahmat. Ha, mayli kabilar shular jumlasidandir. Anglatilayotgan fikr xarakteriga qarab bir gap turlicha aktual bo`linishi mumkin: Karim / musobaqada g`olib chiqdi – Karim musobaqada / g`olib chiqdi kabi.
Gapning aktual bo`linishini rus, ingliz, nemis, fransuz kabi tillarda ham kuzatish mumkin. Odatda, bu tillarda tema-rematik bo`linish gapning formal bo`linishi bilan mos kelmaydi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |