Kurs ishining maqsadi: Qo‘shma gaplar haqida umumiy ma’lumot to‘plagan holda quyidagilar kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi:
Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplarni urganish orqali, Tobe tarkibli qo`shma gaplar haqida ma’lumot berish
Teng tarkibli qo`shma gaplarning mohiyatini nazariy jixatdan ochib berish
Bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplarni o’zaro tahlil qilish kurs ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining vazifas: kurs ishining mavzusidan kelib chiqqan holda “Badiiy matnda teng tarkibli qoʻshma gap” mavzusini rejalar asosida batafsil urganish.
Kurs ishining tuzulishi: mazkur kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Har bir bob ikkitadan mavzuni o’z ichiga oladi.
Bob Badiiy matnda teng tarkibli qo’shma gaplar Tobe tarkibli qo`shma gaplar
Qo`shma gaplarning umumiy lisoniy sintaktik qolipi [WPm] U [WPm] ko`rinishiga egadir. O`zbek tilida qo`shma gaplarning, asosan, uch turi ajratiladi:
Teng tarkibli qo`shma gaplar (qolipi – [WPm], [WPm]).
Tobe tarkibli qo`shma gaplar (qolipi – [WPm] → [WPm]).
Mutanosib tarkibli qo`shma gaplar (qolipi – [WPm] ↔ [WPm]).
Teng tarkibli qo`shma gaplarning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismlari sanalmish sodda gap kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo`lib, ularni osongina alohida sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin. Chunonchi, Bormang, bormoqchimisiz? Kechasi qalin qor yog`di, biroq havo unchalik sovimadi. Men seni deyman-u, sen kimni deysan?! Tobe tarkibli qo`shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar shakllangan [Pm] mavjud bo`lsa-da, birinchi sodda gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi bo`la olmaydi. U doimo tobe gap markazini shakllantirib, o`z mohiyatini ochishi uchun o`zidan keyin mustaqil kesimli gap bo`linishini talab etadi. Masalan, Men qo`shiq aytsam, u tinglaydi. Ergash ko`ringan ham edi, bolalar yugurishdi. Demak, [WPm] → [WPm] qolipidan chiqqan hosilalarda birinchi gap shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.