ko‘rinishlarini qo‘llaydi.X.P.Bonet (1579-1633) o‘zining 1620 yilda yozilgan
«Tovushlar tabiati va kar-soqovni gapirishga o‘rgatish san’ati» asarida karlarni
o‘qitish va tarbiyalashning o‘sha davrdagi maqsad va vazifalarini ko‘rib chiqar ekan,
ularni so‘zlashuv nutqiga daktil va og‘zaki nutq orqali o‘rgatish lozimligi haqida so‘z yuritadi. U kar bolalarni maxsus ravishda tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi
o‘qitishi, ta’lim jarayonida nutqni va aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan ishlar savol-javob shaklidan foydalangan holda olib borilishi alohida e’tiborli omil sifatida qaraydi. X.P.Bonnet g‘oyalarining keyinchalik taraqqiyotiga Angliyalik J.Vallis (1616-1703) va J.Bulver, Shveysariyalik J.K.Amman (1669-1724), Niderlandiyalik F.M.Van Xelmont (1614-1699), Italiyalik F.L.Tersiy (1631-1687) kabi amaliyotchi olimlar karlarni o‘qitishga alohida urinishlar sifatida o‘z xissalarini qo‘shdilar. E.R.Karrion (1579-1652) o‘z zamondoshlari boy tajribasidan unumli foydalangan holda ularning g‘oyalarini rivojlantirar ekan, karlar ta’lim-tarbiyasida taktil-vibratsiya sezgilariga hamda eshitish qoldig‘iga tayangan holda ish olib boradi. Yuqorida bayon etilgan karlarni yakka tartibda o‘qitishga urinishlar eshitish nuqsoniga ega farzandlari bo‘lgan zadogon oilalar ijtimoiy buyurtmasining mahsuli edi. Shu bois ta’limning bu turi ijobiy tajribaga ega bo‘lsada, ushbu toifa bolalari uchun o‘quv muassasalarining tashkil etilishiga uzoq vaqt muvaffaq bo‘linmadi. Faqat 14 asrning 70-yillaridagina kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha urinishlar yuzaga kela boshladi. 1770 yilda Fransiyada dunyo tarixida birinchi bo‘lib Sharl Mishel de Epe (1712-1789) tomonidan Parijda xususiy maktab - kar-soqovlar instituti ochildi. De Epe tarixda Volter, Deni Didro, Jan Jak Russo kabi fransuz ma’rifatparvarlarining g‘oyalari bilan yo‘g‘riltirilgan mimika (imo-ishora) metodining muallifi sifatida nom qoldirdi . Amaliyotchi olim o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor kar bolalarning har tomonlama: aqliy va jismoniy rivojlanishiga qaratish hamda ushba tizim kar bolani umumta’lim fanlariga oid bilimlarni o‘zlashtirish, jamiyatda yashash va mehnat qilishga tayyorlashi lozimligi masalalariga alohida axamiyat qaratadi. Ammo ushbu vazifalarni hal etish uchun o‘qitish davomida faqat nutqning imo-ishora shaklidan foydalaniladi hamda kar o‘quvchilar uning asosida yozishni o‘rganadilar. Uning shogirdi R.A.Sikar Sharl Mishel de Epening g‘oyalarini rivojlantirib, imo-ishoralar tilini «metodik belgilar» bilan boyitadi. Ya’ni ushbu metod asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tildagi
grammatik kategoriyalarni tasvirlash uchun ma’lum bir belgilar o‘rgatib boriladi.
Ma’lumki, tilda grammatik kategoriyalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘quvchilar hajmi kundan kunga ortib borayotgan belgilarni o‘zlashtira olmasliklari natijasida fanlarga oid blimlarni ham o‘zlashtirishga ulgurmay qoladilar hamda imo-ishora metodi asosida o‘qitish tizimi takomillashtirilganiga qaramay, undan amaliyotda foydalanish ta’limning oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laligicha hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatadi.
Daktilologiya – kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqining o‘ziga xos
shaklidir. U so‘zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir. U yozma
xarakatga ko‘ra yozma nutqqa o‘xshab ketadi. Uning vositalari grafik belgilar harflar
emas, balki qo‘l, barmoq harakatlari hisoblanadi. O‘zbek tilining har bir harfi
o‘zining harakatli ifodasiga egadir. daktil belgilarini uch guruhga tasniflash mumkin:
1. chizuvchi harflar (z, b, d);
2. harf shaklini ifodalovchi harflar (o, l, m, t);
3. shartli belgilar (v, j, n).
Daktil nutqi so‘zlashuv nutqining barcha qoidalariga ko‘ra shakllanadi va uni
kar bola egallashi mumkin. Bog‘cha davrda kar bola daktilologiyaga savod o‘rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot ko‘rsatishicha, daktilologiya eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Daktilologiyani yaxshi egallagan o‘quvchilar so‘zning tovush sostavini
to‘liq egallaydi. Ularda so‘zning tovush va daktil obrazi o‘rtasida shartli aloqalar
o‘rnatiladi. Lekin so‘zning talaffuzi yozilishdan uzoqlashsa tovush tarkibini
o‘rganishda daktilologiya ta’sir ko‘rsatdi. Daktilologiyani va yozma nutqning o‘zaro
munosabati juda murakkabdir. Ye.N. Marsinovskaya tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu nutq formasining quyidagi belgilarini ochib beradi.
Eshituvchi bolalarda daktillash 2,5 marta og‘zaki nutqni
bayon qilishga nisbatan orqada qoladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda og‘zaki
nutqni bayon etish va daktillash tempi bir xil bo‘ladi, ba’zan daktillash og‘zaki nutqni bayon etishda oldindan o‘tib ketish hollari ham ko‘zatiladi. Daktilologiya og‘zaki nutqni o‘zida namoyon qiladi, lekin suhbat jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar daktil nutqiga nisbatan imo-ishora nutqidan keng doirada qo‘llaniladi. L.A.Novikova va Ye.N. Marsinovskaya tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarga ko‘ra daktilologiya ham og‘zaki nutq kabi kinestetik sezgilar asosiga qo‘riladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar fikrlash operatsiyalarida faqat artikulyator apparatlarda, balki qo‘l, barmoq muskullarida ham impulslar yuzaga kelgani kuzatilgan. Lekin, artikulyator apparatdagi nutqiy kinestiziyalar, qo‘l
kinesteziyalariga nisbatan puxta bo‘lib, tadqiqot ob’ekti sifatidan o‘rganish talab
etiladi. Ye.N.Marsinovskiy daktillash tempi og‘zaki nutq talaffuzi yaxlitligiga
ta’sirini o‘rgatgan. Bu tajribalar ko‘rsatishicha kar bola daktillash texnikasini yaxshm o‘rganganda daktilologiya og‘zaki nutq tempi va yaxlitligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Daktillash texnikasini yaxshi darajada egallamaslik, talaffuz to‘g‘riligi, nutqni tushunarliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
S.A.Zikov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda, bu muammo tadqiq etilgan.
Eshituvchi bola savodga o‘rgatishning boshlang‘ich etapida nutqni akustik va harakat obrazlariga tayanadi. Bolani so‘zli yozishidan avval uni ichida yoki ovoz chiqarib o‘qishini ko‘rish mumkin. Kar bola og‘zaki nutqqa ega bo‘lganligi uchun savodga o‘rgatish davrida daktilologiyaga tayanadi. So‘ng bu jarayon bir vaqtda amalga oshadi, bola ham yozadi va daktillaydi. So‘zlashuv nutqini egallash darajasiga ko‘ra daktil kinesteziyalari asta-sekin siqilib, artikulyator kinesteziyalar bilan almashinadi.
U ham bola singari so‘zni talaffuz etib, so‘ng yozadi.
Daktilologiya atrofdagilar nutqini labdan o‘qishda ham muhim vosita sanaladi.
Chunonchi, ayrim tovushlar labdan yomon o‘qiladi, shu o‘qishda daktilologiyadan
foydalanadi. Lekin labdan o‘qish jarayonida daktilologiyadan foydalanish ham ijobiy samara beradi. Labdan o‘qishning koloreya tizimida o‘z ifodasini topgan. Quyidagi jadvalda o‘zbek tili alifbosiga asoslangan daktilema alifbosi ifodalangan