Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirishda daktil nutqining о‘rni
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini shakllantirishda daktil nutqining о‘rni. Daktil nutqi – kar bolalarni о‘qitishning qudratli vositasi, u lug‘at boyligi va
natqni о‘zlashtirish sifatini, shuningdek kar bolalarning umumiy rivojlanish darajasini bir necha barobar oshirishi mumkin. Kar bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar va boshqa kishilar uni bola bilan muloqotda tо‘g‘ri qо‘llash uchungina emas, balki fikrlari, aniqrog‘i, bilib-bilmay chiqaradigan hukmlari bolaning tо‘la qonli
tarbiyasiga xalal beradigan kishilarga uning ahamiyatini tushuntirib berish uchun
ham daktil nutqning ahamiyatini tushunib yetishlari kerak. Daktil nutq nima? Daktil
nutqni ba’zilar mimika (mimina yoki imoishora nutqi) bilan qorishtirishadi,
mutaxassislar esa daktil nutqni savodi chiqmagan kar bolalarda og‘zaki nutq о‘rniga
mimika nutqining intensiv rivojlanishining oldini olish uchun keng qо‘llashni tavsiya qilishadi.
Daktilologiya – kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqining о‘ziga xos shaklidir. U sо‘zlashuv nutqiga imo-ishora nutqiga nisbatan yaqindir. U yozma xarakatga kо‘ra yozma nutqqa о‘xshab ketadi. Uning vositalari grafik belgilar harflar emas, balki qо‘l, barmoq harakatlari hisoblanadi. О‘zbek tilining har bir harfi о‘zining harakatli ifodasiga egadir. Daktil belgilarini uch guruhga tasniflash mumkin:
chizuvchi harflar (z, b, d);
2. harf shaklini ifodalovchi harflar (o, l, m, t);
3. shartli belgilar (v, j, n).
Daktil nutqi sо‘zlashuv nutqining barcha qoidalariga kо‘ra shakllanadi va uni
kar bola egallashi mumkin. Bog‘cha davrda kar bola daktilologiyaga savod о‘rganish uchun murojaat qiladi. Tadqiqot kо‘rsatishicha, daktilologiya eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar sо‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun yordamchi vosita bо‘lib xizmat qiladi.
YE.N. Marsinovskaya tadqiqot natijalariga kо‘ra, bu nutq formasining
quyidagi belgilarini ochib beradi. Eshituvchi bolalarda daktillash 2,5 marta og‘zaki
nutqni bayon qilishga nisbatan orqada qoladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarda
og‘zaki nutqni bayon etish va daktillash tempi bir xil bо‘ladi, ba’zan daktillash
og‘zaki nutqni bayon etishda oldindan о‘tib ketish hollari ham kо‘zatiladi.
Daktilologiya og‘zaki nutqni о‘zida namoyon qiladi, lekin suhbat jarayonida
eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqiga nisbatan imo-ishora nutqidan keng
doirada qо‘llaniladi. L.A.Novikova va YE.N. Marsinovskaya tomonidan о‘tkazilgan
maxsus tadqiqotlarga kо‘ra daktilologiya ham og‘zaki nutq kabi kinestetik sezgilar
asosiga qо‘riladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar fikrlash operatsiyalarida faqat
artikulyator apparatlarda, balki qо‘l, barmoq muskullarida ham impulslar yuzaga
kelgani kuzatilgan. Lekin, artikulyator apparatdagi nutqiy kinestiziyalar, qо‘l
kinesteziyalariga nisbatan puxta bо‘lib, tadqiqot obyekti sifatidan о‘rganish talab
etiladi. YE.N.Marsinovskiy daktillash tempi og‘zaki nutq talaffuzi yaxlitligiga
ta’sirini о‘rgatgan. Bu tajribalar kо‘rsatishicha kar bola daktillash texnikasini yaxshm о‘rganganda daktilologiya og‘zaki nutq tempi va yaxlitligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Daktillash texnikasini yaxshi darajada egallamaslik, talaffuz tо‘g‘riligi, nutqni tushunarliligiga salbiy ta’sir kо‘rsatdi.
Daktilologiyani yaxshi egallagan о‘quvchilar sо‘zning tovush sostavini tо‘liq
egallaydi. Ularda sо‘zning tovush va daktil obrazi о‘rtasida shartli aloqalar
о‘rnatiladi. Lekin sо‘zning talaffuzi yozilishdan uzoqlashsa tovush tarkibini
о‘rganishda daktilologiya ta’sir kо‘rsatdi. Daktilologiyani va yozma nutqning о‘zaro
munosabati juda murakkabdir. S.A.Zikov tomonidan о‘tkazilgan tadqiqotlarda, bu
muammo tadqiq etilgan. Eshituvchi bola savodga о‘rgatishning boshlang‘ich etapida nutqni akustik va harakat obrazlariga tayanadi. Bolani sо‘zli yozishidan avval uni ichida yoki ovoz chiqarib о‘qishini kо‘rish mumkin. Kar bola og‘zaki nutqqa ega bо‘lganligi uchun savodga о‘rgatish davrida daktilologiyaga tayanadi. Sо‘ng bu jarayon bir vaqtda amalga oshadi, bola ham yozadi va daktillaydi. Sо‘zlashuv nutqini egallash darajasiga kо‘ra daktil kinesteziyalari asta-sekin siqilib, artikulyator kinesteziyalar bilan almashinadi. U ham bola singari sо‘zni talaffuz etib, sо‘ng yozadi. Chunonchi, og‘zaki nutkni mustaqil qо‘llashga о‘rgatish ikki yо‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchi yо‘l, butun о‘kuv tarbiyaviy jarayon davomida о‘qituvchi nutqini eshitish va eshituv – kо‘rish asosida idrok etish bilan amalga oshadi. Bu xolatda talaffuz malakalarini shakllantirish maxsus о‘qitishlarsiz informal tarzda amalga oshiriladi. Talaffuzga о‘rgatish informal yо‘li – nutq xarakat organlarini faollashtirishga xizmat qiladi, ba’zi talaffuz malakalarini egallashga zamin yaratadi. О‘qituvchi о‘z diqqatini nafaqat bolaning nutq tovushlari talaffuziga emas, balki ovoziga, bolalar nafasiga, nutkning bog‘liqligiga qaratadi. Ushbu ishda katta yordamni ovoz kuchaytirgich apparatlari kо‘rsatadi, ular о‘kuvchilarga о‘kituvchi nutkni kabul kilish imkonini beradi. О‘kituvchi bilan birga yoki uning ortidan barcha materialni kо‘rish, eshitish orkali kabul kilib bolalarni gapirishga doimiy undash nafakat ularning nutqiy apparatini faollashtiradi, balki ularda ogzaki nutkni kо‘llashning doimiy malakasini tarbiyalaydi.
Biroq nutqning talaffuz tamoyilini shakllantirish uchun birgina informal yо‘lning о‘zi kifoya emas. Ikkinchi yо‘l ham darkor – talaffuz malakalarini maxsus, rejali shakllantirish. Ushbu ish og‘zaki nutq darslarida, yakka mashg‘ulotlarda, fonetik mashqlar davomida amalga oshiriladi va о‘z ichiga tovushlarni, sо‘z iboralarni ishlab chiqishni normal ovoz va tо‘g‘ri nutqiy nafasni ishlab chiqishni qamrab oladi. Talaffuzni shakllantirish nutqni ifodalashning aniqligini rivojlantirishda katta о‘rni musiqiy – ritmik mashg‘ulotlarga ajratiladi.
Eshitish buzilganda nutqning rivojlanish darajasi bir xil bо‘lmaydi va
quyidagi omillarga bog‘liqdir: eshitishning buzilganlik darajasi; eshitish analizatori
nuqsonining yuzaga kelish vaqti; eshitish analizatori faoliyati buzilganidan keyin
bolaning qanday pedagogik sharoitlarda bо‘lgani; bolaning individual
xususiyatlari.Sanab о‘tilgan omillarning har biri bolalar nutqini baholashda katta
ahamiyatga ega. Eshitishning pasayish darajasi va nutqning rivojlanishi bevosita
bog‘liqdir. Bolaning eshitishi qanchalik pasaygan bо‘lsa, nutq shuncha kо‘p zarar
kо‘radi. Eshitish pasayish darajasi sezilarli bо‘lmasa, nutqdagi buzilishlar yorqin
ifodalanmaydi. Eshitish pasayishining yuqori darajasida bola maxsus ta’limning
boshlanishigacha soqov bо‘lib qolaveradi. Eshitish pasayishining о‘rta darajasida
nutqning fonetik, leksik, grammatik tomonida buzilishlar kuzatiladi. Eshitish bola
hayotining turli bosqichlarida buzilishi mumkin. Nuqsonning ikkilamchi kо‘rinishlari mavjud yoki mavjud emasligi vaqt omili bilan bog‘liq. Nuqson qancha erta yuzaga kelsa, u nutqiy funksiyaning shakllanganligiga shuncha kо‘p ta’sir о‘tkazadi. Ikki yoshgacha bо‘lgan, nutq shakllanmagan davrda kar bо‘lib qolish nutqning mavjud bо‘lmasligiga olib keladi. 3-3,5 yoshgacha davrda eshitishning yо‘qotilishi shakllangan nutqning yо‘qotilishiga olib keladi. 4-5 yoshda eshitish tо‘lig‘icha yо‘qotilsa, maxsus ta’lim о‘z vaqtida boshlanmasa, nutq deyarli tо‘liq boy beriladi. 6- 7 yoshda eshitishni yо‘qotish bola nutqining keskin buzilishiga olib keladi, maxsus pedagogik yordamsiz esa bolaning nutqi asta-sekinlik bilan yomonlashib boraveradi.
Bola 7 yoshdan keyin eshitmay qolsa, savol egallash kо‘nikmalari bо‘lsa, nutq saqlab qolinishi mumkin, buning uchun tizimli korreksion ish olib borish talab qilinadi.
Eshitish qisman boy berilganda bolalarda vaqt omili shuningdek muhim
sanaladi – u nutqning rivojlanish darajasini belgilaydi. 3 yoshgacha bо‘lgan bolalarda eshitishning sezilarsiz pasayishi nutqning kechikishi yoki yetarlicha rivojlanmasligiga olib keladi. 3 yoshdan keyin eshitishning pasayishi nutqiy rivojlanishda u qadar jiddiy nuqsonlarni keltirib chiqarmaydi. Eshitishning pasayishi oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan ham tibbiy, ham pedagogik chora-tadbirlar qanchalik erta kо‘rilsa, bola shuncha muvaffaqiyatli rivojlanadi. Oilada nutqiy muhitning shakllantirilishi, eshitishni erta protezlash, nutqiy idrok va nutqni rivojlantirish bо‘yicha maxsus ishlarni tashkil etish bolaning muvaffaqiyatli rivojlanishini belgilaydi.
Individual xususiyatlar ham nutqning rivojlanishiga ta’sir о‘tkazadi. Nutq
egallash jarayonida bola shaxsining faolligi, tafakkur jarayonlarining harakatchanligi katta rol о‘ynaydi. Barqaror kо‘rish diqqati va xotira nutqiy nuqsonni kompensatsiyalash va nutqni rivojlantirishga kо‘maklashadi.
Kar bolalarda nutqni shakllantirish maxsus о‘qitish sharoitida qoldiqli
analizatorlardan foydalanishga asoslanadi. Kо‘rib va eshitib idrok idrok etish,
kinestetik sezgi, taktik vibratsiyali sezgirlik faol jalb qilinadi. Surdopedagog kar
bolaga nutqiy apparat harakatlarini egallash, eshitib idrok etishni rivojlantirishda
(ovoz kuchaytirish apparaturasidan majburiy foydalanish bilan) kо‘maklashadi.
Zaif eshituvchi bolalarning nutqini rivojlantirish tabiiy yoritish sharoitida
qoldiqli eshitish asosida amalga oshiriladi. Xatto og‘zaki nutqni idrok etish tо‘liqsiz
bо‘lsa-da, bola og‘zaki nutqni mustaqil, biroq turli buzilishlari bilan, egallashga
qodir. Intensiv rivojlanish va eshitishdan foydalanish uchun sharoit yaratilganida
nutqning grammatik qurilishini mustaqil о‘rganish imkoniyati tezkorlik bilan ortadi.
Keyinchalik kar bо‘lib qolgan bolalar shakllangan, rivojlangan nutqqa ega.
Ularda nutq saqlanganligining turli darajasini kuzatish mumkin. Eshitish
yо‘qotilguniga qadar keyin kar bо‘lib qolgan bolada nutqning rivojlanishi va lisoniy
tafakkurning shakllanishi eshitish asosida tabiiy nutqiy muloqot sharoitida kechadi.
Keyinchalik kar bо‘lib qolganlarning kо‘pchiligi og‘ir darajadagi eshitish nuqsoniga
ega. Korreksion ta’limda nutqni kо‘rish yoki kо‘rish-eshitish asosida (ovoz
kuchaytirish apparaturasi yordamida) idrok etishni shakllantirish vazifasi birinchi
planga qо‘yiladi. Keyin kar bо‘lib qolgan bolalar og‘zaki nutqni kо‘rib idrok etish
kо‘nikmalarini nutqni egallash vaziyatining о‘zidan keyin egallashlari lozim. Shu
bilan ular eshitishida nuqsoni bо‘lgan boshqa bolalardan farq qiladi.
Nutqiy rivojlanish bolaning shaxs sifatida rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Eshitishning pasayishi ijtimoiy muloqotning cheklanishini belgilaydi. Bu cheklanish bola psixikasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bilish faoliyatining barcha sohalari defitsitga uchraydi (qiyinlashadi). Nutq, idrok, xotira, diqqat, tasavvur, tafakkur zarar kо‘radi.
Hayotining dastlabki 2-3 oyida kar va eshitadigan bola о‘rtasidagi tafovut
deyarli kо‘zga tashlanmaydi (YE.F.Rau, F.F.Rau). kar bolaning baqirig‘i va
g‘о‘ldirashi eshitadigan bolanikidan u qadar farq qilmaydi. Kar bolalarda g‘о‘ldirash paydo bо‘ladi, ammo о‘z talaffuzini nazorat qilish imkoni yо‘qligi sababli u astasekin yо‘qolib boradi.
Maktabgacha yoshda kar bolalarda ta’lim olib borilmasa, nutq shakllanmaydi.
Turli ovoz reaksiyalari, tovush birikmalari, g‘о‘ldirash kuzatiladi. Ta’limsiz ovoz
reaksiyalari soni kamayib boradi, ular tobora bir xillashib boradi, 5-6 yoshga kelib
butkul yо‘qoladi. Ba’zan katta maktabgacha yoshdagi, nutqqa о‘rgatilmagan, bolalar
о‘zining nutqiy muammolarini anglab yetadi, kishilar bilan muloqotga kirishni
unchalik istamaydi, kattalar va eshitadigan bolalar bilan aloqadar о‘zini olib qochadi. Muloqotning nolisoniy vositalari miqdori bola kattalashgani sari kengayib boradi. Tabiiy imo-ishoralar kо‘payadi, bolalar bularni kattalardan nusxa oladi yoki о‘zi о‘ylab topadi. Ularning emotsional holatini tavsiflovchi bir xildagi qarashlar
rivojlanadi.
Tо‘rt yoshdan keyin kar va og‘ir darajali zaif eshituvchi bolalar nutqida
tafovutlar yanada sezilarli bо‘ladi. Zaif eshituvchi bolalarda xatto maxsus о‘qitishsiz
ham talaffuz qilinadigan sо‘zlar miqdori ortib boradi. Ayrim bolalar «Oyi, te (Oyi,
keling), oyi be (Oyi, bering)» tipidagi qisqa, agrammatik jumlalarni о‘zlashtiradi.
Nutqni rivojlantirish bо‘yicha ishlarni olib borishning asosiy shartlaridan biri
eshitish-nutqiy muhitni yaratish sanaladi. U bola bilan eshitish apparatlaridan
foydalanib, doimiy nutqiy muloqot qilishni kо‘zda tutadi. Gо‘dak yoshidagi
bolalarning nutqini rivojlantirish ishlari kattalarning yuzi, nutqi, predmetlarga kо‘rish va eshitishni jamlashga qaratiladi. Bu ish bola bilan kun davomidagi muloqot
jarayonida, shuningdek, tizimli maxsus mashg‘ulotlarda uzoq muddat olib boriladi.
Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar hayotining 2-3-yilida nutqiy rivojlanish
nisbatan yuqori sur’atga ega bо‘ladi. Turli predmet, hodisalarni bilgani tufayli bolada ularning nomlari lug‘ati, predmetlar bilan harakatlar shakllanadi. Tuzilishiga kо‘ra sodda jumlalardan doimiy foydalanish ularning ayrimlari, tobora kо‘p
takrorlanadigani tushunarli bо‘lishiga olib keladi. Bolani fe’llarning ma’nosini
tushunishga о‘rgatish muhim, zero bu jumlalarni tushunish va qо‘llash uchun zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ilk yosh davrida boshlangan ishlar davom
ettiriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan oilada olib boriladigan ishlarni tashkil qilish va ularning mazmuniga talablar ilk yoshdagi bolalar bilan ishlarga qо‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Biroq turli yо‘nalishlardagi ishlar mazmuni kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Turli xil ishlarni о‘z ichiga oladigan mashg‘ulotlar har kuni olib boriladi. Bola bilan ishlar davomida eshitish apparatidan foydalaniladi.
Bolaning har tomonlama barkamol rivojlanishi jismoniy, mehnat tarbiyasi,
atrof olam bilan tanishtirish, о‘yin faoliyati, tasviriy faoliyatni rivojlantirish, nutqni
rivojlantirish ishlari, boshlang‘ich matematik tasavvurlarni shakllantirish, shuningdek о‘qishni о‘rgatishni о‘z ichiga oladi. Bola maktabga qabul qilinganda nutqni, idrokni, xotirani va umuman, tafakkurni rivojlantirish ishlari davom ettiriladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning potensial imkoniyatlari favqulodda keng. Tibbiyot bu kabi bolalarning eshitish qobiliyatini qaytarishga qodir emas. Biroq eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar umumiy va nutqiy rivojlanish darajasi bо‘yicha eshitadigan tengdoshlariga yaqin kela oladi.
Agar bolalar rivojlanishda qо‘shimcha nuqsonlarga ega bо‘lmasa, adekvat va
maqsadli korreksion ishlar esa bola hayotining dastlabki oylaridan boshlansa, 3-6
yoshiga kelib, umumiy va nutqiy rivojlanish darajasini yosh normalariga
yaqinlashtirish mumkin (xatto og‘ir darajadagi zaif eshitish holatida ham). Bunday
bolalar keng jumlali (frazali) nutqqa ega, bolalar kabi kattalar bilan ham erkin
muloqot qiladi, kо‘rganlari va hayotidagi ayrim voqayealar haqida hikoya qila oladi,
ularga qaratilgan nutqni yaxshi tushunadi (kо‘rib-eshitib idrok etadi), she’rni yoddan
aytib va xatto qо‘shiq xirgoyi qilib bera oladi. Ularning о‘z nutqi jarangi odatda
eshitadigan bolalar nutqidan u qadar farq qilmaydi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan
bolalar eshitish apparatlaridan foydalanadi. Keyinchalik ya’ni hayot davomida kar
bо‘lib qolgan bolalar (4-5 yoshida eshitmay qolgan va bungacha nutqi saqlangan
bolalar) ishlar о‘z vaqtida boshlangan va maqsadli olib borilgan sharoitda shunday
yuqori natijalarga erishishi mumkin. Mavjud nutqiy kо‘nikmalarni saqlab qolish va
ulrani takomillashtirishga, shuningdek. Qisqa muddatlarda og‘zaki kommunikatsiyani boshqa sensor (kо‘rish-eshitish, kо‘rish, kо‘rish-vibrotaktil) asosda tiklashga erishilsa, keyin kar bо‘lib qolgan maktabgacha yoshdagi bola xatto eshitish qobiliyatini yо‘qotguniga qadar tarbiyalangan muassasasida qoldirilishi va ommaviy maktab sharoitida og‘zaki о‘qitishga tayyorlanishi; keyin kar bо‘lib qolgan maktab о‘quvchisi esa kasallikkacha о‘zi о‘qigan sinfda ta’dimni davom ettirishi mumkin.
О‘qitish kech boshlangan kech kar bо‘lib qolgan bolalar 2-3 yoshga kelib qator ijobiy omillar о‘rin tutgani holda umumiy va nutqiy rivojlanishda yuqori darajaga erisha oladi. Bunday omillarga bolaning о‘zining yuksak potensial imkoniyatlari, uning shaxsiy xususiyatlari (kommunikabelligi, faolligi, jismoniy chidamliligi, ishchanlik qobiliyati), shuningdek sistemali, intensiv, adekvat о‘qitishni kiritish mumkin. Mashg‘ulotlar yakka tartibda, kichik guruhlarda (6-8 bola), qо‘shimcha yordam kо‘rsatilgan holda (nutqiy ritmika va sh.k.), oilaning bola ta’limi va tarbiyasida faol ishtiroki sharoitida olib boriladi.
Vatanimiz surdopedagogikasiga eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni har
tomonlama rivojlantirishning mumkinligi masalasida optimistik qarashlar xos.
Vatanimiz psixologiyasida mavjud, individ psixikasi rivojlanishini uning tabiiy va
ijtimoiy muhit bilan о‘zaro hamkorligi sifatida tushunish bilan bog‘liq qoidalarga
muvofiq, surdopedagogika bola nuqsonining oqibatlarini muvaffaqiyatli bartaraf
qilish va uni har tomonlama rivojlantirish uchun maqbul ijtimoiy, jumladan maxsus
amaliy shart-sharoitlarning hal qiluvchi roli haqidagi qoidani ilgari suradi.