II-Bob. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqini о‘qitish mazmuni
2.1 Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil nutqini о‘qitish mazmuni
Daktil nutqni bizga ma’lum bо‘lgan og‘zaki nutqnining boshqa shakllari bilan taqqoslasak, u yozma nutqqa kо‘proq yaqin keladi. Xuddi yozuv kabi undan faqat savodli odam foydalana oladi. Qolaversa, daktil nutqni о‘zlashtirish bilan inson savod о‘rganadi, zero daktil nutq, xuddi yozma nutq kabi lisoniy nutq shaklidir. Daktil nutqning yozuvdan farqi shundaki, yozuv belgilari о‘rniga sо‘zlovchi barmoqlari yordamida makonda (bо‘shliqda) aks ettiriladigan belgilardan foydalanadi.
Daktil alifboda xuddi harflisidagi kabi 29 ta belgi mavjud. Har bir daktil belgi alifbo harfiga tо‘liq mos keladi. Daktil tasvirdagi kо‘plab belgilar bosma va
qо‘lyozma harflarni eslatadi. Masalan,: o, l, m, s, sh. Mimik yoki imo-ishora nutqi. U lisoniy qismlarga bо‘linadigan nutqqa qarshi qо‘yiladi. Bu nutqda sо‘z va xatto butun bir jumla bita ishora bilan «aytiladi». Bunda predmetlar, alohida harakatlarga ishoralardan, yuz imosidan foydalaniladi. Imo-ishoralar lisoniy nutqqa xos bо‘lgan grammatik shakllarga ega emas, ya’ni turlanmaydi, tuslanmaydi va sh.k. farqiga yetmaydigan kishilar imo-ishora va daktil nutqning о‘xshashligi xaqida gapirar ekan, ularning faqat tashqi belgilariga, ya’ni har ikkala nutq shaklida qо‘llardan foydalanilishiga e’tibor qiladi. biroq bu о‘rinda ham e’tiborliroq bо‘lgan kuzatuvchi jiddiy tafovutlarni kо‘ra biladi.
Daktil nutqdan foydalanuvchi faqat bitta qо‘l barmoqlaridan foydalanadi
(ayrim mamlakatlar, masalan Angliyada daktil nutq har ikkala qо‘l barmoqlari
yordamida ifodalanadi). Imo-ishora nutqida har ikkala nutq qatnashadi, ular harflarni emas, balki turli ishoralarni о‘ziga xos kuchli yuz ifodasi bilan ifoda etadi.
Biroq og‘zaki nutqqa ega bо‘lgan va nutqiy tafakkuri rivojlangan karlarning
mimikasini savodi chiqmagan kishilar, ayniqsa nutqni egallamagan kichik yoshdagi
bola mimikasi bilan farqlash kerak.
Eshitmaydigan, biroq labdan о‘qiydigan va gapira oladigan kishilar uchun
mimika – tezroq va osonroq о‘ziga qaratilgan sо‘zni idrok etish va boshqalarga
fikrini yetkazish vositasi. Nutqni egallagan karlarga imo-ishora ularga qaratilgan
nutqni yaxshirok tushunishga yordam beradi. Imo-ishoralar og‘zaki sо‘z bilan birga
qо‘llanilganda, ular gо‘yo kattalashtiruvchi oyna vazifasini о‘taydi. Mimikali nutq
qurilishi bu xolda og‘zaki nutq qurilishiga bо‘ysundiriladi, sо‘zni idrok etishga
kо‘maklashadi.
Daktil nutqdan foydalanish – sо‘zlarning ma’nosini tushunish, tilning
grammatik qurilishini egallash demak. Bu nutqni ham og‘zaki ham yozma shaklda
egallashga kо‘maklashadi. Daktil belgini nafaqat idrok etish, balki tovushga
qaraganda qayta yaratish ham ancha oson. Xatto ikki yarim yoshli bola ham daktil
alifboni о‘zlashtira oladi. Uch yoshli bolalar uni 15-30 kunda о‘zlashtiradi. Bu juda
muhim, chunki bu tarzda bolaga sо‘z yordamida murojaat qilish, eshitadigan bolaga
istalgan predmetni aytish mumkin. Buni sо‘zni ovoz chiqaribgina emas, balki
barmoqlar yordamida ham «talaffuz qilish» kerak. Bunda bola har bir sо‘zning harf
tarkibi va grammatik qurilishini aniq idrok etadi. Shu tariqa uni nutqqa va muloqotga
о‘rgatish boshlanadi. Bunda xuddi eshitadigan boladagiga о‘xshash jarayon kechadi.
Vaqt о‘tishi bilan, tovushlarni talaffuz qilishga о‘rgangan bola barmoqlari yordamida «ayta oladigan» sо‘zlarini va iboralarini og‘zaki shaklda ham qо‘llaydi.
Taniqli surdopedagog F.A. Rauning kuzatishlariga kо‘ra, bunda xuddi biz
hamma vaqt telefonda gaplashgandagiga о‘xshash jarayon о‘rin tutadi. Ma’lumki,
telefon orqali hamma tovushlarni ham farqlab bо‘lmaydi, biroq tanish sо‘zlarda buni
biz his qilmaymiz, eshitib idrok qilingan tanish sо‘z konturidan, suhbat kontekstidan
kelib chiqib, aniq eshitmagan tovushni faxmlaymiz. Biroq notanish familiyani
talaffuz qilishganida, uni harflab aytishlarini sо‘raymiz, toki eshitib idrok qilish qiyin bо‘lgan tovush ismlarning tanish birikmasida birinchi bо‘lib chiqsin.
Sо‘z bilan daktil nutqda tanishib, uning ma’nosini о‘zlashtirib, harf tarkibini
egallab, bola bu sо‘zni labdan ancha oson о‘qiydi, aniq kо‘rinmagan yoki umuman
kо‘rinmagan tovushlarni xotiradan tо‘ldiradi.
Gap shundaki, labdan о‘qiyotib, talaffuz qilingan tovushlarning faqat bir
qismini idrok qilish mumkin. a, o, u, i, eunlilari oson farqlanadi. p- b-mundoshlar
guruhit, n, dyoki sh, ch, jundoshlaridan farq qiladi. biroq bu guruhlarning har birida
harflar, masalan p-b-m kо‘rinishdan bir xildek idrok etiladi. k, g, x undoshlari esa
umuman kо‘rinmaydi. Shu о‘rinda avvaldan daktil nutqda о‘zlashtirilgan sо‘zning
ijobiy roli namoyon bо‘ladi.
Ba’zida daktil nutq undan foydalanish estetik emasligi bois ota-onalarning
noroziligiga sabab bо‘ladi. bunda ma’lum ma’noda haqiqat bor. Biroq daktil nutq kar bola uchun noqulay bо‘lgan muloqotning umum tomonidan qabul qilingan shakli о‘rniga emas, balki atrofdagilarning e’tiborini yanada kо‘proq jalb qiladigan mimika о‘rniga taklif qilinadi.
Kо‘pchilikni daktil nutqdan foydalanish bolalarning talaffuziga zarar
yetkazishi, daktil muloqotga о‘rganib qolib, bolalar eng kam qarshilik yо‘lidan borib, og‘zaki nutqdan foydalanmasligi xavotirga soladi.
Kо‘p yillik kuzatishlar bu xavotirlar asossiz ekanidan dalolat beradi. Bolalarni
daktilologiyadan foydalanish bilan parallel tarzda talaffuzga tо‘gri, malakali
о‘rgatilganda, labdan о‘qishni muntazam mashq qildirilganda, bolalarning og‘zaki
nutqi ularning individual imkoniyatlariga mos tarzda rivojlanadi. Bolaning og‘zaki
nutqi qanchalik tushunarli bо‘lsa, bola daktilologiyadan о‘zini tiyib, og‘zaki nutqdan
shunchalik tez foydalana boshlaydi.bundan tashqari, bolaning nutqda yaxshi
о‘zlashtirilmagan tovushlardan foydalanishi (bolalar shunday qilishga majbur, sо‘zni boshqacha ifoda qilish imkoni yо‘q) talaffuzni buzadi, hali aniqlashmagan talaffuzni mustahkamlaydi. Daktil belgilar tovushlarni qо‘yishni tezlashtirish zaruratini yо‘qqa chiqaradi, talaffuz ustida batafsil ishlash imkonini beradi. Boshqa sharoitlar bir xil bо‘lgani holda bolaning yomon ogzaki nutki uning talaffuziga extiyotsizlik bilan munosabatda bо‘lish, kattalar tomonidan xar kunlik e’tibor va nazoratning yо‘qligi natijasi sanaladi.
Biz og‘zaki nutkdan foydalanishga qarshi e’tirozlarni inkor etishga, ularning
asossiz ekanini isbotlashga urinib kо‘rdik. maksadimiz – kar bolani о‘kitishda uning
samaradorligini va zaruratiga ishonch xosil qilish. Biroq og‘zaki nutqning
axamiyatini anglab yetishning о‘zi yetarli emas. Natija kar bola bilan mulokot
kiluvchilarning xammasi daktil alifbodan qanchalik tо‘g‘ri foydalana bilishiga
bog‘lik. Belgilarni mohirlik bilan kо‘rsata olish (daktillash) birinchi dastlabki shart.
Buning uchun ayrim qoidalarni bilish kerak: о‘ng kо‘l bilan «sо‘zlash» kerak. kо‘lni
kо‘krak qafasi darajasida tutiladi. О‘ng tirsak о‘ng yonga siqilgan. kо‘l bilan
«gaplashganda», asosan, barmoqlar harakatlanishi lozim. Bunda yozish va о‘qishdagi jarayon bilan ma’lum umumiylik kо‘zga tashlanadi: sо‘zlarni daktillab, yozuv jarayoni о‘ziga xos tarza takrorlanadi, uni idrok qilayotgan bola esa о‘kish jarayonini takrorlaydi. Yozuvda bо‘lgani kabi sо‘zlarda xarflar aloxida belgilar sifatida emas, balki yaxlit joylashadi (buning uchun harfni kо‘rsatayotib, qо‘lni xayolan keying belgi xolatiga tayyorlash kerak bо‘ladi).sо‘zlar orasida sukut kilinadi, u yozuvda bir sо‘zni boshkasidan ajratib turadigan bо‘sh makonga mos keladi. Yozuvda xarflar chizikda tekis yozilgani kabi, bu о‘rinda ham kо‘l bir xil darajada (balandlikda) bо‘lishi, belgilar aniq va ravshan kо‘rsatilishi kerak, birok yozuvdagidan farqli о‘laroq, qо‘l harakatsiz qoladi. Bu kabi aniklikni bolada avval boshdan tarbiyalab borish lozim. tо‘gri, bolani bunga о‘rgatish uning taklid kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun mashklardan boshlanadi. kо‘l tо‘gri turishi kerak; kaft harakatsiz, fakat barmoqlar harakatlanishi lozim. i, sh, s kabi harflarni kо‘rsata turib, kaftni yengil buring. i ni kо‘rsatganda, barmoqlarni vertikal qо‘yish shart emas, kо‘lni gorizontal holatda saqlash mumkin, zero bu belgini, odatda, boshqalari bilan adashtirishmaydi. Bir paytning о‘zida gapirilsa va daktillansa, buning uchun daktillash texnikasi juda yaxshi rivojlangan bо‘lishi talab kilinadi, talaffuz biroz sekinlashtiriladi, birok bо‘ginlab talaffuz kilinmaydi, aks xolda bu bolaning ogzaki nutqida, uning labdan о‘qishida va talaffuzida salbiy okibatlarga olib kelishi mumkin.
Daktilologiya atrofdagilar nutqini labdan о‘qishda ham muhim vosita sanaladi. Chunonchi, ayrim tovushlar labdan yomon о‘qiladi, shu о‘qishda daktilologiyadan foydalanadi. Labdan о‘qish jarayonida daktilologiyadan foydalanish ham ijobiy samara beradi. Kar bolada og‘zaki nutqni tarbiyalash uchun, eng avvalo, uning diqqatini, kuzatuvchanligi, taqlidni tarbiyalash lozim. Shu sababli siz bola uchun qiziqarli bо‘ladigan va bolada zarur sifatlarni, kо‘nikmalarni tarbiyalashga kо‘maklashadigan mashg‘ulotlar, о‘yinlar, о‘yinchoqlar, kitobchalarni tanlay bilishingiz kerak.
Eshitish qobiliyatida nuqsoni bor maktablarning tayyorlov sinflarda maxsus
maktabgacha muassasalarda tarbiyalanmagan, nutqi mavjud bo‘lmagan bolalar
o‘qitiladi. Bu kategoriyadagi bolalarni o‘qitishda juda katta qiyinchiliklarga duch
kelinadi, chunki bunday bolalarda nutqini shakllantirishning qulay vaqtlari boy berilgan, nutqning yo‘qligi esa bolaning psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan
bo‘ladi.
Maktabga borish, yangi sharoit bilan tanishish, yangi do‘stlar, bular hammasi
bolalarga o‘zaro muloqotga kirishishi talab etadi. Tarbiyachi va o‘qituvchining
vazifasi – ularning atrofdagilar bilan muloqot qilish ehtiyojini qondirishdir. Buning
uchun ularni og‘zaki nutq bilan muloqot vositasi sifatida qurollantirish ko‘zda
tutiladi. Agar maktablarda so‘zlashuv nutqiga yaxshi ahamiyat berilgan bo‘lsa, butun pedagogik jamoa faoliyati nutqni muloqot vositasi sifatida o‘qitishga qaratilgan bo‘lsa, bunda bolalar kommunikatsiyaning bu turidan ko‘proq foydalanadilar. Jonli muloqotdan noto‘g‘ri foydalanish bolalarda imo-ishora bilan gapirish yo‘lini tanlashga olib keladi. Maxsus o‘qitish jarayonida kar bolalarda tovush bilan ishlash, nutq nafasi, ayrim tovushlar ustida ishlash, talaffuzini shakllantirish amalga oshiriladi. Og‘zaki nutqni talaffuz qilish va shakllantirish o‘qituvchi hamda bolalardan katta mehnat talab qiladi. Eshituvchi o‘quvchilar kabi, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor o‘quvchilar uchun og‘zaki nutq muloqot uchun juda katta ahamiyatlidir.
Kar bolalarni og‘zaki va yozma so‘z nutqini shakllantirishdagi qiyinchiliklar
daktil nutqiga murojaat qilishga sabab bo‘ldi. Daktil nutqi karlar o‘rtasida muloqot
(aloqa)larining amalga oshirish uchun yaratilgan. Daktil nutqini o‘zlari uchun sukut
saqlab yashash turmush tarzini qabul qilgan Ispan monaxlari tomonidan ixtiro
qilingan. Nutqning og‘zaki nutqga o‘xshash bo‘lgan bu ko‘rinishidan faqat bevosita
(yuzma-yuz) muloqotda bo‘lganda foydalanish mumkin. Daktil nutqi yozma nutqga
ham o‘xshash bo‘lib, har bir harfga aniq bir daktilema to‘g‘ri keladi. O‘zbek tili
daktilema alifbosi quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan. Nutqning bu ko‘rinishini
egallash uchun karlardan nutqning og‘zaki va yozma ko‘rinishlarini qanday darajada
egallash talab qilinmaydi. Daktil nutqi yordamida bolalar o‘z xohish, istaklari va
iltimoslarini bildirishlari va daktil nutqdan foydalanayotgan boshqa kishilarni
tushunishlari mumkin. Tayyorlov sinfining o‘quvchilari, katta maxsus tayyorgarliksiz ham daktil belgilarini tezda o‘zlashtirisha oladi. Daktil nutqidan tilni egallashning boshlang‘ich formasi sifatida foydalanish kar bolalarda og‘zaki nutqni shakllantirish va atrofdagilar bilan nutq aloqlarini o‘rnatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, kar bolalarni tilga o‘rgatishda daktil nutqini qo‘llanishi asosiy maqsad emas, kar bolalarni og‘zaki nutqini shakllantirish maqsadida foydalanadigan majburiy choradir.
Xususan, tayyorlov sinflarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni
o‘qituvchining daktillashiga taqlid qilish asosida daktillamalar o‘rganadilar. Og‘zaki
nutqga o‘rgatish jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar daktil belgilari va
daktillash texnikasini birga egallaydilar. Materialni idrok etish va egallash jarayonini yengillashtirish uchun daktil belgilar ifodalangan so‘zli ifoda jadvalidan
foydalaniladi. So‘zli ifoda jadvalini qo‘llab o‘quvchi, daktilema belgilarini qo‘li
vosita amalga oshiradi. Daktil belgilari ifodalangan so‘z o‘quvchilar to‘liq eslab,
qolmaguncha, yig‘ma polotnoga osib qo‘yiladi. O‘qituvchi daktil shaklda berayotgan nutqiy materialni og‘zaki bayon etadi. Bu o‘qituvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi. Nutqiy materialni og‘zaki daktil bayon etish tayyorlov sinfi yili oxirigacha asosiy talabdir. O‘qituvchi o‘ng quli bilan daktillaydi, barmoqlar uni labini o‘ng tarafida joylashgan holatda bo‘ladi. Barcha daktil belgilar aniq ko‘rsatilishi zarur. Ta’limning birinchi yilida daktillash bilan birga bayon etiluvchi og‘zaki nutq sekin timpda bog‘langan va aniq bo‘lishi talab etiladi. O‘qituvchining og‘zaki dakti nutqi bolalar uchun yaxshi namuna bo‘ladi va ularni daktil nutqini egalash jarayonini tezlashtiradi.
Bu bosqichda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning daktil nutqiga qat’iy
talablar qo‘yiladi. O‘quvchilar har bir harf va so‘zni daktillashi aniq, to‘g‘ri bo‘lish
kerak. So‘zlarni eslab qolish o‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan maxsus mashqlar
asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi bolalarda nutqqa ehtiyojni talab etuvchi o‘yin,
mehnat, o‘quv faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Masalan, sinfdagi umumiy faoliyat
bolalar ismini bilishni talab etadi, o‘quvchilarga topshiriq, vazifalar bayon etish
jarayonida o‘qituvchi ularni ismini nomlaydi. O‘quvchi ismini og‘zaki daktil
nomlanadi va so‘zli ifoda jadvali ko‘rsatiladi. O‘quvchilardan o‘rtog‘ini ismini aytish so‘raladi. Tabiiy sharoit o‘quvchilarga yangi so‘z ma’nosini tushunishga yordam beradi. Jamoa faoliyatida so‘zlarni og‘zaki daktil bayon etish uni ma’nosini eslab olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar so‘zni, tovush tarkibini og‘zaki bayon etish imkoniga ega bo‘lgunlariga qadar uni og‘zaki daktil bayon etadilar. Eshitishda
nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘z tarkibini daktil nutqini qo‘llamasdan o‘rgatish nutqiy
muloqotni buzilishi va nutqiy rivojlanishni sekinlashishiga olib keladi. Lekin
o‘quvchilar tomonidan xaddan ortiq daktil nutqini qo‘llash og‘zaki nutqni
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, daktil nutqi boshlang‘ich nutq
shakli sifatida qo‘llab, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqini
shakllantirish ishini boshlab o‘qituvchi butun faoliyatini og‘zaki nutqni muloqot
quroli sifatida shakllantirishga qaratishi lozim.
Daktil nutqiga o‘rgatish bilan yonma-yon (parallel) ravishda bolalarni og‘zaki
va yozma nutqqa o‘rgatish ham olib boriladi. Bolalarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish,
daktil formasida egallangan so‘zlarini ovoz chiqarib aytish zaruriyatini keltirib
chiqaradi. Talaffuzni o‘zlashtira borish bilan birgalikda o‘quvchilar tomonidan
daktillangan so‘zlarni gapirish aniqligi ortib boradi. Og‘zaki nutq xatolarini
to‘g‘rilash talaffuz qilingan tovush namunalarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi
va unga mos ravishdagi daktilamani ko‘rsatish bilan mustahkamlanadi. Daktil nutqini egallash o‘qish va yozishga o‘rgatishda yordam beradi. Daktil orqali so‘zlashganda, bolalar so‘zini va o‘qish so‘zlarini analiz va sintez qiladi. Bu esa o‘qish va yozish ko‘nikmalarini asosini tashkil qiladi. Qo‘l harakatlari yoki katakcha orqali daktillangan so‘zni qabul qilganda kar bolalar daktil shriftini o‘qishni o‘rganadi. Asta-sekin daktil belgilarini o‘rganadilar, harflar yozish va o‘qish malakasini egallab boradilar. O‘quvchilar o‘z daktillariga suyangan holda yozma so‘z va iboralarni o‘qishni boshlaydilar, xatolarini to‘g‘rilaydilar. Daktil nutqidan foydalanish savodga o‘rgatish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi.
Shunday qilib, kar o‘quvchilar nutqini shakllantirish jarayonida daktil nutqidan foydalanish so‘zlashuv nutqini muloqot quroli sifatida tez va samarali
shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq o‘rgatishning dastlabki bosqichi o‘z ichiga tayyorlov sinfni qamrab olgan bo‘lib o‘ziga xos vazifalari uslubiy qo‘llanmalari bordir.
Boshlang‘ich sinfda kar bolalar muomila (muloqot) sifatida so‘z nutqi bilan
tanishadilar, ularda atrofdagilar bilan aloqada bo‘lish, o‘z istak va ehtiyojlarini ifoda
etish uchun nutqdan foydalanishning dastlabki ko‘nikmalar yuzaga keladi. Kar
bolalarni nutqqa bo‘lgan ehtiyoj ruhida tarbiyalamasdan, bu masalalarni yechimini
topish mumkin emas.
Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar maktabi ta’lim jarayonining bosh maqsadi
ularning og‘zaki nutqini shakllantirishdir. Daktil nutqni о‘zlashtirish bilan inson
savod о‘rganadi, zero daktil nutq, xuddi yozma nutq kabi lisoniy nutq shaklidir.
Daktil nutqning yozuvdan farqi shundaki, yozuv belgilari о‘rniga sо‘zlovchi
barmoqlari yordamida makonda aks ettiriladigan belgilardan foydalanadi.Daktil
nutqi og‘zaki nutqni rivojlanishida yordamchi vosita sanaladi .
Daktilologiya atrofdagilar nutqini labdan о‘qishda ham muhim vosita sanaladi.
Chunonchi, ayrim tovushlar labdan yomon о‘qiladi, shu о‘qishda daktilologiyadan
foydalanadi. Lekin labdan о‘qish jarayonida daktilologiyadan foydalanish ham ijobiy Samara beradi. Daktil belgilar tovushlarni qо‘yishni tezlashtirish zaruratini yо‘kka chikaradi, talaffuz ustida batafsil ishlash imkonini beradi. Boshka sharoitlar bir xil bо‘lgani holda bolaning yomon ogzaki nutki uning talaffuziga extiyotsizlik bilan munosabatda bо‘lish, kattalar tomonidan xar kunlik e’tibor va nazoratning yо‘kligi natijasi sanaladi. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar imo-ishora yordamida
muloqotga kirishadilar. Imo-ishora nutqi atrof-olamini tushunishga yordam beruvchi vosita sanaladi. Masalan, kar bola oilada kar bola imo-ishora nutqidan foydalangan holda tarbiyalanadi, lekin uning rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi. Shunday qilib, imo-ishora eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun muloqot funksiyasi bajarishni ta’kidlash joiz. Bu jihatdan u og‘zaki nutq shakliga о‘xshashdir.
Dostları ilə paylaş: |