Kirish I. Bob. Mutatsiyalarning kelib chiqishi


Ionlovchi nurlanishning ta'siri



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə10/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#123632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SPONTAN VA INDUSTIRLANGAN MUTATSIYA

Ionlovchi nurlanishning ta'siri. 1925-yilda rus olimlari G. A. Nadson va G. S. Filippovlar tuban zamburug'larga radiy nurlarini ta'sir ettirib, irsiy formalar xilma-xilligini oshirishga muvaffaq bo'ldilar. 1927-yilda G. Myoller drozofila pashshasida rentgen nurlarining ta'sirini o'rganib, bu pashshaning X-xromosomasiga tegishli bo'lgan rctsessiv letal mutatsiyalarni hisobga olishning miqdoriy metodini ishlab chiqdi. Nurlantirish yo'li bilan mutatsiya keltirib chiqarishning chastotasini tabiiy chastotaga nisbatan 100 marta oshirish mumkinligi ko'rsatib berildi. Keyinchalik olimlardan L. Stadler, A. A. Sapegin va boshqalar yuksak o'simliklar - makkajo'xori, tamaki, arpa, bug'doyda radiatsiya ta'sirida mutatsiyalar olishlikka muvaffaq bo'ldilar.
Mutant — mutatsiya natijasida organizmning irsiy oʻzgargan formasi. M. tabiiy yoki mutagenlar taʼsirida paydo boʻlishi mumkin. Aksariyat M. boshlangʻich organizmlar (yovvoyi formalar)dan turli xil strukturaviy tuzilishi, funksiyasining buzilishi va koʻp hollarda hayotchanligi pasayishi bilan farq qiladi. Ayrim hollarda odatdagi muhit sharoitida ham (shu jumladan, sunʼiy tanlash jarayonida) qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha selektiv ustunlikka ega boʻlgan M.lar paydo boʻladi. Bunday M. oʻsimliklarning boshqa navlari, xayvonlarning yangi zotlari va mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishda keng qoʻllanadi. Genetikada M.dan mutatsi-on jarayon krnuniyatlari, genetik ap-paratning ishlashi yoki har xil moddalar biosintezi yoʻllarini oʻrganishda foydalaniladi. M.lar tabiiy tanlanish uchun boshlangʻich material berishi tufayli organizmlar evolyusiyasida muhim ahamiyatga ega.
Ko'pchilik organizmlar uchun ultrabinafsha nurlar ham mutagenlik ta'siriga egadir. Ular barcha turdagi mutatsiyalarni keltirib chiqaradi. Eng muhimi ularda yuqori ta'sir effektivligining to'lqinlar uzunligining ma'lum bir spektri bilan bog'liqligidir. Bu ko'rsatgich 2500 AO dan 2800 AO gacha bo'lgan oraliqni tashkil etadi. Spektrning aynan shu qismida nuklein kislotalar ultrabinafasha nurlarini yutadi
ADABIYOTLAR RO’YXATI

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin