Kirish I. Bob. Mutatsiyalarning kelib chiqishi


Tabiiy mutatsiyalarning takrorlanish soni yoki chastotasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#123632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SPONTAN VA INDUSTIRLANGAN MUTATSIYA

Tabiiy mutatsiyalarning takrorlanish soni yoki chastotasi. Shuni ta'kidlash kerakki, tabiiy sharoitda tabiiy mutatsiyalar juda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. Masalan, drozofilada 1:100000 chastotada white oq ko'zlilik mutatsiyasi hosil bo'lsa, bakteriyalarda bitta genning tabiiy mutatsiyasi 1:10000000 gametaga to'g'ri keladi. Odamlarda ayrim genlarning tabiiy ravishda hosil bo'lish mutatsiyalarining chastotasi o'rtacha 1:200000 ga to'g'ri keladi.
Tabiiy mutatsiyalaming ayrim organizmlarda bitta genga nisbatan hosil bo'lish chastotasi juda kam ko'rinsa ham, lekin bitta organizmga xos genlarning umumiy soniga nisbatan va ularning ma'lum qismi zararli bo'lishligi ham hisobga olinsa, u holda ma'lum darajada ular tirik organizmlar uchun ancha xavfli ekanligini anglash mumkin. Yana shuni ta'kidlash kerakki, hamma mutatsiyalarni, ayniqsa, fiziologik va biokimyoviy mutatsiyalarni aniqlab bo'lavermaydi. Ko'pgina retsessiv mutatsiyalar yashirin holda naslga o'tganligi uchun genetik tahlil davomida drozofila pashshasining juda kam miqdordagilarigina mutatsiyaga ega emasliklari aniqlangan.
Tabiiy mutatsiyalarning chastotasi organizmlarning genotipiga bog'liq bo'lishi bilan birga hujayralarda boradigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning qanday tarzda ketayotganligiga ham bog'liq. Undan tashqari bu jarayonlar ketish davomida ekologik muhitning organizmga qanday tarzda ta'sir etishiga ham ko'p tomonlama bog'liq ekanligi aniqlangan.
Mutatsiyalarning aksariyat turlari organizmlar uchun zararli bo'lsa ham, ularning ayrimlari organizmlarda yangi foydali belgilarning hosil bo'lishiga olib keladi. Boshqacha aytganda organizmlar evolutsiyasining yagona boshlang'ich materialini beradi. Tabiiy tanlanish davrida ularning zararlilari eliminatsiya qilinib tashlanadi, foydalilari esa saqlanib boradi.
Tabiiy mutatsiyaning kelib chiqishi mumkin bo'lgan sabablardan biri sifatida genotipda u yoki bu moddalarning biosintezlanishiga to'sqinlik qiluvchi mutatsiyalarning to'plana borishi, natijada oldin o'tgan organizmlarda haddan tashqari to'plangan bunday moddalar mutagenlik xossasiga ega bo'lgan bo'lishi mumkin.
Mutagenlar (lot. Mutatio - o'zgarish) - irsiy o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan kimyoviy va fizik omillar - mutatsiyalar. Birinchi marta sun'iy mutatsiyalarni 1925 yilda G.A. Nadson va G.S. Filippovlar xamirturushda radiumning radioaktiv nurlanishi ta'sirida olishgan; 1927 yilda G. Myoller rentgen nurlari ta'sirida Drosofiladagi mutatsiyalarni oldi. Kimyoviy moddalarning mutatsiyalarni qo'zg'atish qobiliyatini (yodning Drosofilaga ta'siri) I.A.Rapoport kashf etdi. Bu lichinkalardan rivojlangan chivinlarning shaxslarida mutatsiyalar chastotasi nazorat hasharotlariga qaraganda bir necha baravar yuqori bo'lgan.
Tasniflash
Mutagenlar genlar tuzilishi, xromosomalar tuzilishi va sonining 'zgarishiga olib keladigan turli omillar bo'lishi mumkin. Mutagenlar kelib chiqishi bo'yicha organizm hayoti davomida hosil bo'lgan endogen, ekzogen va boshqa barcha omillarga, shu jumladan atrof -muhit sharoitlariga bo'linadi.
Mutagenlar tabiatan:

  • Fizik mutagenlar;

  • Kimyoviy mutagenlar;

  • Biologik mutagenlar turlarga bo'linadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin