Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari



Yüklə 52,84 Kb.
səhifə4/8
tarix25.01.2023
ölçüsü52,84 Kb.
#80826
1   2   3   4   5   6   7   8
«O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi.

Tabiiy tolalar
Paxta. G’o’za deb ataladigan o’simlik urug’ini qoplab turadigan ingichka tolalar bo’lib, to’qimachilik sanoatining asosiy hom ashyosi hisoblanadi. Chigitdan ajratilmagan paxta tolasi- chigitli paxta deyiladi. Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog’liq.
Mutlaqo pishmagan – o’lik tola mikroskop ostiga qo’yib qaralganda, yalpoq, lentasimon, yopqa devorli ekanligi, o’rtasida keng kanali borligi ko’rinadi. Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuloza yig’iladi va devorlar qalinlashadi. Kanop torayadi, tolalar buramdor bo’lib qoladi. Pishgan paxta- tolalarning bo’ylama ko’rinishi spiralsimon buralgan, yalpoq naychalardan iborat.
Pishib o’tib ketgan tola- tolalar o’rtasida ingichka kanali bor tsilindr shaklini oladi. Paxta kanalinig bir tomoni ochiq qoladi. Paxta tolasining ko’ndalang kesimi oval bo’ladi.Tolalarning sellyuloza moy qatlami- kutikula deb ataladi.
Zig’ir. Poyaning lib qismidan olinadigan tola. Zig’ir elementar va texnikaviy turlarga bo’linadi. Elementar zig’ir tolasi bir hujayra moddasidan iborat.
Texnikaviy tolalar pigment tolalar bilan o’zaro birikkanelementar tolalar dastasidan tashkil topgan.
Jun.Junli hayvonlarning teri qatlamidagi shoxsimon o’simta. U ikki qismdan iborat: ildiz va tana. Ildiz qismi- junning teri qatlami ostidagi qismi. Tana- terining chiqib turgan va oqsil keratindan iborat bo’lgan qismi. Jun tolasining tanasi tangachali, qobiq va o’zak qatlamlaridan iborat. Tangachali qatlam- tola tanasini tashqaridan qoplab turgan shoxsimon tangachalardan iborat. Tangachali qatlam tolalar tanasini yemirilishdan saqlaydi. Tolalarni tovlantirib turadi. Qobiq qatlam- tola tanasini hosil qiladigan urchiqsimon hujayralardan iborat. Tolaning pishiqligi, elastikligi va boshqa sifatlarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi. O’zak qatlam- tola o’rtasidan o’tadi. U havo bilan to’ldirilgan hujayralardan iborat. Yo’g’onligi va tuzilishiga qarab quyidagi tiplarga bo’linadi:

  1. Momiq.

2. Oraliq.
3. Qiltiq.
4. O’lik.
I-guruh uchun: Paxta tolasi deb chigitning ustida joylashgan ingichka tolani aytamiz. Chigitdan ajratilgan tola xom-ashyo deyiladi. Paxta tolasidan gazlamalar to`qiladi. Uning chigitidan turli sanoat mollari tayyorlanadi. Dalalardan terib olingan paxta paxta tozalash zavodlariga olib boriladi.
U yerda paxtani chigitidan , tuli ifloslardan tozalanadi va quritiladi, presslanadi.Unga ishlov berish yigirish fabrikasida turli mashinalar yordamida bajariladi ya’ni uni tozalanadi, aralashtiriladi, tarab tola qilinadi, Ingichka tekis lenta qilib, silindr idishlarga tushiriladi.Lentalar yigirish mashinasida ip qilib chiqariladi.Yigirib tayyorlangan ipni katta naychalarga o`raladi.Bu ishlar bajariladigan sex yigirish sexi deb ataladi.
Tayyor yigirilgan ip to`qimachilik sexlariga yuboriladi, yigirilgan iplarni to`qish dastgohiga qo`yib gazlama to`qiladi.Paxta tolasining asosiy moddasi stellyuloza bo`lib u qancha ko`p bo`lsa tola shuncha pishiq bo`ladi. Paxta tolasidan chit, batist, satin kabi gazlamalar to`qiladi.
II-guruh uchun: Zig`ir tolasi paxta tolasi kabi bir yillik o`simlik bo`lib asosiy moddasi sellyuloza .Balandligi -60-70 sm bo`lib asosan Rossiyada o`sadi. Zig`ir tolalarning rangi och kulrangdan to`q kul ranggacha. Zig`ir o`ziga xos tovlanib turadi, chunki tolalarning sirti silliq bo`ladi.Zig`ir tolalariga kislota va ishqorlarga bardoshsizdir. Zig`ir tolasi sarg`ish alanga berib yonadi, va to`liq yonib kul hosil qiladi. Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qog`ozning hidi keladi.Zig`ir namni tez shimadi v atez o`zidan ketkazadi. Issiqni ham tez o`tkazadi. Zig`irning bunday qimmatli gigiyenik xossalari undan olingan gazlamalardan yozgi kiyimlar tikishga keng imkoniyat beradi.



Yüklə 52,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin