Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari


O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar olinishi,tarkibi va xossalari



Yüklə 52,84 Kb.
səhifə5/8
tarix25.01.2023
ölçüsü52,84 Kb.
#80826
1   2   3   4   5   6   7   8
«O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi.

1.2.O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar olinishi,tarkibi va xossalari
Gazlamalar bir qator xossalarga ega. Masalan, gazlamalarning fizik xossalariga gidroskopiklik, havo o`tkazuvchanlik, bug` otkazuvchanlik, suv o`tkazuvchanlik, ho`lanuvchanlik, chang tortish, issiqlikni saqlash, kirishish, cho`ziluvchanlik kabi xossalar kiradi. Gidroskopiklik –bu gazlamaning o`ziga manlikni tortishi. Gidroskopik namlik formulasi bilan aniqlanadi. Bir xil gazlamalar yuvilgandan keyin gidroskopikligi oshadi. Bir xil mahsulotlar ipni ikki tomonlama tarash usuli bilan qalinligi oshiriladi, unga gidroskopiklik kamayadi. Ichki va yozgi kiyimlar uchun gidroskopiklik eng muhim xossa hisoblanadi. Tabiiy tolalai gazlamalarning gidroskopikligi yuqori hisoblanadi. Havo o`tkazuvchanlik xususiyati uning tola tarkibi, zichligi va pardoziga bog`liq bo`ladi. Siyrak to`qilgan gazlamalar havoni yaxshi o`tkazadi. Zich to`qilgan gazlamalar havoni o`tkazmaydi. Polotno to`qilishi havoni yomon o`tkazadi. Bug` o`tkazish xossasiga odam organizmidan ajraladigan bug`ni o`zida saqlash kiradi. Masalan, jun tolasidan to`qilgan gazlamalar o`zidan bug`ni kam o`tkazadi va boshqa gazlamalarga qaraganda kiyim ostidagi havoning nisbiy namligini ushlab turadi.Suv o`tkazish qobiliyati gazlamalarning suv o`tkazishga qarshilik ko`rsatishini bildiradi. Suv o`tkazmaslik xususiyati maxsus gazlamalar uchun muhim sanaladi. Chang tortish xossasi, bu –gazlamalarning kirlanishi.U tolaning tarkibiga , zichligiga , pardozlanishiga bog`liq.
Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari.
Bu gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo`ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, namlikni shimadigan va tez quriydigan, havoni yaxshi o`tkazadigan, oson yuviladigan bo`ladi.Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo`ylama ipi bo`yicha kirishadi, tez g`ijimlanadiva tez dazmollanadi.
Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari.Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalar paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarga qaraganda chidamliroq bo`ladi. Ular bo`ylama va ko`ndalang ipi bo`yicha kam cho`ziladi, qattiq, og`ir va qalinroq bo`ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi. Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning usti silliq sitiluvchan bo`ladi, tez g`ijimlanadi va oson dazmollanadi.
Gazlamaning tuzilishi tanda va arqoq iplarning o`zaro o`ralishi va bog`lanishi bilan belgilanadi. Gazlamaning tuzilishiga gazlamani hosil qiladigan kalava ip yoki iplarning tuzilishi, tanda va arqoqning zichligi, o`ralish xili ta’sir qiladi. Kalava ip iplarning yog`onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning tuzilishiga ancha ta’sir qiladi.
O’simliklardan tola olinishigacha bajariladigan ishlarni bosqichma-bosqich o’quvchilarga tushunarli qilib o’rgatiladi. Masalan paxta o’simligi qaerlarda o’stiriladi, ularni qanday parvarish qilinadi, uni terish usullarining kamchiliklari va avzalliklari haqida to’liq ma`lumot berish kerak. Paxta zavodlarida paxtani changdan, turli xil iflosliklardan tozalanishi, ularning sifatlarga ajratilishi, 
chigitidan tozalanishini diafilm, multimedia namunalardan foydalanib tushuntirish 
mumkun. Paxta va zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalar namunalaridan foydalanib ularning tashqi ko’rinishiga harab ajrata olishni o’rgatish, ularning to’qilishiga e`tibor berishni o’rgatish kerak. Gazlamalarning fizik, mexanik, gigienik xossalariga nimalar kiradi va u qanday aniqlanishi haqida umumiy ma`lumot beriladi. Buni albatta labaratoriya shaklida o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Gazlamalarning xususiyatini bilish nima uchun zarurligi, ulardan tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda nimalarga e`tibor berishni o’rgatish lozim.Barcha gazlamalar tolalardan to’qiladi. Inson o’ayotida gazlamalar muo’im 
ao’amiyat kasb etadi. Gazlamalardan tikilgan kiyimlar insonni issiq va sovuqdan kuchli yoruo’likdan o’imoya qilib organizm temperaturasining mo’tadil bo’lishiga yordam beradi. Gazlamalar tabiiy va sun`iy tolalardan to’qilgan bo’ladi. Tabiiy tolalardan to’qilgan gazlamalar ikki guruxga bo’linadi, O’simliklardan olingan tolalardan to’qilgan gazlamalar, qayvonlardan olingan tolalardan to’qilgan gazlamalar. O’simliklardan olingan tolalarga paxta o’amda zig’ir kirdi.Paxta 
o’simligi asosan Amerika Qo’shma Shtatlarida, Xitoy, Hindiston, Braziliya va O’zbekistonda etishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o’rta tolali bo’ladi. O’zbekistonda etishtiriladigan paxtaning 10% ni ingichka tolali paxta tashkil qiladi va eng yuqori sifatli tola o’isoblanadi. Paxta o’simlig asosan issiq o’lkalarda etishtiriladi. Paxtaning saralangan chigiti erta bao’orda, aprel,may oylarida ekiladi. Yozning iyun, iyul oylarida gullay boshlaydi. Kuz faslida paxta 
chaman bo’lib ochiladi. Paxtani yig’ib-terib olish ancha mashshaqatli ish 
o’isoblanadi. Paxta mashinalar yordamida va qo’lda teriladi. Qo’lda terilgan paxta tolasi sifatli ya`ni ingichka o’amda uzun bo’ladi. Paxta tolasi deb chigitning ustida joylashgan ingichka tolani aytamiz. chigitdan ajratilgan tola xomashyo deyiladi. Paxta tolasidan gazlamalar to’qiladi uning chigitidan turli turli sano`at mollari tayyorlanadi. Dalalardan terib olingan paxta paxta tozalash zavodlariga olib boriladi. U erda paxtani chigitidan, turli xil ifloslardan tozalanadi va quritiladi, presslanadi. Unga ishlov berish yigirish fabrikasida turli mashinalar yordamida bajariladi, ya`ni uni tozalanadi, aralashtiriladi, tarab, tola qilinadi, ingichka tekis lenta qilib tsilindr idishlarga tushiriladi. Lentalar yigirish mashinasida ip qilib chihariladi. Yigirib tayyorlangan ipni katta naychalarga o’raladi. Bu ishlar bajariladigan tsex yigirish tsexi deb ataladi. Tayyor yigirilgan ip to’qimachilik tsexlariga yuboriladi, yigirilgan iplarni to’qish dastgoxiga qo’yib gazlama to’qiladi. Paxta tolasining asosiy moddasi tsellyuloza bo’lib, u qancha ko’p bo’lsa tola shuncha pishiq bo’ladi. Paxta tolasidan chit, batist, bumaze, satin kabi gazlamalar to’qiladi. 
Zig’ir tolasi paxta tolasi kabi bir yillik o’simlik bo’lib, asosiy moddasi 
tsellyuloza. Balandligi 60-70sm bo’lib asosan Rossiyada o’sadi. 
Gazlamalarning fizik xossalariga uning gigroskopiklik, havo o’tkazuvchanligi, bug’ o’tkazuvchanligi, suv o’tkazuvchanligi, xo’llanuvchanligi, chang tortishi, issiqlik saqlashi, kirishishi, cho’ziluvchanligi va boshqa xossalari kiradi.
Gigroskopiklik – bu gazlamaning o’ziga namlikni tortishi. Gigroskapiklik 
namlik formulasi bilan aniqlanadi. Bir xil gazlamalar yuvilgandan keyin 
gigroskapikligi oshadi. Bir xil mao’sulotlar ipni ikki tomonlama tarash usuli bilan 
qalinligi oshiriladi, unda gigroskopiklik kamayadi. Ich kiyim va yozgi kiyim 
assortimentida gigroskopiklik eng muo’im xossa o’isoblanadi. Tabiiy tolali 
gazlamalarning gigroskopikligi yuqori o’isoblanadi.havo o’tkazuvchanlik – xususiyati uning tola tarkibi zichligi va pardoziga bog’liq bo’ladi. Siyrak to’qilgan gazlamalar havoni yaxshi o’tkazadi, zich to’qilgan gazlamalar havoni o’tkazmaydi. Polotno to’qilishi havoni yomon o’tkazadi.
Bug’ o’tkazish – xossasi odam organizmidan ajraladigan bug’ni o’zida 
saqlashi kiradi. Masalan jun tolasidan to’qilgan gazlamalar o’zidan bug’ni kam o’tkazadi va boshqa gazlamalarga haraganda kiyim ostidagi havoning nisbiy namligini ushlab turadi. Suv o’tkazish - qobiliyati gazlamalarning suv o’tkazishga harshilik qobiliyati. Suv o’tkazmaslik maxsus gazlamalarga muo’imdir.
Chang tortish- xossasi bu gazlamalarning kirlanishi. U tolaning tarkibiga, 
zichligiga, pardozlanishiga boo’liq. Chang oluvchanlik bo’yicha tukli gazlamalar eng yuqori ko’rsatkich beradi. Shishali gazlamalar changni umuman tortmaydi. Changni gilam va gilam maxsulotlari juda yaxshi tortadi, sababi ular o’am tukli. Ularni tozalash va qoqish qiyin. Paxta tolasidan to’qilgan gazlamalarning xossalari. Bu gazlamalar engil, yumshoq, chidamli bo’ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, namlikni shimadigan va tez quriydigan, havoni yaxshi o’tkazadigan, oson yuviladigan bo’ladi. Tez tozalanadi, yuqori xaroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo’ylama ipi bo’yicha kirishadi, tez g’ijimlanadi va tez dazmollanadi. Zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalarning xossalari. Zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalar paxta tolasidan to’qilgan gazlamalarga haraganda chidamliroq, ular bo’ylama va ko’ndalang ipi bo’yicha kam cho’ziladi, qattish, og’ir va qalinroq bo’ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi. Zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalarning usti silliq, sitiluvchan bo’ladi, tezg’ijimlanadi va oson dazmollanadi.

II BOB. «O’SIMLIKLARDAN OLINADIGAN TABIIY TOLALI GAZLAMALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI» MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH METODIKASI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. «O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyatli va foydali jihatlari
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq.
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman.
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
-materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda
-texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat
operatsiyalarini bilish;
-texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini
amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
-texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
-buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Yüklə 52,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin