Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari


Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari



Yüklə 52,84 Kb.
səhifə8/8
tarix25.01.2023
ölçüsü52,84 Kb.
#80826
1   2   3   4   5   6   7   8
«O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi.

Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari.
Bu gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo`ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, namlikni shimadigan va tez quriydigan, havoni yaxshi o`tkazadigan, oson yuviladigan bo`ladi.Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo`ylama ipi bo`yicha kirishadi, tez g`ijimlanadiva tez dazmollanadi.
Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari.
Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalar paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarga qaraganda chidamliroq bo`ladi. Ular bo`ylama va ko`ndalang ipi bo`yicha kam cho`ziladi, qattiq, og`ir va qalinroq bo`ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi. Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning usti silliq sitiluvchan bo`ladi, tez g`ijimlanadi va oson dazmollanadi.
Gazlamaning tuzilishi tanda va arqoq iplarning o`zaro o`ralishi va bog`lanishi bilan belgilanadi. Gazlamaning tuzilishiga gazlamani hosil qiladigan kalava ip yoki iplarning tuzilishi, tanda va arqoqning zichligi, o`ralish xili ta’sir qiladi. Kalava ip iplarning yog`onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning tuzilishiga ancha ta’sir qiladi.

  1. Mustahkamlash:

  1. Inson hayotida kiyimlar qanday ahamiyatga ega ?

  2. Kiyimlar qanday gazlamalardan tayyorlanadi ?

  3. Tolalar nimalardan olinadi ?

  4. Tolalar necha xil bo`ladi ?

  5. Tabiiy tolalar qanday olinadi ?

  6. Tabiiy tolalarning qanday xossalari bor ?

  7. Chaqaloqlarga nima uchun tabiiy tolali gazlamalardan tikilgan kiyimlar tavsiya etiladi ?

  1. Uyga vazifa: uylarida tabiiy tolali gazlamalardan tayyorlangan qanday tikuv buyumlari borligini o`rganib kelish.


XULOSA
Kiyimning tarixiy rivojlanishiga, uning o’zgarishiga uslub va moda sabab bo’ladi. Uslub-bu jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatidagi muhim va xarakterli belgilar obrazli sistemasi ijodiy prinsiplarning tarixan tarkib topgan bir qadar barqaror mushtarakligidir. Uslub- bu davrning badiiy tili, uning badiiy xarakteristikasi. Davr o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy formasiya bilan belgilanadi. Har bir davrning o’ziga xos badiiy uslubi bo’ladi. U jamiyat hayotidagi muhim omillarni aks ettiradi. Har qaysi tarixiy davr o’zi uchun xarakterli shakllarni tanlar, insonning mahlum darajada kostyumda o’z ifodasini topgan muayyan estetik idealini o’ziga bo’ysudirar edi.
Atrofimizni o’rab turgan turli narsalar olamida kostyum eng muhim o’rinlardan birini egallaydi va shaxsiy estetik tarbiyalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Ifodali, obrazli hal etilgan kostyum insonning ichki go’zalligani ochib berishga, uning o’ziga xos fazilatlarini yoritishga xizmat qiladi. Kostyum bu yaxlit ansamblg’ bo’lib, uning diqqat markazida inson turadi. Har qanday tarixiy davrdagi kostyum shaklining zaminida odamning muayyan darajada plastik nafis obrazi va gavdasi (qad-qomati) yotadi. Har bir garmoniya (yunoncha harm`nia-predmetlar, voqealar, butun qismlarning turli sifatlarining bog’liqligi, kelishganligi, muvofiqligi, monandligi) va barkamolligi haqida, inson gavdasining estetik idellagi to’g’risida o’zining tushunchasini rivojlantirardi, bundan esa kostyumdagi mutanosiblik, ko’lam geometrik hajm, shakl va ranglarning turli-tumanligi kelib chiqadi. Kostyum – bu insonning individualligini yoki ijtimoiy guruhni ifodalovchi muayyan obrazli badiiy sistema. Elka va bel kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo’shimchalar (aksessuarlar), bezaklar, grim, soch turmagi, tanani bo’yash, uning shaklini o’zgartirish – bularning barchasi birgalikda kostyumni tashkil etadi. Libos esa kiyim, ust-bosh, odam egniga kiyadigan buyumlardir.
Kiyim – bu matodan qilingan, odam tanasidagi qobiq sistemasi bo’lib, eng avvalo, tanani tashqi muhitning salbiy ta’siridan saqlaydi va insoning o’ziga xooos xususiyatlarini namoyon qilib, estetik funksiyani bajaradi. Qadimdan hozirgacha insoniyat o’tmishi kostyum tarixida o’z aksini topgan. To’qimachilik tolalari deb, ma’lum uzunlikka ega bulgan egiluvchan va mustaxkam, kundalang kesimining yuzasi kichik xamda ip va to’qimachilik buyumlari olish uchun ishlatiladigan uzun sirtga aytiladi. Tolalar ikki guruhga bo’linadi: tabiiy va kimyoviy. Tabiiy tolalar tabiatda insonning ishtirokisiz hosil bo’lgan tolalardir. Kimyoviy tolalar esa zavod va fabrikalarda ma’lum kimyoviy jarayonlar o’tkazish asosida olinadi.
O’simliklardan olinadigan tolalar (tsellyulozali tollar- paxta, zig’ir, kanop losi va x. k), xayvonot tolari (oksilli tolalar- jun, tabiiy ipak) xamda minerallardan olinadigan tolalar tabiiy tolalarga kiradi. Barcha usimlik tollarining asosini murakkab organik birikma, tsellyuloza, ya’ni uglerod, vodorod va kislorotdan iborat bulgan kletchatka tashkil qiladi. Barcha xayvonot tolalari asosida yanada murakkabrok organik moddalaroksillar yotadi. Tolalar turlari ikki xil usulda: organoleptik (his qilish, sezish) va laboratoriya yo’li bilan o’rganiladi. Organoleptik (xis qilish) yo’li bilan to’qimachilik tolalarini kurish asosida yaltirokligini, rangini, uzunligi va yo’g’onligi, egriligi va yonishdagi xolatlari urganiladi. Qo’l bilan qattiq
Barcha tolalar 2 ta katta guruxga bo’linadi: 1. Tabiiy tolalar. 2. Kimyoviy tolalar. Tabiatda mavjud bo’lgan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiiy tolalarga o’simliklardan olinadigan tolalar (tsellyulozali tolalar - paxta, zig’ir, kanop losi va xokozo), xayvonot tolalari (oqsilli tolalar - jun, tabiiy ipak ) hamda minerallardan olinadigan tolalar kiradi.
Mineral tolalardan tashqari barcha tolalar kimyoviy tarkibi jixatidan organiq moddalardir. Ular tabiiy va kimyoviy yo’l bilan olingan turli - tuman yuqori molekulyar moddalardir. Mineral tolalarning asosini anorganiq moddalar tashqil qiladi. Barcha o’simlik tolalarining asosini murakkab organiq birikma-tsellyuloza, ya’ni uglevod, vodorod va kisloroddan iborat xujayra (kletchatka) tashqil qiladi. Barcha hayvonot tolalari asosida yanada murakkabrok, organiq moddalar - oqsillar yotadi. Ular aminakislotalardan tashqil topgan. oqsil tarkibida albatta 8 uglevod, kislorod, vodorod va azot kabi elementlar bo’ladi. Junni xosil qiladigan oqsil birikmasi - keratin tarkibida, bulardan tashqari oltingugurt bo’ladi. Tabiiy ipak, ya’ni pilla tolasi tarkibida ikki oqsil - fibroin va seritsin bo’ladi. Sintetik tolalarni asosini murakkab organiq birikmalar - ancha molekulalarni sintez qilib olinadigan polimerlar tashqil qiladi. Kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik xillarga bo’linadi. Sun’iy tolalar ishlab chikarishda xom-ashyo sifatida yogoch tsellyulozasi, paxta chikindilari, shisha, metallar va boshkalar, sintetik tolalar ishlab chikarishda esa gazlar xamda toshkumir va neftni kayta ishlash maxsulotlari ishlatiladi. Sun’iy tolalarning kimyoviy tarkibi ular olinadigan dastlabki tabiiy xom- ashyoni kimyoviy tarkibidan fark kilmaydi.
Sintetik tolalar kimyoviy sintez reaktsiyalari natijasida, ya’ni past molekulyar moddalar molekulalarini yiriklashtirib, ularni yukori molekulyar birikmalarga aylantirish natijasida olinadi. Bunday tolalar tabiatda tayyor xolda uchramaydi. Organoleptik (his qilish) yo’li bilan kimyoviy, sun’iy va sintetik tolalarni kurinishi asosida yaltirokliligini, rangini, uzunligi va yo’g’onligini, egriligi va yonishdagi holatlari o’rganiladi. Kul bilan ushlab ko’rib qattiq va yumshoqligini, mustahkamligi, cho’ziluvchanligi, issiq va sovuqligi o’rganiladi. Kimyoviy tolalar yakka va tabiiy tolalar bilan aralashma holda yoki kimyoviy tolalar bir-biri bilan aralashtirib ishlatilishi mumkin.
Har bir komponent aralashma maxsulotda o’ziga xos xossaga egadir, shuning uchun ko’zlangan xossani hosil qilishda aralashmadagi tolalar mikdorini nazorat qilib turish muhim ahamiyatga ega. Aralash tolalarni aniqlashda bir necha usullar mavjuddir. Eng oddiy va asosiy usullardan biri tolalarni organoleptik va laboratoriya usullarida ajratishdir. Tolani tashki kurinishini, yonish xarakterini turli xil reaktivlarda erishi yoki buyalishi orkali aralashmadan tolalar turi aniklanadi. Tashki kurinishi tolani buylamasini va kundalang kesimi mikraskop orkali aniklanadi. Jun, paxta, viskoza va boshka tolalarni xatoliksiz aniqlash mumkin.
Laboratoriya yo’li bilan esa tola xolati mikroskop yoki kimyoviy eritmalar yordamida aniqroq o’rganiladi. Bu holda tola tuzilishini mikraskop orkali kurib, uning tashki tuzilishini, qaysi navga tegishli ekanligini anik berishi mumkin. Birok ayrim tolalar o’zining-tashki tuzilishi bo’yicha bir-biridan fark kilmaydi, bu holda mikraskopda tekshiruv bilan birga kimyoviy usulda o’rganish kerak bo’ladi.Tolaning yonish xarakteri bo’yicha aniqlash eng qulay va oson usuldir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF 60-sonli farmoni “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”.

  2. Mirziyoev Sh. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. O’zbеkistоn Rеspublikаsi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni,Toshkent. Shаrq,2020.

  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli Qarori. O’zbekiston Respublikai qonun hujjatlari to’plami. 2017-y. 14-son. 230-modda.

  4. Karimov I.Mehnat ta’limi o’qitish texnologiyalari.Toshkent.TDPU.2013. 227 b.

  5. Muslimov N., Sharipov Sh., Sattarov V., Davlatov K.Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent. OO’MTV, 2009.- 471 b.

  6. Muslimov N.A., Sharipov Sh. S., Qo’ysinov O. A. Mehnat ta’limi o’qitish metodikasi, kasb tanlashga yo’llash. Toshkent. O’qituvchi. 2014 y. 6. O’zbekiston ME. Birinchi jild. Toshkent 200

  7. X.Asqamv M., Oyxo‘jayev В., Äloviddinov A. Polimerlar ximiyasi. Т.; 0 ‘qituvchi, 1981.

  8. Андрионова Г.П., КуцедиД.А., Шестакова И. C., Касьянова A.A. Химия и физика высокомолекулярных соединений в производстве искусственной кожи, кожи и меха. М.: Легпромбытиздат, 1987.

  9. ШурА.И. Высокомолекулярные соединения. М.; Высшая школа, 1981.

  10. Роговин З.А. Основы химии и технологии химических волокон. В двух томах. М.; Химия, 1974.

  11. Hamroyev A.L. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish texnologiyasi. Т.: 0 ‘zbekiston, 1995.

  12. Hamroyev A.L. Sintetik tolalar ishlab chiqarish texnolgiyasi. Т.: 0 ‘zbekiston, 1995.

  13. Ряузов A.H. и др. Технология производства химических волокон. М.: Химия, 1980.

  14. Зазулина З.А., Дружинина Т.В., Конкин A.A. Основы технологии химических волокон. М.: Химия, 1985.

  15. ПакшверА.Б. Физик-химические основы технологии химических волокон. М.: Химия, 1972.

  16. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar.

Internet saytlar
1.www.ziyo.net
2.www.arxiv.uz
3.www.edu.uz
4.www.aim.uz
5.www.baho.uz


Yüklə 52,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin