Kirish I bob. O’simliklardan olinadigan tolali gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalari


XULOSA…………………………………………………………………………23



Yüklə 52,84 Kb.
səhifə2/8
tarix25.01.2023
ölçüsü52,84 Kb.
#80826
1   2   3   4   5   6   7   8
«O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari» mavzusini o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash metodikasi.

XULOSA…………………………………………………………………………23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..25
KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishidagi ustuvor yo'nalishlardan biri — to'qim achilik va yengil sanoat mahsulotlarini yetarli darajada sifatli ishlab chiqarish, xalq ehtiyojini qondirish va uni eksport qilishdan iborat. Bu mas'iiliyatli vazifani bajarishda materialshunoslik fanining ahamiyati katta.Muhandis materialshunoslar to'qim achilik va yengil sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, olingan yarim va tayyor mahsulotlarning tuzilishini, xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilib, muhandis texnologlarga ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etishga va sifatli mahsulot olishga bevosita yordam beradilar.
Materialshunoslik sohasidagi mutaxassislar xom ashyo va mahsulot nuqsonlarini faqatgina qayd etmasdan, balki sifatni boshqarish bo'yicha ham faol qatnashib, bo'lajak nuqsonlarning qanday hosil bo'lishini oldindan aytib berishlari mumkin. Mahsulot sifatini oshirish dolzarb muammolardan bo'lib, u ko'p omillarga, shu jumladan mashinalarning ish holatiga, ishni tashkil etishga, xom ashyoning sifatiga, ishchilarning kasb mahoratiga, xom ashyo, yarim va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda mutaxassislarning bilimdonligi va malakasiga, sinov o'tkazuvchi qurol va asbob-uskunalarning zamonaviyligiga va hokazolarga bog'liq. Mahsulot sifatini oshirish uchun ishlab chiqarish tizimining hamma bo'g'inlarida ishni sifatli tashkil etish kerak. Shu bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, mahsulot sifat ko'rsatkichlarini aniqlashda zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish, nazoratning yangi usulini ishlatish samarali natija beradi. Avtomatlashtirilgan o'lchash asboblarini tatbiq etish sermehnat sinash jarayonlarini tezlashtiradi va kutilayotgan natijalarni katta aniqlik bilan beradi.
Bugungi kunda tabiiy va kimyoviy tola, iplarni aralashma holatida ishlatish ko'paymoqda. Ulardan sifetli mahsulot olish uchun yangi va aralash xom ashyoning xususiyatlarini atroflicha hihlil clilib, ishlab chiqarish jarayonlarining rejalarini tuzish ni.iicriiilshiinoslikta'limori asosida bajariladi. O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan siyosiy iqtisodiy masalalar bo'yicha aloqalar olib bormoqda.
To'qimachilik materialshunosligi to'qimachilik materiallari — to'qim achilik tolalari, iplari va tayyor mahsulotlarning olinishini, ularning tuzilishini, xususiyatlarini va sifatini aniqlashni o'rgatadigan fandir.
To'qimachilik materialshunosligi fani uch qismdan iborat. Birinchi qismda to'qimachilik tolalari va iplarining olinishi, ikkinchi qismda to'qim achilik tolasi, iplarning tuzilishini, xususiyatlarini aniqlaydigan uslublar va asboblar to'g'risida ma'lumotlar beriladi. U chinchi qism da tayyor m ahsulotlarning tuzilishini, xususiyatlarini aniqlaydigan uslublar va asboblarning tuzilishi bayon etiladi. Birinchi qismda ishlatiladigan tola, iplarga oid atamalarning ta'rifi standartga muvofiq quyidagicha izohlanadi. To‘qimachilik tolasi deb to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga yaraydigan, chegaralangan uzunlikdagi; yumshoq, ingichka va mustahkam jismga aytiladi. Elementar tola — uzunligi bo'yicha bo'linmaydigan yakka toladir. Kompleks tola (texnik tola) deb uzunligi bo'yicha bir qancha elementar tolalarning birikishiga aytiladi. Tabiiy tolalar — tabiatdan (o'simliklardan, jonivorlardan va ma'danlardan) olingan tolalar. Kimyoviy tolalar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli bilan ishlab chiqarilgan tolaga aytiladi. Sun'iy tola — tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy tola. Sintetik tola — sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy tola. To‘qimachilik ipi — to'qim achilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mustahkam, nisbatan ingichka va katta uzunlikdagi jismga aytiladi. Monoip — uzunligi bo'yicha bo'linmaydigan va bevosita to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yakka iplarga aytiladi

Yüklə 52,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin