Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org
K Ks =---------- ∆ Mx Yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator tabaqalashtirilgan (differensiyalangan) ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish samaradorligini baholash va tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi, harajatlar va resurslar asosiy turlarining qaytarib berilishini tavsiflaydi. Lekin, faqat bu ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi o‘zgarishiga baho berish qiyin, chunki ular o‘zgarishning harakteri va dinamikasini taqqoslay olmaydi. Undan tashqari, ba’zi davrlarda ular har xil yo‘nalishda o‘zgaradilar. Masalan, sanoatda mehnat unumdorligi juda sekinlik bilan oshmoqda.
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat harajat va resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni, balki uning butunlay o‘zgarishini, yig‘indi (integral) samaradorligini baholashni ham o‘z ichiga oladi. Mana shu maqsadda iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi va ishlab chiqarishning oqibat-natijalari shu ko‘rsatkichlar yordamida tahlil etiladi. Bunday ko‘rsatkichlar turli harajatlar va resurslarning darajasini yig‘ilgan turda, har xil omillarning ta’sirini hisobga oladi.
Ishlab chiqarish - texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlash hamda uni asoslash uchun qo‘shimcha kapital mablag‘larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsiyentini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larning o‘zini qoplash muddati (V) qo‘shimcha kapital mablag‘larning (K2-K1) mahsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam (T1-T2) ga nisbati bilan aniqlanadi:
K2 – K1 V = ______________ T1 – T2 Bu yerda:
V - qoplanish muddati (yil hisobida);
K2va K1- variantlarni joriy etish uchun kerak bo‘lgan mablag‘lar miqdori;
T1 – T2 - taqqoslanadigan variantlarning ekspluatatsiya harajatlari.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larning qiyosiy samaradorlik koeffitsiyenti (Ye) qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan olingan tejamning qo‘shimcha kapital mablag‘lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
T1 – T2 1
E = ____________ yoki ___ K2 – K1 V Keltirilgan harajatlar, ularning vazifasi va ularni hisoblash usuli. Keltirilgan harajatlar kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni hal qilish variantlarining eng yaxshisini tanlab olishda qo‘llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani hal etishning, ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan variantlarini, mahsulot sifatini oshirishning turli usullarini taqqoslaganda boshqa shartlari teng bo‘lib qolsa, keltirilgan harajatlar minimum bo‘lishini talab qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng yaxshisini tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan harajatlar formulasidan foydalanish kerak:
S + Yen · K min
Bu yerda: S - muayyan variant bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi;
Yen - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsiyenti;
K - bir yo‘la solinadigan kapital mablag‘larning yig‘indisi.
Xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning normativ koeffitsiyenti xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan.
Keltirilgan harajatlarni aniqlash eski texnika o‘rniga yangisini yaratish va qo‘llash natijasida hosil bo‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondoshishni taqozo etadi.
Yillik iqtisodiy samara — bu, yangi texnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan harajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
Y =[[ (T1+Yen* K1) – (T2+Yen*K2) ]] * A2 Bu yerda: Y — yillik tejam;
T1 — yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo‘lgan mahsulot yoki ish birligining tannarxi (so‘m hisobida);
T2 — shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m hisobida);
K1 —tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligaga sarflangan kapital mablag‘lar miqdori;
K2 — shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng;
A —yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi.
Yen —kapital harajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsiyenti.
U yangi kapital qo‘yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so‘mlik kapital qo‘yilma bir yilda mahsulot tannarhini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsiyenti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m kapital qo‘yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tayinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsiyenti «0»dan «1»ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, harajatlarning rejali qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o‘ziga xos omillari mavjud.