Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə20/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Tayanch iboralar: milliy, iqtisodiyot, sanoat, korxona, samara, samaradorlik, sotsial, mezon, qiyosiy, omil, samaradorlik.


Nazorat va muhokama uchun savollar
  1. Samaradorlik tushunchasi nimani anglatadi? Uning qanday turlari bor? Mezoni va ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?


  2. Mutlaq iqtisodiy samaradorlik nima? U qaysi usu­lida hisoblanadi?


  3. Ishlab chiqarishning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligi deganda nimani tushunasiz?


  4. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaysi omillar ta’sir etadi?


  5. Sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qanday asosiy yo‘llari bor?





5-mavzu. Sanoatda fan-texnika taraqqiyoti va innovatsion faoliyat
Reja:
5.1. Fan-texnika taraqqiyoti ва инновацион фаолият
5.2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
5.3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash


5.1.Fan-texnika taraqqiyoti ва инновацион фаолият
Hozirgi davrning eng muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu milliy iqtisodiyotning barcha sohalarda chuqur keskin o‘zgarishlar hosil

qilayotgan fan va texnikaning shiddatli rivojidir.


Fan – bu taraqqiyotni anglatadi. Ilm-fanni rivojlantirmay
iqtisodiy yuksalig bo‘lmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti – bu juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
Texnika taraqqiyotining asosini fan, ilmiy bilimlar tashkil etadi.
Yuqorida aytilganlardan shunday savol tug‘ilishi mumkin: fan nima?
Fan – bu inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqeahodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga solinadi. Fan ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
Fan yoki ilm – bu o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida
fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi
avvalo voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, keyin tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iboratdir.
Endi texnika va texnologiya nima degan savolga javob topish kerak.
Texnika – bu eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng
ma’noda esa u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab
chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha – techue – san’at, mahorat, uddalash va …logiya) –
ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini
o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
Fan-texnika taraqqiyoti juda murakkab jarayon bo‘lib, ijtimoiy va
shaxsiy hayotning barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Fan va texnikani bir biridan faqat shartli ajratib ko‘rish mumkin.
Aslida esa ular yonma-yon turadi. Shu sababli – Fan- texnika – atamasi ko‘p
ishlatiladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimlar tashkil etadi.
Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa
takomillashadi.
Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab
chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan
qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga
oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy
ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va
takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, milliy iqtisodiyot, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida ham hisobga olinishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
· tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni,
yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash);
· ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish;
· mehnatning mazmuni va harakterini o‘zgartirish;
· ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada
yuqori darajaga ko‘tarish.
Fan va texnikaning roli shu qadar kattaki, bironta ijtimoiy-iqtisodiy vazifa ularning rivojlanishi hisobga olinmasdan turib hal
qilinishi mumkin emas.
Mustaqillikni mustahkamlash, kelajagi buyuk davlatni qurish,
iqtisodiy o‘sishni izchil olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotini
tezlashtirishni ilm-fansiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, hamma
joyda, hamma vaqtda fan-texnika taraqqiyoti tomon olg‘a siljimoq kerak
bo‘ladi.
O‘zbekiston Davlatining fan-texnika siyosati davlat va nodavlat
tashkilotlari, mehnatkashlar jamoalari, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va tarbiyaviy chora-tadbirlarining, harakatlarining tizimi bo‘lib, bular fanni rivojlantirish uchun, uning yutuqlarini yangi texnika va texnologiyada mujassamlashtirish hamda ana shu negizda mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini sifat jihatidan og‘ishmay takomillashtirib borish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Fan-texnika siyosatining mohiyati ana shundan iborat.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika siyosati umumdavlat siyosati sifatidagina samarali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, uning butuntarkibiy qismlari, shuningdek, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning butun faoliyati strategik maqsadga bo‘ysundirilgan.
Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdek, bozor
iqtisodiyotining u yoki bu bosqichining aniq tarixiy sharoitlari belgilab
beradi.
Fan-texnika rivoji darajasini, bu borada hal etiladigan
vazifalarni chuqur ilmiy umumlashtirish asosida davlat fan-texnika
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflaydi hamda ularni amalga
oshirish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab
chiqadi.
Fan-texnikani rivojlantirish tufayli mustaqillik yillarida qudratli fantexnika potensiali yaratildi. O‘nlab ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari, yuzlab lohiya-konstruktorlik tashkilotlari tadqiqotlar olib bormoqdalar, yangi texnika va texnologiyalarni yaratmoqdalar.
Hozirgi ilmiy tadqiqot institutlari eng mukammal texnika bilan jihozlangan va yuksak malakali ilmiy kadrlar qotishmasidan iboratdir.
Keyingi yillarda fanning gurkirab o‘sayotganligi uning ravnaqini
tavsiflaydiki, quyidagi ma’lumotlar ana shundan dalolat beradi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yuqori darajaga ko‘tarish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni yanada izchil, yanada qat’iyat bilan talab qiladi. Ayni chog‘da ilmiy-texnika rivojining yutuqlarini ishlab chiqarishda ro‘yobga chiqarish mexanizmini takomillashtirish hozirgi bosqichda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning hal qiluvchi omili ekanligi davlat siyosatining eng muhim qoidasi hisoblanadi. Ana shu mexanizmni
takomillashtirish fan-texnika taraqqiyotini tashkil etish va boshqarish,
rejalashtirish va prognozlash, mablag‘ bilan ta’minlash va rag‘batlantirish kabi elementlarni o‘z ichiga oladi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin