Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə22/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

5.3. Fan-texnika taraqqiyotining samaradorligini baholash
Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va

ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani joriy etish asosida xalq xo‘jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.


Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat:
· mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda
takomillashgan turlari va konstruksiyalari;
· xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari;
· texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari;
· mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va
assortimentlarini yaxshilash;
· texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
· jihozlarni modernizatsiyalash;
· bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish;
· mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan
usullari;
· ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari.
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish
sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini
oshirish, ishlab chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin.
Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etilmaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash
tartibi rasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
· kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha
Namunali (Tipovaya) metodika;
· iqtisodiyotda yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik
tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
metodikasi;
· korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaruvining
avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash
metodikasi;
· boshqaruvning kompyuterlashtirilgan tizimining samaradorligini
aniqlash metodikasi;
· mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni MIT bo‘yicha tadbir-choralarning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi;
· atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish uchun sarflangan harajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash
uchun vaqtinchalik metodika.
Undan tashqari, tarmoq vazirliklari, ilmiy tekshirish institutlari,
loyiha tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlashi mumkin.
Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga
oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika
samarali yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash va baholash kerak.
U qanday qilib aniqlanadi?
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida,
ilmiy-tekshirish institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli
tadbirlarni avvalgi yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi
hujjatlar asosida aniqlanadi.
Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni
aniqlash tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar
xalq xo‘jaligida yangi texnikadan, ixtirochilik va ritsionalizatorlik
takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash
metodikasi asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin