Tayanch iboralar: fan, ilm,ilmiy salohiyat, innovatsiya, mehnat vositalari; fan-texnika taraqqiyoti; elektrlashtirish, elektronizatsiyalash, mexanizatsiyalash.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati.
2. Texnika va texnologiyaning tavsifi va uning turlari.
3. Fan-texnika taraqqiyotining yo‘nalishlari.
4. Mikroiqtisodiyot va moliyaviy barqarorlikka erishish – ishlab
chiqarishni muvofiqlashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta
qurollantirishning bosh sharti.
6-mavzu. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
Reja:
6.1.Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi
6.2.Konsentratsiyalashtirish, uning mohiyati va ahamiyati
6.3. Mahalliylashtirish: uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
6.4. Ixtisoslashtirish, uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
6.5. Diversifikatsiyalash. Uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
6.6. Kooperativlashtirish. Uning shakllari va ko‘rsatkichlari
6.7. Kombinatsiyalashtirish. Uning shakllari va ko‘rsatkichlari
6.1.Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi
Sanoatda ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllariga quyidagilar kiradi:
konsentratsiyalashtirish;
mahalliylashtirish;
ixtisoslashtirish;
diversifikatsiyalashtirish;
kooperativlashtirish;
kombinatsiyalashtirish.
Konsentratsiyalashtirish - bir xil, o‘xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni yiriklashtirishdir.
Mahalliylashtirish – bu ishlab chiqarishni mahalliy sharoitga va zamonaviy talablarga moslashtirishdir.
Ixtisoslashtirish - bu alohida ishlab chiqarish uchastkalari, sexlar, korxonalar, tarmoqlarni konstruktiv va texnologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki jarayonlarni bajarishga mujassamlashtirishdir.
Diversifikatsiyalashtirish – bu korxona va tarmoqlarning faoliyat sohalarini o‘zgartirish va kengaytirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar to‘rini ko‘paytirish va ularning xilma-xilligini ta’minlashdir.
Kooperativlashtirish – malum turdagi mahsulotni hamkorlikda tayyorlash bo‘yicha korxonalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishidir.
Kombinatsiyalashtirish - turli tarmoqlarga mansub bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yoki jarayonlarni bir korxona miqyosida mujassamlashtirishdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakllari mustaqillik tufayli va milliy iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish munosabati bilan o‘z mohiyati va mazmunini, maqsadi, vazifalarini anchagina o‘zgartirdi. Ayniqsa ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish, kichik va o‘rta korxonalarning paydo bo‘lishi munosabati bilan ular o‘rtasida uyg‘unlashuv yuzaga keldi.
Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, Prezident asarlarida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada ular oqilona ravishda, sanoat siyosatining barcha talablariga javob beradigan yo‘sinda rivojlanib bormoqda. Bu jarayonlarning zarurligi va ularni takomillashtirish masalalari milliy iqtisodiyot taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |