5.2. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta
asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin:
a) an’anaviy yo‘nalish;
b) zamonaviy yo‘nalish;
v) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar.
An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman
avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi.
Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash,
kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, kompyuterlashtirish), atom
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi.
Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy
informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la
axborotlashtirish, fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;
yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish;
texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va
materiallarning eng yangi turlarini yaratish;
mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni
modernizatsiyalash kiradi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, nouxau, innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k.
Nou-xau – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va
tajribaning yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. Nau-xau –
tipidagi axborot (informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning
omili sifatida ro‘y berishi mumkin. ―Nau-xau―ning eng harakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi.
Eksporter bu ma’lumotlarni yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. Innovatsiya – iqtisodiyotga mablag‘ solish jarayoni. Yangilikni joriy etish:
birinchidan, texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni
ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar bo‘lsa;
ikkinchidan esa, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari natijalari bo‘lgan yangi texnika va texnologiya.
Ixtirochilikning rivojlanishi, biror yo‘nalishdagi yirik
ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim omillari
hisoblanadi.
Lizing – mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish
inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan
moliyaviy va oddiy turi mavjud.
Moliyaviy lizing muayyan muddatda ijaraga beruvchining kapital
harajatlarini to‘liq qoplashga yetarli to‘lovlardan iborat bo‘lib, mulk egasiga bir miqdor foyda ham beradi.
Oddiy lizing – ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman
amortizatsiyalanadi. Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularniijarachi firmaga odatda bir yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi.
Lizingda ijarachining shartnoma muddati tugagandan so‘ng asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga o‘tadi), yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini cho‘zish, moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko‘zda tutilishi mumkin.
Tomonlar lizing shartnomasida ko‘rsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yo‘q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar. Davlat odatda, ularga qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
Venchur – kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiymuhandislik ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu ishlar bilan Venchur korxonalari shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi bo‘lgan korxonalar ham bo‘ladi.
Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fantexnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab, uni ishga soladilar.
Injinering (injinerlik – maslahat xizmatlari) – tijoratchilik
qoidalariga asoslangan injinerlik – maslahat xizmatlari; ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan injinering firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi.
Eksport injinering firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik
ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklarni xorijda joriy
etadi.
Injinering kompaniyalari daromadi ko‘rsatilgan injinering
xizmatiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro injinering xizmati ishning texniktashkiliy va tijorat tomonlari ko‘rsatilgan kontrakt shaklida
rasmiylashtiriladi, mohiyati bilan muyyan xizmatlarga buyurtmaning bir
ko‘rinishidir. Injinering xizmatlari bozori – xalqaro bozorning bir turi, injinering xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir.
Tenderlar – bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni
harid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati
ko‘rsatish uchun konkurs asosida buyurtma berish. Haridor yoki buyurtmachi eng
avval konkurs e’lon qilib hammani o‘z shartlari bilan tanishtiradi. Shunga
asosan konkursda ishtirok etuvchi firmalar, konsorsiumlar yoki korxonalar o‘z takliflarini – tenderlarini haridor, buyurtmachiga yuboradi. Tenderni injinering firmalari hujjatlashtiradi.
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo‘nalishlaridan biri
ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr
energiyasini yetarli darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga uzatish va undan keng foydalanish jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini
Elektroenergetika tarmog‘i tashkil etadi. U elektr energiyasi ishlabchiqaradigan jihozlarni (elektrostansiyalarni), iste’molchilarga uni yetkazib beruvchi jihozlarni (podstansiyalarni) va elektr uzatkichlarni o‘z ichiga oladi. Elektr energiyasi har turli stansiyalarda ishlab chiqariladi:
· suv bilan ishlaydigan elektr stansiyalar (GESlar);
· issiqlik elektrostansiyalari (GRESlar);
· atom elektrostansiyalari;
· quyosh elektrostansiyalari;
· shamol va boshqa elektrostansiyalar.
Ekspertlarning dalolat berishlaricha, kelgusi yuz yillikning
o‘rtalarida sayyoramizda energiya ishalb chiqarish hozirgi darajadan o‘n baravar ortadi.
Bunday o‘sishni qayta tiklanmaydigan organik yoqilg‘i yordamida
ta’minlash mumkin emas. Shu sababli energetika muammosi eng jiddiy
jahonshumul muammolardan biriga aylanmoqda.
Hozirgi vaqtda jahon energetikasi asosan organik yoqilg‘idan
foydalanishga asoslanadi. Umuman energetika balansida neft va gazning
ulushi taxminan 50 foizni, ko‘mir 35 foizni tashkil etadi va atigi 15 foizi atom elektrostansiyalari, gidroenergetika va boshqa manbalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Biroq insonning energetika iste’moli shu qadar tez sur’atda o‘smoqdaki, organik yoqilg‘i kabi an’anaviy energetika resursalrining zahiralari navbatdagi yuz yillikdayoq yetarli bo‘lmay qoladi.
Shu sababli insoniyat oldida yangi energiya manbalarini egallashdek dolzarb vazifa turibdi. Hozirgi paytda quyosh, atom (og‘ir elementlarning bo‘linishi) va yadro energetikasi (yengil yadrolarni termoyadroviy sintez qilish) ana shunday manbalar hisoblanadi.
Yer sathiga yetib keladigan quyosh energiyasining umumiy miqdori
insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun batamom yetarlidir. Buning yana bir
afzalligi, ancha arzonga tushadi.
Olimlarning hisoblariga qaraganda, XXI asrning o‘rtalariga borib,
butun dunyoda jon boshiga elektr iste’mol qilish 3-4 baravar ortadi. Buni
qanday ta’minlash mumkin? Organik yoqilg‘ini ishlab chiqarishni kamaytirish kerakmi yoki yo‘qmi? Albatta, bu savolga javob topish kerak bo‘ladi. Bu muammoni hal etish olimlar va mutaxassislar oldiga katta vazifalar qo‘yadi.
Atom energetikasining afzalliklari va kasofati to‘g‘risida ikki og‘iz
so‘z. AESlarning yemirilishi juda murakkab vaziyatni keltirib chiqaradi.
Avariya paytida radioaktiv moddalar ajralib chiqa boshlashi katta hududning radioaktiv zararlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib AESlarni barpo etish xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan prinsipial yangi omilni keltirib chiqaradi. Bu omil naqadar jiddiy ekanligini esa Chernobil AESidagi avariya yaqqol ko‘rsatdi.\
Basharti, termoyader energetikasi mavjud bo‘lganda u barcha mezonlar
bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lur edi. Hali u yaratilgani yo‘q, shunchaki
talab xolos. Murakkab texnikaviy va texnologik vazifalar hal etilishi
lozim.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni elektrlashtirish borasida juda katta
ishlar amalga oshirilishi tufayli yildan yilga elektr energiyasi ishlab
chiqarish ko‘paymoqda.
Respublikada olimlar va energetika sanoati mutaxassislari
“O‘zbekiston elektroenergetikasining taraqqiyot konsepsiyasini” ishlab
chiqqanlar.
Elektronizatsiyalash deganda ishlab chiqarish jarayonlarida
elektronikadan keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan axborotni kompyuterlarda yig‘ish, o‘tkazish va ishlash
tushuniladi. Elektronikaning makro va mikro turlari mavjud bo‘lib, ular
sanoat ishlab chiqarishi boshqaruvida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, lahzali biznes borasida juda qo‘l keladi.
Mexanizatsiyalash – bu qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan
almashtirishdir. U ikki xil bo‘ladi: a) kichik mexanizatsiyalash; b) kompleks
mexanizatsiyalash. U ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Avtomatlashtirish – bu ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish jarayonida inson faqat operatorlik vazifasini ado etadi.
Sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirishdan maqsad – mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning barcha resurslaridan foydalanishning optimal sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim
ishlab chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to‘la xillari mavjud.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari,
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet
xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish
respublikamizda ustuvorlik kasb etmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002 yilning 30 mayidagi
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot –
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmon alohida
ahamiyatga molikdir.
Ushbu hujjatga muvofiq Respublikada
kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish sohasidagi vazifalarni Muvofiqlashtiruvchi Kengash
tuzilgan. Bu kengash zimmasiga mazkur sohani rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalar va mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada dasturlar, loyihalar, me’yoriy – huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlashva qayta tayyorlash, jumladan, mutaxassislarni chet ellarda o‘qitish borasidagi
ishlarni muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
Unda «… real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va
ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, turli aholi qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish …» belgilab qo‘yilgan.
O‘zining axborot –kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish yoki axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga qaror qildilar. Chunki ular qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb etadigan «yadro» bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot – kommunikatsiyalari
bozorini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng
miqyosda foydalanish iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini
yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda jahon bozori bilan
kechadigan integratsiya jarayonlarini tez sur’atlarda amalga oshirishga katta
imkoniyat yaratib bermoqda.
Ushbu an’analarni mamlakatimiz milliy
iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin.
O‘zbekistonda axborot – kommunikatsiyalar bozori shakllanishining
barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud.
Izchillik bilan rivojlanib
borayotgan ushbu tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma
korxonalar ochish uchun barcha shart – sharoitlar yetarli. Ana shu shart –
sharoitlardan sanoat ishlab chiqarishida keng foydalanish uning
samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ximiyalashtirish – bu ishlab chiqarishning hamma sohalarida ximiya
fanining barcha yutuqlaridan keng foydalanish. Ishlab chiqarishning barcha
jarayonlariga ximik materiallarni, xomashyo va materiallarni qayta
ishlashning ximik usullarini joriy etishdash iboratdir. Ximiyalashtirish
yordami bilan oldindan belgilangan xususiyatli xomashyo materiallarni
tayyorlash mumkin. Masalan, bo‘yoq va laklar, sintetik kauchuk, sintetik tola,
plastmassalar va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi juda katta fan-texnika salohiyatiga ega. Bu
erda O‘zbekiston FA va 400 dan ortiq ilmiy- tadqiqot muassasi tashkiloti
bo‘lib, ularda fan-texnika taraqqiyotining fundamental va amaliy
muammolari tadqiq qilinadi, xususan, sanoat ishlab chiqarishiga uning
ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida ilmiy va amaliy yordam
ko‘rsatiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sanoatiga xorijiy
mamlakatlarning fan va texnika sohasidagi tajribalarini olib kelish hamda ularni joriy etish masalasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Keng ko‘lamda globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda olimlarning yutuqlaritijoratlashib bormoqda va hozirgi paytda dunyo bozoridagi eng qimmat mahsulot turlaridan biriga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |