2.3.Sanoat korxonasining belgilari, funksiyalari va vazifalari
Zamonaviy korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o‘zigagina tegishli bo‘lmaydi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq ovqat, yengil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi.
Biroq ushbu belgilardan qat’i nazar, deyarli har bir korxona Ustav asosida faoliyat yuritadi. Ustavda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Ustav kapitali, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo‘linmalar ro‘yxati, hisobot tartibi va hokazolar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Agar Ustavda korxonaning tashkiliy-huquqiy funksiyalari belgilangan bo‘lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fontlar, pul mablag‘lari va boshqa aktivlar kiruvchi Ustav kapitaliga tayanadi. Ustav kapitali qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg‘armasi ko‘paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg‘armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
Korxonalarga xos bo‘lgan alomatlarga ko‘ra ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
-ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega:
birinchidan, korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi;
uchinchidan, korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna yetkazib beruvchila
Dostları ilə paylaş: |