Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


“Sanoat iqtisodiyoti” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə4/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

1.3. “Sanoat iqtisodiyoti” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari
Ilm-fan metodologiyasi va usullari deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushunila­di. Muayyan fan bo‘yicha masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya — tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari majmuasidir.
Sanoat iqtisodiyoti” fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga kelishi va rivojlanish muammolari bo‘yicha hozirgi nazariya, o‘zbek eli va xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O‘zbekiston Respublikasining qonun-qoidalari, mamlakat Prezidentining asarlari va farmonlari tashkil etadi.
Milliy iqtisodiyotning yetakchi sohasi bo‘lgan sanoatda ro‘y beradigan barcha hodisa va o‘zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tishni, ya’ni haqiqatni bilishning, ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yo‘lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va «irmoq»lari hamda korxonalarida ro‘y beradigan hodisalar, voqeliklar va iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini, ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o‘zgarishi, miqdor ko‘rsatkichdan sifat ko‘rsatkichga o‘tishi, makon va zamonda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.
Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni ta­qozo etadi.
Sanoat iqtisodiyoti” fani va ilmining barcha muammo­larini o‘rganishda unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa, gu­manitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa — bu, asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday bosqichlardan o‘tganligi nuqtai nazaridan qarab, ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday ro‘y berganligiga e’tibor qaratish zarur.
Sanoat iqtisodiyoti” fanining eng muhim muammolari­ni o‘rganishda bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va de­duksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul, ehtimollar), iqtisodiy - matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, o‘z «Aqliy hujum» ("Mozgovaya ataka") va tajribaviy usul­lari kiradi.
Zamonaviy bozor iqtisodiga o‘tish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay o‘zgardi: tuzilmaviy o‘zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlikning iqtisodiy va ma’naviy, psixolo­gik roli sezilarli darajada oshdi. Shu sababli sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyot tendensiyasini, rivojlangan davrning o‘ziga xos, o‘ziga mosligini hisobga olgan xolda, u yoki bu omillar, shart-sharoitlarning ahamiyatini va rolini «Dinamika»da hisobga olish kerak bo‘ladi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin