Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


“Sanoat iqtisodiyoti” fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə3/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

1.2. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan habardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi.
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi— umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi — xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona iqtisodini o‘rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo «Iqtisodiyot nazariyasi» fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi.
Sanoat iqtisodiyoti” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular jumlasi «Ekonomiks», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Sta­tistika», ayniqsa, «Iqtisodiy statistika», «Mehnat iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya va kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik», «Innovatsiya strategiyasi», «Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti» va boshqa bir qator fanlar kira­di.
Sanoat iqtisodiyoti” fani «Korxona iqtisodiyoti» fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlari moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko‘ra, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotni farqlaydilar.
«Makroiqtisodiyot» fani iqtisodiyotni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishga, inflya­siya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Mikroiqtisodiyot» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo‘jaligi kabi alohida sub’ektlar va tuzilmalarning fe’l‑atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish xajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to‘lovlarning aholi jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.
Sanoat iqtisodiyoti” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog‘liqdir. Chunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin.
«Menejment» fani — boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda milliy iqtisodiyotda texnika va texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir. Bilim va ilmning turli sohalari chegarasida tutashgan qator fanlar tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘lini shakllantirish jarayonida “Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanining tajribasiga suyanadi va tarixiy nuqtai nazardan yondashadi.
Shunday qilib, “Sanoat iqtisodiyoti” fanining predme­ti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, sano­at mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal harajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin