foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra − sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi;
yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra − korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi;
hajmiga ko‘ra − korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi;
ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra − korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko‘ra − korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo‘linishi mumkin;
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra − korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi.
Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilgan.
Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo‘lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izohlash mumkin.
Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog‘liq bo‘ladi.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo‘lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |