Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə12/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Tayanch iboralar: milliy, iqtisodiyot, bozor, xo‘jalik, sanoat, korxona, boshqaruv, tuzilma, samaradorlik, iqtisodiy barqarorlik, raqobatchilik kurashi.


Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i.
2.Sanoatning asosiy xususiyatlari va sanoat ishlab chiqarishining xalq xo‘jaligining boshqa sohalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
3.O‘zbekiston sanoatining rivojlanish bosqichlari va sanoat tarmoqlarining taraqqiyoti.
4.Sanoat va bozor xo‘jaligi hamda uning xorijiy bozorga chiqish imkoniyatlari va yo‘llari nimalardan iborat?
5.Sanoat ishlab chiqarishning xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalari nimalarni taqazo etadi?
3-mavzu. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar


Reja:
3.1.Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati
3.2.Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi
3.3.Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
3.4.Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy tendensiyasi


3.1. Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati
Tarkibiy lotincha, «structura» so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi.

Tarkibiy siyosatining moxiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo‘lga solib turishdan iboratdir. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy siyosatning yo‘nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisodiyot strukturasida progressiv o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki mutanosibliklarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi sohalarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir.


Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat strukturasini izchil tarzda takomillashtirish ko‘z ilg‘aydigan istiqbolda quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
  • milliy iqtisodiyot va uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatni balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish;


  • iqtisodiyotni, xususan, sanoatni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish yo‘liga o‘tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar iste’molini ratsionallashtirish, ularni har tomonlama tejash;


  • iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo‘nalishini yanada kuchaytirish, milliy iqtisodning aholi farovonligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta’minlash lozim.


Bir butun qismlarning muayyan o‘zaro aloqasi, bir-biriga nisbatan joylashuvi bo‘lgan strukturaning ahvolini mutanosibliklar juda ham aniq va konkret tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bi­lib olish va ularni bashoratlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining, milliy iqtisodiyotning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan hisobga olish, korxonalarni rejalarni zarur zahiralar bilan ta’minlashni mustahkamlash - ana shularning hammasi prognozlash va loyihalashtirish texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo‘lib, ularga qat’iy rioya qilish vazifalarining mutanosibliligi, balanslashtirilganligi, realligi, qo‘yilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining shartidir.


O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida milliy iqtisodiyot strukturasini takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar hamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqti­sodiy o‘sish iqtisodiyot ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Tarkibni aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy o‘zgarishlarni sifat jihatdan baholashni aniqlanishining prinsipial xususiyati iqtisodiyotning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining degradatsiyasi yuz berishi muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning o‘zi bir necha tarmoqlarning turli o‘sish sur’atlarida ifodalanishi mum­kin. Bu bir xil bo‘lmagan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu sohaga ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratilishini taqozo etadi. Masalan, fan-texnika taraqkiyotida to‘liq aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg‘i-energetika, elektronika, mashinasoz­lik, kimyo. Shuning uchun bu tarmoqlar o‘sish sur’atlari bo‘yicha sanoat o‘sishidan yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq strukturasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi za­rur. Kimyoda biotexnologiya va nanotexnologiyani qo‘llab, nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur.
Tarkibiy o‘zgarishlarning yo‘nalishi, ularning jadalligi va ko‘lamini aniqlash muhim ish. Ayni vaqtda iqtisodiy darajasi bir xil yoki iqtisodiyotdagi struktura yo‘nalishlari o‘zgarishi o‘xshash bo‘lgan mamlakatlar guruhi bo‘yicha tarmoqlararo komplekslar va ayrim tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste’molining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash - bu barcha analitik materiallar istiqbolni prognozlashning muhim zamini hisoblanadi.
Shu bilan birga, struktura yo‘nalishlari o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak, chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va tarmoqlarni rivojlanti­rish uyg‘unlashtirilishi zarur.
Yangi asrning dastlabki yillaridagi taraqqiyot strategiyasi, jamiyatni yangilash, barcha sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ‒ iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda ham tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘lib, sanoat boshqaruvi tuzilmasini yaxshilashdan tortib korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral xom ashyo salohiyatidan to‘la, samarali foydalanishga, eksportga moslangan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog‘i zarur.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonida, ayniqsa, investitsiya dasturini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalar asosida yangidan - yangi korxonalarning barcha viloyatlarda qurilayotganligi nafaqat hududlarning sanoat tizimini, balki ularning qiyofasini ham tubdan o‘zgartirib yubormoqda.
Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tar­kibiy o‘zgarishlarni izchil ta’minlash natijasida davlatning qudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, yurtni obod etish va xalqning farovonligini yanada yuqori dara­jaga ko‘tarish mumkin.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin