Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə13/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

3.2. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish xajmining o‘sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda, shuni aytish kerakki, u tufayli xo‘jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va mustaqil tarmoqlari ko‘payadi, bu rivojlanish tendensiyasi har bir ayrim mahsulotni chiqarishnigina emas, hatto mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni ham va faqat mahsulot ishlab chiqarishgina emas, hatto mahsulotni iste’mol qilishga tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog‘iga aylantirishdan iborat.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ro‘y beradi. Milliy iqtisodiyotning yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, trans­port va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa, ishlab chiqarishni korxona ichida — sexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil etish bilan bog‘liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning mahsulini 2-chizmadan ko‘rish mumkin.
Xususiy va ayrim hollarda birlamchi mehnat taqsimotining ta’siri bilan O‘zbekiston sanoatida ham tarmoqlar va ishlab chiqarishlar soni o‘zluksiz ko‘payib bormoqda. 2009 yilning oxiriga kelib respublikada sanoatning 175 ta tarmog‘i va ishlab chiqarish sohalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik - iqtisodiy asos (zamin) yaratilgandagina alohida sanoat tarmog‘iga aylanishi mumkin. Buning uchun, eng avvalo, bir necha turdosh korxonalar bo‘lishi lozim. Ular aniq mustaqil sanoat tarmog‘iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma’lum belgiga ega bo‘lishi kerak. Sanoat tarmog‘i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari yig‘indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak:
  • ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;


  • ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi;


  • ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;


  • ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;


  • ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi va hakozolar.


Sanoat ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan asoslangan ravishda tahlil etish va rejalashtirish, uning samaradorligini aniqlash va boshqarish uchun tarmoqlarni tasniflash, ya’ni ma’lum guruhlarga ajratish lozim.


Sanoat tarmoqlarini guruhlashda asosiy e’tibor tayyorlanadigan mahsulotning iqtisodiy mazmuniga qaratiladi. Mahsulotning iqtisodiy jihatdan bir maqsadga javob beri­shi belgisiga qarab, sanoat ikki yirik guruhga bo‘linadi: ish­lab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi («A» guruh), is­te’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi («B» guruh).
Ma’lumki, deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ham ishlab chiqarish vositalari, ham iste’mol buyumlari sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar tayyorlanadi. Shu sababli rejalashtirish va hisob-kitob yuritishda ba’zi sanoat tarmoqlari «A» yoki «B» guruhga kiritilishi mumkin.
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Sanoatning bunday ikki qismga bo‘linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko‘rsatishga, material va yoqilg‘i-energetika resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni asoslab berishga imkon yaratadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruxlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlar — yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa — oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin.
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin:
•ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning dara­jasini;
• mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;
•sanoat va butun halk xo‘jaligining ilmiy-texnika salohiyatini;
•mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojla­nish darajasini;
•sanoat tarmog‘ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini;
•ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini;
•aholining moddiy faravonligi va madaniy da­rajasi o‘sganligini.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o‘rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni, uchinchisi esa, ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;


  • tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi


  • salmog‘i;


  • tarmoq rivojining sur’ati;


  • tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti.


Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat indus­trial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.


Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ish­lab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
  • fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish;


  • material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish;


  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish darajasi;


  • sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;


  • aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;


  • sotsial-tarixiy sharoitlar;


  • mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;


  • mamalakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.


Sanoat tarmoq tuzilmasi o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini jo­riy etish bilan bog‘liq. Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi.


Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda ishlab chiqarish harakterini o‘zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo‘lgan xom ashyo, material yarim-fabrikatlar va yoqilg‘i ishlab chiqaradigan tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga mahsulot yetkazib berish ko‘lamini kengaytirishlari natijasida milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlar mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji nisbatan kamayadi. Masalan, sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to‘qimachilik sanoatida bir so‘mlik mahsulot uchun sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada mahsulotning materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo‘jaligi, sanoatning qazib oluvchi tarmog‘i bilan ishlov beruvchi tarmog‘i o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi.
Sanoat tuzilmasining o‘zgarishiga ishlab chiqarishni tash­kil etishning ijtimoiy shakllari - konsentratsiyalash, mahalliylashtirish va diversifikatsiyalash juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko‘payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosi oshishiga olib keladi. Mahalliylashtirish zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqobatdosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish xajmini oshirish, asossiz import xajmini qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi masalalarni hal etadi. Diversifikatsiyalash esa korxona va tarmoqlarning faoliyat sohalarini o‘zgartirish va kengaytirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘paytirish va ularning xilma-xilligini ta’minlaydi. Mustaqillik davrida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash tufayli mashinasozlikda butlovchi buyumlar sa­noati, asbob-uskuna sanoati, asbobsozlik, elektronika va boshqa sohalar tashkil topdi.
Aholining moddiy va ma’naviy farovonligining o‘sishi ham sanoat tarmoqlari tuzilmasining o‘zgarishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ta’siri ostida yengil va oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti o‘zgaradi, shuningdek, madaniy-maishiy buyumlar — mebel, televizor, muzlatkichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinasi, mototsikl, velosiped, sport anjomlarini ishlab chiqaradigan maxsus tarmoq­lar va ishlab chiqarish sohalari tashkil topadi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan yana biri — mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni hisoblanadi.
Hozirgi davrda iqtisodiy integratsiyaga kiruvchi har bir mamlakatda ayrim tarmoqlar taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy sharoitlar borligi tufayli iqtisodiy integratsiya dasturlari tuzilgan. Ulardagi sanoat o‘z mamlakatining ehtiyojtarinigina emas, balki boshqa davlatlar ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda rivojlanmoqda.
XXI asr boshlarida XX asrga qarama-qarshi o‘laroq, sanoat tarmoqlari tuzilmasida g‘oyat muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, elektr energetika sohasida quyosh energiyasini hosil qilish sohasi, mashinasozlik kompleksida avtomobilsozlik, vagonsozlik, kransozlik, akumlyatorsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida polimer plenkalar terlat ishlab chiqarish, kalayli o‘g‘itlar tayyorlash tarmog‘i; qurilish materiallari sanoati sohasida oynasozlik, quvursozlik, isitish va vintelatsiya tizimlari; oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlarida bir qator yangi sohalar yuzaga keldi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin