Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


Kombinatsiyalashtirish. Uning shakllari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə27/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

6.7. Kombinatsiyalashtirish. Uning shakllari va ko‘rsatkichlari

Sanoatning har bir tarmog‘ida katta korxonalar bo‘laveradi. Lekin ikkinchi tomondan zamonaviy sanoatga kombinatsiya degan narsa xosdir. Sanoatni kombinatsiyalashtirish turli sanoat tarmoqlarining bir korxonada qo‘shilishidirki, bu tarmoqlar yo homashyoni ketma-ket ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho‘yan quyish va chuyanni pulatga aylantirish, so‘ngra, ehtimol, po‘latdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish) yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o‘ynovchi tarmoqlar (masalan, chiqindilarni yoki qo‘shimcha mahsulotni ishlash; qadoqlash buyumlari ishlab chiqarish va h.k.) bo‘ladi.


Kombinat tarkibidagi bo‘limlarning texnik-iqtisodiy birligi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot miqdori, turlari na sifati bo‘yicha o‘zaro mosligi ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqadorlikni ifoda etadi. Bo‘linmalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqadorlik esa turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin.
Kombinatning xom ashyo, energetika va transport manbalari birligi, uning barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarining umumiy kommunikatsiya (suv, byg‘, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash) tizimlari birlashganligini, umumiy transport xo‘jaligidan foydalanishini, dastlabki xom ashyolarni yoki ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashini, bir-birlarini yarim fabrikat yoki chala mahsulot bilan ta’minlashini ko‘rsatadi.
Kombinatsiyalashtiriladigan korxonalarning hududiy birligi yagona texnologik sistemani tashkil etuvchi birlashtiriladigan ishlab chiqarishlarning uzviy texnologik bog‘liqligidan kelib chiqadi. Bu tizimda uzilish bo‘lmasligi uchun, kombinatning barcha ishlab chiqarish bo‘limlari bir maydonda joylashtiriladi. Bu kimyo-texnologik va termik ishlab chiqarish jarayonlari (kimyoviy, metallurgiya, nefteximiya, oziq-ovqat va h.k.) ustun bo‘lgan kombinatsiyalashtirilgan korxonalar uchun ayniqsa muhimdir. Kombinatsiyalashtirishni rivojlantirishning asosiy sharti ishlab chiqarishni yiriklashtirishdir.
Kombinatsiyalashtirish natijasida xom ashyodan, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa sanoatning xom ashyo manbaini kengaytiradi.
Kombinatsiyalashtirish ishlab chiqarishda jarayonlarni o‘zluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va natijada ishchi kuchini tejash, ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish ob’ektlari uchun kapital harajatlar, mahsulot va xom ashyoni uzoqqa tashish, umumzavod harajatlari qisqaradi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to‘laroq qondiriladi.
Kombinatlashtirishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
  • xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta ishlash;


  • ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot tayyorlash;


  • xom ashyoni yoppasiga qayta ishlash.


O‘zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori darajaga ko‘tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda yirik, dunyo miqiyosida tan olingan kombinatlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular jumlasiga Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metalurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati, Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent yog‘-moy kombinati va boshqalarni kiritish mumkin.





Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin