Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə3/6
tarix27.06.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#135401
1   2   3   4   5   6
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi

Ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishi materiallaridan maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida tashkil etilgan tugaraklarda, fakultativ darslarda, oliy o‘quv yurtlarda jahon tarixidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilish. Kurs ishiga kirish 3 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron variantdan iborat.

  1. XVI asr boshida Angliyaning iqtisodiy yuksalishi.



XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holat, bu buyuk geografik kashfiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, savdo sohasidagi to‘ntarilish edi, ya’ni Angliya yangi jahon savdo yo‘lining markaziga, London esa dunyoning eng yirik port shaharlaridan biriga aylandi.
Inglizlar Buyuk geografik kashfiyotlarda faol ishtirok etganlar. Ingliz dengizchilari eskimoslar yashaydigan joygacha suzib borishib, Virjiniyada Angliya koloniyasiga asos soldilar, Villagbi esa Moskva to‘g‘risida axborot yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Dreyk o‘zining dunyo bo‘ylab sayohati bilan F. Magellan kashfiyotini takrorladi. Keyinchalik ingliz sayohatchisi Djenkinson Buxorogacha etib borgan. Afsuski, bu sayohatchilarning barchasining faoliyati yangi erlarni kashf etishga qaratilmay, ya’ni sof geografik kashfiyotlardan chetga chiqib, josuslik, qaroqchilik va hatto bosqinchilik faoliyatlari bilan ham bog‘lanib ketgan edi.
Angliyaning buyuk geografik kashfiyotlarda ishtiroki Bristol shahri savdogarlarining tashabbusi bilan boshlandi. Ularning niyati boshqa erlar qatori Xitoy sohillariga ham etib borish edi. Savdogarlar mablag‘iga dengiz ekspeditsiyasi tashkil qilinib, unga rahbar qilib asli italiyalik bo‘lgan Djon Kabot (Djovanni Kabetto) tayinlandi. 1 kema va 18 ekipajdan iborat Djon Kabot boshchiligidagi ekspeditsiya 1497 yilning may oyida Bristoldan g‘arb tomon yo‘lga chikdi va shu yilning o‘zida SHimoliy Amerikadagi Labrador (Nyufaundlend)ga etib keldi. Qaysi hududga kelganliklarini bilmagan inglizlar «Buyuk Xon podsholigi», ya’ni Xitoyni kashf etdik deb o‘yladilar. 1498 yilda yana Djon Kabot boshchiligida 5 kemadan iborat ikkinchi dengiz ekspeditsiyasi tashkil qilindi. Yo‘lda vafot etgan Djon Kabot o‘rniga ekspeditsiyaga uning o‘g‘li Sebastyan Kabot boshchilik qildi. Bu ekspeditsiya 1498 yilda SHimoliy Amerikaning shimoliy-sharqiy qirg‘oklariga etib keldi1.
Afsuski, XVI asrda uyushtirilgan va qisman qirollik tomonidan mablag‘ bilan ta’minlangan dengiz ekspeditsiyalarining ko‘pchiligi yangi erlarni kashf qilish o‘rniga dengiz qaroqchiligi bilan shug‘ullandilar. O‘zining qo‘shnisi bo‘lgan Irlandiyani talash Angliya uchun dastlabki kapital jamg‘arishning bir vositasiga aylandi.
XI asrdan boshlab Angliyaning chetga sotadigan asosiy mahsuloti mayin jun va qo‘y terisi edi. Evropadagi eng sifatli jun faqat Angliyada etishtirilar va Flandriya hamda Italiya to‘qimachilik sanoati uchun etkazib berilar edi. Ammo XVI asrning birinchi yarmidan boshlab movut ishlab chiqarish ingliz sanoagining asosiy tarmog‘iga aylandi va jun gazlamalar chiqarish junning o‘zini chiqarishga nisbatan bir necha marotaba ko‘paydi. Hozirga qadar jun solingan xalta inglizlar boyligining ramzi hisoblanadi va lordlar palatasida Angliya lord-kansleri uchun yumshoq o‘tirg‘ich vazifasini o‘taydi1.
XVI asr o‘rtalarida Angliya Flandriya va Florensiyadagi movut sanoatiga xom ashyo jun etkazib beradigan mamlakatdan ichki va tashqi bozorga o‘zi movut chiqaradigan mamlakatga aylandi. Angliyada XVI asrga kelib jun eksportining kamayganligini quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin: 1354 yilda Angliyada bir yilda 32 ming xalta jun chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Genrix VIII davrida (1509 -1547 yy.) 5-6 ming xaltaga tushib qoldi. O‘z navbatida tayyor movut chiqarish to‘xtovsiz o‘sib bordi. Masalan, 1354 yilda chetga 5 ming o‘ram movut chiqarilgan bo‘lsa, XVI asr o‘rtalariga kelib uning mikdori 122 ming o‘ramga etdi. XVI asr oxiriga kelib Angliya bir yilda 200 ming o‘ram movut ishlab chiqaradigan darajaga erishdi. Movut va jundan tayyorlangan buyumlar Angliya umumiy eksportining 81,6% ni tashkil qildi2.
Angliyaning jun gazlamalari mamlakatning janubiy - g‘arbidagi hududlar: Uiltshir, Somerset, Glostershir, Oksfordshir va boshqalar edi. Bu erda, jun gazlamalarining «bronklot» deb atalgan eng nafis turi to‘kilardi.
Kapitalistik xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish Angliyaning qishloklariga ham chuqur kirib bordi. Bunga quyidagi hol ko‘maklashdi: movut to‘qish, hunarmandchilikning yangi tarmog‘i sifatida asosan qishloqlarda rivojlandi, bu erda esa ishlab chiqarishni siqib qo‘yadigan sexchilik yo‘q edi. Movutga bo‘lgan talabning kuchayishi bu mayda ishlab chiqarish punktlarini kengaytirishni talab etdiki, bu kelgusida yirik manufakturalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Manufakturalarning qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatadigan misollarga murojaat etsak, misol sifatida Berkshir grafligidagi yirik movutchi Djon Uichkaiba manufakturasini ko‘rsatishimiz mumkin; bu erda 200 dan ortiq to‘quv dastgoxlari bo‘lib, movut ishlab chiqarish jarayonida 1000 dan ortiq kishi qatnashgan.
XVI asrga kelib ingliz sanoatining boshqa turlari ham sezilarli yutuqqa erishadi. Norich, Yorkshir, Dorsetshir, Devonshir va Kolchesterda shoyi va ip gazlamalar, Birmingam va SHeffilda qulflar, mixlar, pichoq va boshqa duradgorchilik asboblari ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti ichki va tashqi savdoning rivojlanishi tufayli ham yuz berdi. YAgona milliy bozor tashkil topdi. XIV-XV asrlarda Angliyaning Italiya va SHarq mamlakatlari bilan savdosi asosan venetsiyaliklar vositachiligida olib borilar, SHimoliy Evropa davlatlari bilan savdo esa Ganza ittifoqiga kirgan nemis savdogarlari qo‘lida edi. XVI asrga kelib yuqoridagilarning ikkalasining ham savdo sohasidagi monopoliyasi qo‘ldan ketdi va Angliyaning butun savdo sohasi ingliz savdogarlarining kompaniyalari qo‘liga o‘tdi. Angliyada kemasozlik ham juda tez sur’atlar bilan o‘sdi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, XVI asrda Angliya sanoatining taraqqiyotida Evropaning boshqa mamlakatlaridan emigrant bo‘lib kelgan tajribali ustalarning ulushi katta bo‘ldi. Niderlandiya inqilobi davrida ispanlar beboshligidan qochib kelgan flamand to‘quvchilari o‘zlari bilan birga nafis movut ishlab chiqarishning sirlarini olib keldilar, fransuz emigrantlari (asosan gugenotlar) shoyi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Angliyaga maxsus taklif qilingan nemis ustalari esa nodir metallardan chiroyli idish va bezaklar yasadilar.
Movut ishlab chiqarishning yutug‘i, ingliz juniga nisbatan avval qo‘shni Flandriyada, keyinchalik esa Angliyaning o‘zida talabning kuchayishi agrar munosabatlarning sezilarli o‘zgarishiga olib keldi. Junga bo‘lgan narxning ko‘tarilishi bilan Angliyada qo‘ychilik qishloq xo‘jaligiga nisbatan foydali bo‘lib qoldi va juda ko‘p lordlar o‘zlarining erlarini yaylovlarga aylantira boshladilar. Ular bo‘sh yotgan va yaylov sifatida jamoa tomonidan foydalanib kelinayotgan erlarni egallab ola boshladilar. Bu ham etmagandek ular, o‘z qo‘llari ostidagi kesim erlarga ega bo‘lgan dehqonlarni haydab chiqardilar, dehqonlar yashagan butun - butun qishloklar buzilib, yaylovlarga aylantirildi. Tortib olingan erlarga lordlar tomonidan qo‘ylarning yaylovlardan chiqib ketmasligi uchun g‘ov tutildi. Bu erlar lordlar tomonidan chorvachi fermerlarga yuqori renta (soliq to‘lash) asosida ijaraga berildi, ayrim hollarda esa ularning o‘zlari qo‘ychilikni yo‘lga qo‘ydilar. Ingliz dehqonlarini mana shu tariqa zo‘rlik yo‘li bilan ersizlantirish jarayoni «g‘ov tutish» degan nomni oldi.
Tarixchilarning ko‘rsatishicha, g‘ov tutishga Angliyada XIII asrdayoq qadam qo‘yilgan. XII-XV asrlar davomida Jlectershir, Devonshir, Xantingdonshir va boshqa grafliklarda lordlar tomonidan turli qonunlar xususan, XIII asrdagi Merton va Vestminster statutlari asosida jamoa erlarini o‘rab olish jarayoni boshlangan edi.
XVI asrga kelib inglizlar iqtisodi jahon bozori bilan mustahkam bog‘langanligi tufayli va sanoat ishlab chiqarishning yangi soha va yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va bu sohaning qo‘ychilikni rivojlantirishni taqozo qilishi, g‘ov tutishning yanada kuchayishiga olib keldi. Ingliz hukumati komissiyasining 1517 yilga tegishli ma’lumotiga qaraganda, markaziy grafliklarda g‘ov tutilgan erlar miqdori 71%ni, o‘z erlaridan va mulkidan mahrum bo‘lgan dehqonlar soni 84,4%ni tashkil qilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida bu grafliklarda fob tutish yanada kuchaytirilgan1. Bu jarayonni XVI asr ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya» asarida obrazli qilib, qo‘ylar shunchalik ochko‘z bo‘lib ketdiki, ular odamlarni eb qo‘yayapti deb ta’riflagandi.
XVI asrda Angliyadagi buyuk geografik kashfiyotlar, boshqa Evropa davlatlaridagi singari kolonial bosqinchilikning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. SHarqiy Hindistonni «ochishda» inglizlar bu sohadagi ispanlar va portugallarning geografik yutukdari natijalaridan foydalandilar. Inglizlar tomonidan SHarqqa qarab M.Frobisher (1576 yil), F.Dreyk (1577-1580 yy.), T.Kevendish (1586-88, 159193), D.Raymend va D.Lankaster (1591-1594 yillarda) boshchiligida dengiz ekspeditsiyalari yuborildi. SHarqiy Hindistonga eng oxirgi ekspeditsiya 1596 yilda B.Vuda boshchiligida uyushtirildi.
XVII asrning boshlarida Angliyada bir qancha savdo kompaniyalari: «Savdogar Avantyuristlar», «Moskva», «Marokko», «Levant» va boshqalar tuzildi. 1599 (uning rasmiylashtirilishi 1600 yilda bo‘lgan) yilda esa «Ost-Indiya» kompaniyasi tuzildi. «Ost-Indiya» kompaniyasi faoliyati tufayli inglizlar Janubiy-SHarqiy Osiyoda kolonial maydonda muvaffaqiyat qozondilar, ayniqsa, Hindistonni egallash shu kompaniyaning ishtirokida amalga oshirildi.



Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin