Mavzuning o‘rganilishida bir qator rossiyalik va chet ellik tarixchilarning asarlari mansub bo‘lib, bular so‘nggi o‘rta asrlarda Angliyada bo‘lib o‘tgan ijtimoiy o‘zgarishlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarni kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, mualliflarning G‘arbiy Evropa mintaqasida Angliyaning o‘rta asrlar davridagi tarixini o‘rganishga qiziqishlarini faollashganidan dalolat beradi. Bu asarlarning orasida rossiyalik tarixchilar SavinA.N., Vipper R.YU., Saprыkin YU.M., Semenov V.F. SHtokmar V.V., Trevelyan D.M. larning ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, so‘nggi o‘rta asrlarda Angliyaning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy tuzumi tarixi jarayonini yorituvchi ishlar sarasiga kiradi.
SHuningdek mazkur mavzuni o‘rganishda o‘zbekistonlik tarixchi olim SH.Pirimqulovning O‘rta asrlarda Angliya deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasini muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tish mumkin.
Tadqiqotning predmetini So‘nggi o‘rta asrlarda Angliyada qishloq xo‘jaligi va sanoat tizimida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni, shuningdek, mazkur davlatning ichki va tashqi siyosatida Tyudorlar sulolasi vakillarning tutgan o‘rni va roli hisoblanadi.
Ishning xronologik chegarasi: 1585 yilda Tyudorlar sulolasining birinchi vakili Genrix VII taxtga o‘tirgan vaqtdan boshlab to 1603 yilga qadar, ya’ni Angliyada Elizaveta I Tyudor boshqaruvining yakuniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Mazkur ishning metodologik asosini ilmiy anglash, bilish nazariyasi tashkil etib, buning bosh, asosiy prinsipini ob’ektivlik, tarixiylik, shuningdek ijtimoiy-siyosiy amaliyot bilan aloqasi tashkil etadi.
Malakaviy ishning xolisonaligi, barcha tarixiy faktlarni aniq hisobga olish, shuningdek, tadqiqotlarni manbaviy asosini tahlil etishdan iborat.
Tarixiy voqea-hodisalar va faktlarni tahlil etishda sivilizatsiyaviy nuqtai nazar qo‘llanildi. Bu holat esa Angliya sivilizatsiyalarining milliy mentalitetini e’tiborga olish, madaniy, geografik va boshqa hususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Mazkur kurs ishida talaba tomonidan tadqiqotning maxsus ilmiy usullaridan foydalanilgan: bunga muammaoli xronologik, tarixiy-taqqoslash, davrlashtirish, muhimliligi, tizimli – tuzilishliligi, statistik, shuningdek deduksiya, induksiya, analiz va sintez kabi bilishning umumiy ilmiy usullari kiradi.
Kurs ishining manbaviy asosini rossiyalik hamda o‘zbekistonlik mualliflarning tadqiqotlari, monografiyalari va o‘quv qo‘llanmalari tashkil etadi.