Kirish kurs ishi



Yüklə 134,28 Kb.
səhifə5/10
tarix14.04.2023
ölçüsü134,28 Kb.
#97832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
buxoro amirligi

II BOB. BUXORO AMIRLIGI DAVLAT MUASSASALARINING TASHKIL TOPISHI VA FAOLIYATI


2.1. Buxoro amirligini markaziy va mahalliy boshqaruvida faoliyat yuritgan davlat muassasalari


Buxoro xonligida davlatni boshqarish boshqa xonliklardan deyarli farq qilmagan.XVI – XVII asrda otaliq lavozimidagi shaxs xonning o’ng qo’li hisoblanib, u butun mamlakatni boshqargan. Naqib harbiy ishlar va tashqi siyosat bilan shug’ullangan. Vaqf yerlarni nazorat qilish sadrlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, qo’shin uchun alohida qozi (qoziaskar) tayinlangan. Qonunshunoslikka va umuman shariatga doir muhim masalani echish va hayotga tatbiq etish a’lam zimmasida bo’lgan. Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. U urush va sulh ishlari, ayrim viloyat boshliqlarini tayinlash va boshqa masalalar bilan shug’ullangan. Parvonachi xon yorliqlarini topshirish va harbiy qismlarga
boshchilik qilish kabi vazifalarni ado etgan. Shuningdek, xonlikda yasovul,
eshikog’aboshi, miroxur, shig’ovul, amiri lashkar, to’pchiboshi, mirzaboshi, xazinachi, mehtar, mirob, qushbegi kabi lavozimlar bor edi.Mang’itlar sulolasi davrida ham mustabid hokimiyat shakli mavjud bo’lib, amir huquqi chegaralanmagan oliy hukmdor edi. Ijro etuvchi hokimiyatni bosh vazir — qushbegi boshqargan. U xon bilan bamaslahat ish yuritgan. Jamiyat hayoti shariat
qonunlariga asoslangan. Mamlakat murakkab davlat apparati orqali idora qilingan. Masalan, moliya ishlari devonbegi kalonga, davlat xavfsizligi ko’kaltoshga, ichki tartibni saqlash va nazorat qilib turish raisga topshirilgan. Buxoro amirligida markaziy boshqaruv quyidagi asosiy idoralar orqali amalga oshirilar edi: amir – davlat boshlig’i, qushbegi — bosh vazir, (amir yordamchisi), otaliq, moliya idorasi, vaziri harb, qozilik mahkamasi11. Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo’lib, u bir vaqtning o’zida diniy va dunyoviy hokimiyat boshlig’i edi. Shu bilan birga, amir — davlatning Oliy bosh qo’mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan.

11 Бобоев Ҳ., Хидиров З ва бошқ. Ўзбек давлатчилик тарихи (II китоб). Тошкент: Fan va texnologiya, 2009.



Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo’lib, u bir vaqtning o’zida diniy va dunyoviy hokimiyat boshlig’i edi. Shu bilan birga, amir — davlatning Oliy bosh qo’mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan.Mang’itlar sulolasining uchinchi vakili bo’lmish Shoxmurod (1785-1801) amirlik unvonini qabul qildi12. Amirlik unvoni ilgari asosan, ko’pgina qo’shin boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan bo’lsa, Muhammad Rahim davriga kelib esa amir unvoniga ega bo’lgan birorta mansabdor shaxs qolmagan. Ta’kidlash joizki, Shoxmurod tomonidan qabul qilingan amirlik unvoni tarixchi olim V. V. Bartol’d ma’lumotlarida keltirilgan amir unvonidan keskin farq qiladi13. Ushbu unvon ilgari amalda bo’lgan amirbeklik unvonidan farqli o’laroq halifalik maqomi – “amir-ul-mo’minin” sifatida talqin etilgan. Aynan ushbu davrdan Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritila boshlangan. Amir davlatni mansabdor shaxslar, ya’ni amir xizmatchilari orqali boshqarar edi. Ushbu mansabdor shaxslar davlatning boshqaruv apparatini tashkil etgan. Buxoro amirlari shajaralarini Muhammad payg’ambardan boshlaganliklari sababli ularning unvonlariga “said” so’zi qo’shib aytilgan. Amir yonida doimiy ravishda uning shaxsiy yozishmalarini olib boruvchi ikki nafar kotibi bo’lgan. Ularning birinchisi munshiy bo’lib, u barcha ishlar bo’yicha berilgan ko’rsatmalar yozib borgan va amirga kelgan axborotlar, ma’lumotlarga hamda ma’muriy vakillardan va alohida shaxslardan kelgan iltimosnomalarga, shikoyatlarga javob berish bilan mashg’ul bo’lgan. Ikkinchi kotib - mushrif bo’lib, u sarupo berish, qurol-yarog’ va shu kabilarni tarqatish haqidagi ko’rsatmalarni rasmiylashtirib borgan. Amir tomonidan yuqorida zikr etilgan iltimosnoma, shikoyatlar va boshqa xatlarga berilgan yozma javob-muboraknomadeb atalgan. Amir o’z navbatida,hududiy tuzilmalardan doimiy xabarnomalar olib turgan. Ularga amir nomidan tegishli tartibda muboraknomalar jo’natilgan.

12 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.137
13 Fors manbalarida urug’ boshliqlari “amir”, ko’chmanchi xalqlar esa uning o’rniga turkiy atama “bek” yoki beklar boshlig’i deb atalgan.

Markaziy davlat boshqaruvini bir necha idoralar yig’indisi tashkil etib, davlatning oliy boshqaruv organi — oliy davlat mansabi hisoblangan qushbegi tomonidan boshqariladigan davlat devonxonasi (qushbegi devonxonasi) hisoblangan14. Qushbegi mansabi ilgaridan mavjud bo’lgan bo’lsada, XVII asrga kelib “otaliq” unvoniga nisbatan uning ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan. XVIII asrning o’rtalariga kelib qushbegi mansabi etakchi o’ringa chiqib, u davlat apparatining asosiy bo’g’ini sifatida barcha boshqaruvning asosiy funktsiyalarini o’z qo’lida to’play borgan. Qushbegi mahalliy beklar orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir qatorda, chet mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj to’lovlari ustidan nazoratni ham amalga oshirgan.Qushbegi lavozimiga davlatning tajribali, ishbilarmon, siyosatdon kishilari tayinlangan. Nomzod avval devonbegi mansabida faoliyat yuritgan bo’lishi lozim bo’lgan. U saroydagi eng yuqori unvon egasi sifatida davlatda amirdan so’ng turgan. Turklardagi ulug’ vazir yoki Yevropadagi davlat kantsleri singari qushbegi amirning eng yaqin maslahatchisi va ishonchli kishisi bo’lgan. Qushbegi bir vaqtning o’zida amirning shaxsiy muhrini saqlash, boshqa davlatlar bilan aloqalarni nazorat qilish, shuningdek, moliya ishlarini boshqarish kabi mas’ul vazifalarni ham amalga oshirgan15. Buxoro amirligida savdo-sotiqdan olinuvchi barcha bojxona to’lovlari boshqaruvi ham qushbegi qo’lida bo’lishi bilan bir qatorda, u yer solig’ini yig’ish va yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan. Bulardan tashqari unga amir saroyi xavfsizligini nazorat qilish vazifasi ham yuklatilgan. Aynan mana shuning uchun ham amir shahardan boshqa joyga ketgan paytda u saroy darvozaxonasining unga maxsus kurilgan joyida amir shaharga qaytguncha kutib o’tirishga majbur bo’lgan. Har kuni kechqurun shaharning kechasi qulflanadigan darvozasi kaliti qushbegiga olib kelib berilgan va ertasiga ertalab esa kalitlar yana darvozabonlar boshlig’iga qaytarilgan.

14 Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. Тошкент, 2001.Б.156.
15 Холиқова Р. Марказий давлат бошқаруви тарихига бир назар // Мулоқот, 2004. – №2. –Б.41.



Otaliq - amirlik markaziy boshqaruvida o’ziga xos vakolatga ega bo’lgan, mang’it hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va ularning hurmatiga sazovor bo’lgan mansab egasi. Binobarin, otaliq amirga ota o’g’liga qilganidek xushmuomalalik bilan munosabatda bo’lishi lozim edi. Unga Buxoro shahri va Samarqanddan Qoraqo’lgacha bo’lgan hududlarda suv taqsimotini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. O’z navbatida otaliq Shohrud kanali mirobligi vazifasini ham bajargan. U mahalliy hududlarni harbiy masalalarda amalda yordam beruvchi maxsus vakillari orqali nazorat qilgan. Buxoro amirligida bekliklar huquqiy maqomi bo’yicha bir-biridan farq qilgan. Masalan, Samarqand bekligi nufuzliligi, Qarshi bekligi ko’p hollarda davlat boshlig’i merosxo’ri hokimligi bilan, Chordjo’y bekligi esa urug’ davomchilariga, Buxoro bekligi esa qushbegining o’zi tomonidan boshqarilganligi tufayli keng imtiyozlarga ega bo’lgan. Umuman olganda, bekliklarning maqomi ularning davlat va jamiyatga keltiradigan foydasi miqdoriga bog’liq bo’lgan. Beklar asosan rentadan daromad olishar, chunki, ular amirdan hech qanday moyana haqi olmaganlar, o’z navbatida ular aholidan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish ishlariga bosh-qosh bo’lganlar. O’z o’rnida beklar amirning amaldorlari sanalib, amir tomonidan farmon asosida tayinlanganlar hamda amirga hududiy birliklar bo’yicha iqgisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan hisob berib turganlar. Yuqoridagi xususiyati bilan beklar ilgarigi, ya’ni xonlik davridagi bek- amir lavozimidan keskin farq qiladi. Beklik mansabi Buxoro amirligi tomonidan belgilab qo’yilgan “Unvonlar ro’yxati” bo’yicha mansablik unvoni tizimida 9 (to’qqiz) darajadagi unvonlar toifasiga kirgan22. Buxoro amirligi mahalliy boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlarning mavqei baland bo’lgan. Amir va uning maxfiy xizmati tomonidan amalga oshirib turilgan nazorat ko’pgina amaldorlarning o’z mansablarini suiste’mol qilishlarini oldini olganligi ahamiyatga molikdir.Amir (arab. — amr qiluvchi, boshliq, hokim) — lashkarboshi, hokim, bek. XVIII asr oxiridan e’tiboran Buxoro xonligi hukmdorlari o’zlarini amir deb atay boshlaganlar.Amlokdor (arabcha, amlok, mulk so’zining ko’pligi, fors-tojikcha dor – ega). Buxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik ma’muriy bo’linma (amloqdorlik)niboshqaruvchi amaldor. Amlokdor aholining o’ziga to’q vakillaridan bo’lib, bek tomonidan tayinlangan va bir necha katta va kichik qishloqlar uning ixtiyorida bo’lgan. U xiroj yig’ish, dehqonlar etishtirgan hosilni hisobga olish, soliq to’lamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan shug’ullanib, kotib (mirzo), mirob, amin, oqsoqollar yordamida amlokdorlikni idora qilgan.Amin – Buxoro amirligi va Turkiston general-gubernatorligida bir yoki bir necha kichik qishloqni boshqaruvchi hamda xalq tomonidan saylangan amaldor. Buxoro amirligida amin amlokdorga, Turkiston general-gubernatorligida esa bo’lis (volost) boshlig’iga bo’ysungan. Aminning asosiy vazifasi aholidan o’lpon va soliq yig’ish, aholi ustidan nazorat qilish, suv taqsimlash (Amini ob) edi. Bozorda mol sotuvchilardan bozor haqi yig’uvchi amaldor ham amin deyilgan. Arbob - Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshlig’i.
Bakovul, bakovul – Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o’zi totib ko’ruvchi bosh oshpaz. Bek atka – Buxoro amirligida amirzodalarni tarbiyalab voyaga yetkazuvchi shaxs.Darbon – Buxoro amirligida saroy xizmatchisi; Buxoro hayotini zimdan kuzatib, poytaxt xavfsizligini ta’minlab turuvchi harbiy qism va tegishli qurol-
yarog’lar mutasaddisi (boshqaruvchisi). Darbon ixtiyorida zindon yoki Arkda qamalgan mahbuslar ham bo’lgan; amirlik uchun xavfli hisoblangan jinoyatchilarni so’roq qilgan.

Buxoro amirligida:
a) oliy davlat nazoratchisi (Mushrifi kalon);
b) amirning shaxsiy kotibi lavozimi hisoblangan23.
Suvchi -suv tashib beruvchi maxsus kasb bo’lib, suv manbalaridan xonadonlar, guzarlar, choyxonalar va karvon-saroylarga suv tashib berib tirikchilik o’tkazishgan. Suvchilar suv tanqis ayrim shaharlarida, masalan, Buxoro amirligida XX asr boshlariga qadar mavjud bo’lgan. Buxoroda esa, suvchini meshkobchi deb ham atashgan. Shaharlarning suvdan foydalanish (vodoprovod) shoxobchalari bilan ta’minlanishi natijasida suvchiga ehtiyoj qolmagan.Qo’shbegi - Buxoro amirligida mang’itlar sulolasi davrida bosh vazir, amirdan keyingi oliy mansab hisoblangan. Qo’shbegiga barcha viloyatlar va bekliklarning hokimlari, beklari bo’ysungan hamda amirning poytaxtda bo’lmagan paytida u amirlikning barcha ishlarini boshqargan24. Shuningdek, Qo’shbegi Buxoro atrofidagi 11 ta tumanni (hozirgi Buxoro viloyatini) amir nomidan idora qilgan. Buxoro amirligida Qo’shbegilar 2 ta bo’lgan: “Qo’shbegiyi bolo” (yuqori Qo’shbegi) va “Qo’shbegiyi poyon” (quyi Qo’shbegi). Qo’shbegiyi bolo arkda, ya’ni baland qo’rg’onda yashagan va saroy ishlarida etakchi mavqeni egallagan. U doimiy ravishda arkda amir bilan muloqotda bo’lib turgan. Qo’shbegiyi poyon – bosh zakotchi esa ark quyisidagi hovlilardan birida yashab, amirlik hududidagi butun soliq ishlarini nazorat qilib turgan. Mamlakatda favqulodda vaziyat yuz bersa yoki urushlar boshlansa har ikki lavozim birlashtirilib, “kulli Qo’shbegi” (“kull” arabcha so’z bo’lib, “barcha” degan ma’noni bildirgan) lavozimi joriy qilingan. Kulli Qo’shbegi amirlikda butun hukumat ishlarini o’z qo’lida to’plagan va shoshilinch qarorlar qabul qilgan. Buxoro amirligida Ostonaqul qo’shbegi, Nasrullo qo’shbegi kabi katta nufuzga ega Qo’shbegilar bo’lgan25.
Biy — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshlig’i, to’rasi; 2) yuqori mansabli kishilarni ulug’lash uchun ishlatilgan so’z yoki ularga be-rilgan unvon; 3) ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon. 4) Buxoro xonligida xizmat pog’onasining 9-mansabi; amorat panoh unvoni bo’lgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keyingi mansablarni egallaganda ham o’zida saqlab qolgan.




17 Бобоев Ҳ., Хидиров З ва бошқ. Ўзбек давлатчилик тарихи (II китоб). –Тошкент: Fan va texnologiya, 2009. –

22 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.66.

23 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.284.
24 Усмонов Қ., Содиқов М., Бурхонова С. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. –Т., 2005. –Б. 174.
25 Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. –Т., 1996. –Б. 35.


Yüklə 134,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin