Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 384,71 Kb.
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü384,71 Kb.
#205197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
dessertatsiya ishi tayyor Nilufar

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotimizning asosiy masalalari va farazlari Xoja Ahmad Yassaviyning tariqati hamda ijodini oʻrganish, uning hikmatlaridagi zikr talqinlarini tadqiq qilish, ularni boshqa tariqatdagi zikrlar bilan qiyoslash hamda mazmun, ilgari surilgan gʻoyalarni tahlil etish, ilmiy yangiligini isbotlash.
Tadqiqotmavzusibo‘yichaadabiyotlarsharhi(tahlili).Yassaviy va yassaviylik to`g`risida hozircha eng ishonarli hamdaeng qadimgi manba «Javohir ul abror»dir. Imom Sig`noqiyrisolasida va Haziniyning yana bir muhim asari «Jomi’ ulmurshidin»da Ahmad Yassaviyning oltmish uchyoshdan keyin yer ostida yana shuncha yil umr kechirgani aytilgan.Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat” asarida ham Yassaviy haqida ma’lumotlar uchraydi.
XX asr 20-yillariga kelib esa Yassaviyning tarjimayi holi va she’riyati bilan qiziqish boshlangan va keyinchalik qisman davom etgan. Bu oʻrinda professor Abdurauf Fitrat, Olim Sharofuddinov, A.Ibrohimov, Ahmad Abdullayevlarning ayrim qaydlari va matnshunoslik ishlarini eslash mumkin.1
Abdurauf Fitrat “Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida tekshirishlar”, “XVI asrdan soʻng oʻzbek adabiyotiga bir qarash” maqolalarida Yassaviy xususida fikr yuritadi. Olim Sharofiddinov “Oʻzbek adabiyoti” tadqiqotida XVI asr soʻz san’ati toʻgʻrisida toʻxtalib sovet mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda oʻsha davrda Yassaviy kabi shoirlar ijodiga nisbatan ikkinchi darajali shoirlar sifatida baholaydi. A. Ibrohimovning “Ahmad Yassaviy” nomli asarida shoir va diniy adabiyot namoyandasi sifatida tilga olingan.
Mustaqillik yillarida esa uzoq yillar mobaynida ta’qiqlab kelingan shoirlarimiz qatori Ubaydiy hayoti va ijodini oʻrganishga toʻla imkon ochildi. Bu imkoniyatdan birinchi boʻlib samarali foydalangan filologiya fanlari doktori Nodirxon Hasan “Yassaviyning Turkiyada o`rganilishi”, “Yassaviylikka doir manbalar va “Devoni Hikmat” nomli katta monografiyalarini yozdi, asarlarida yassaviya tariqari va bu tariqtning boshqa tariqatlardan farqi haqida ham to`talib o`tdi. Bundan tashqari chet el olimlaridan esa M.F.Kupruli, Usmon Turar singari olimlar Yassaviy hayoti va ijodi boʻyicha bir qancha tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Bu ishlarning barchasi Yassaviy adabiy merosini oʻrganish va xalqqa tanitish yoʻlidagi ilk qadamlar boʻldi.
Bu tadqiqotlar ma’lum ma’noda Yassaviyning hayot yoʻli, ijodiy merosini: qoʻlyozma asarlari, hikmatlarini ilmiy ravishda ochib bergan boʻlsa-da, ammo ijodkorning hikmatlardagi zikr talqinlariga oid boʻlgan hikmatlarni va bu ziklarning boshqa tariqatlardagi farqini solishtirib, oʻxshash tomonlarini tadqiq etmagan. Biz bu ishimizda ,asosan, mana jihatlariga urgʻu berishga hamda yassaviya tariqatining islom adabiyoti tarixida tutgan oʻrnini ilmiy asoslarda ochib berishga harakat qilamiz.

Yüklə 384,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin