Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


- Ta’lim dargohida talabalar bilan o‘zaro muloqotning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə28/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
m dissertatsiya

- Ta’lim dargohida talabalar bilan o‘zaro muloqotning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi
Biz bilamizki, muloqot bu aslida talaba uchun eng muhim jarayon, u aynan shu jarayon orqali o‘z oliygohiga mehr qo‘yadi va unga nisbatan faxr tuyg’usini o‘zida rivojantiradi. Oliy ta’lim dargohida o‘z o‘rniga ega boshqaruvchilar, bo‘lim boshliqlari, dekanlar, prorektorlar va ayniqsa rektor bilan talaba o‘rtasidagi “masofaning” uzoqligi. Katta lavozimdagi kishilarga nisbatan hurmat emas, qo‘rquvning mavjudligi ushbu oliy dargoh uchun yaxshi imidj kasb etmaydi albatta. Muloqotning yetarlicha yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bir tarafdan tabalarni mativatsion ruhdan uzoqlashtiradi.
Yana bir ko‘zga tashlangan muammo bu ekologik muammodir.

  • Universitet hududida hudud iqlimiga mos kelmaydigan daraxtlarning ko‘pligi

Sir emaski, Surxondaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining eng issiq hudularidan biridir, shunga qaramay universitet hududida soya beruvchi va hudud iqlimiga mos baland daraxtlar deyarli yo‘q. Daraxtlarning katta qismi past o‘suvchi, soya bermaydigan, manzarali archalardir. Shu sababli ya’ni baland daraxtlarning yetarli emasligi tufayli, issiq mavsumlarda yoki Termiz shahri aholisi uchun doimiy muammo tug’diruvchi chang shamollarda talabalarga va ayniqsa yoz oylarida ham ishda faoliyat ko‘rsatuvchi oliygoh xodimlariga va o‘qituvchilarga muammolar, noqulayliklar tug’ilmoqda.

3.2-§. Termiz davlat universiteti faoliyatini har tomonlama takomillashtirish bunga marketing boshqaruvi yo‘llari. Muammolarga yechilar.
Har qanday oliy ta’lim maskani uchun muammolar holatini tahlil etishda albatta o‘qitish jarayonlari va uslublari, ularning zamon talabiga mosligiga aloqador muammolar hal etilishi muhimdir. Bizda bu borada sosiy muammo, Termiz davlat universitetida zamonaviy kasblarga o‘qitilmasligidir. Shu sabali ham bugungi kundagi zamonaviy va eng talab yuqori kasblarni aniqlash va ular oliygohda qaysi yo‘nalishga mosligini aniqlagan holda talabalarni shunga tayyorlash lozim. Misol tariqasida IT PARK o‘z sahifasida 2022-yildagi istiqbolli IT kasblar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat quyidagicha :

  1. Web dasturchi

  2. Mobil dasturchi

  3. DevOps muhandisi

  4. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis

  5. Data-muhandisi

  6. ML mutaxassisi

  7. DT tester-avtomatizatori78

Ushbu IT kasblari bugungi kunda oliygohlarga o‘qitish jarayonlarida mavjud emas, mavjud bo‘lsada o‘qitish jarayoni ko‘ngildagidek amalga oshirilmayapti. Termiz davlat universitetida Axborot texnologiyalar fakulteti mavjud, ushbu fakultet doirasida Axborot texnologiyalar kafedrasi va amaliy matematika va informatika kafedrasi faoliyat yuritmoqda79. Aynan ushbu kafedralarda IT sohalaridagi zamonaviy kasblarga talabalarni tayyorlash bo‘yicha kuchli xarakatlar amalga oshirilishi lozim. Bunda ushbu kasb doirasida malakaga ega insonlarni xamkorlikka chaqirish, ulardan tajriba va bilimlarni olish lozim.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin