Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Xorij olimlari, izlanuvchilar va marketologlar tomonidan yetarlicha izlanishlar va tajribalar olib borilgan. Hususan, Natalya Kallenskaya, Ilshad Gafurov,Aida Novenkovalar,Erika Solis, Maria Antony Raj, M.Raguraman, R.Veerappan, Magdalena Platis, Eleonora Gabriella Baban, Steven P.SChnaars va Ken Franzen4 kabi professor olimlar ta’lim sohasidagi marketing strategiyasidagi aynan mijoz ehtiyojini qondirish va targ’ibot ishlariga chuqur yondashgan bo‘lishsa, Ekaterina Kharlamova, Elena A.Polyanskaya, Amos Oppong Afriyie, Dame Meg Hillier, Shaun Bailey va Dan Carden kabi izlanuvchilar Oliy ta’lim dargohlarining moliyaviy barqarorligi haqida ilmiy maqolalar chop ettirishgan5. O‘zbekistonlik olim va izlanuvchilar ishlari ham o‘rganildi jumladan, Sadullayeva Gulnoza, Shodimetova D.X,Tashxodjayev M.M kabi izlanuvchilar ta’lim xizmatlari bozorida malaka oshirish va iqtisodiy o‘sish tomonlarining chuqur o‘rganishgan va keng yoritib bera olishgan6.
Tadqiqot obyekti: Surxondaryo viloyati, Termiz davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, 11- umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Termiz davlat universiteti qoshidagi 2- sonly akademik litsey, va bir nechta o‘quv markazlari.
Tadqiqot predmeti: Tadqiqot predmeti hududdagi davlat va nodavlat ta’lim muassassalari tizizimi va uning ishlash prinsipi, ish jarayonida aholiga ta’lim xizmatlarini yetkazib berishga qaratilgan e’tibor va maketing strategiyasidagi kamchiliklar va muammolarni o‘z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi:Surxondaryo viloyatida ta’lim xizmatlari bozorini tubdan o‘rganish, ta’lim tizmi va undagi muammolar asosoan ta’lim holatini rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan holatlar, viloyat ta’lim sohasini rivojlantirish va unit a’lim xizmatining raqobatbardoshligini oshirish, viloyat ta’lim tizimida xorijiy ta’lim obyektlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga takliflar ishlab chilishi va ularni kuchga kirishi.