Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-§. Ta'lim xizmatlari bozorida xalqaro marketing faoliyatining rivojlanishi xorij tajribalari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
m dissertatsiya

1.3-§. Ta'lim xizmatlari bozorida xalqaro marketing faoliyatining rivojlanishi xorij tajribalari.
Ta'lim xizmatlarini bozorining rivojlanishi va ta'lim xizmatlarini eksport qilishning asosiy ruhlantiruvchi omil bu katta mablag'ga ega bo‘lish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdir.XXI asrda ta'lim jahon xizmatlar savdosining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylanishga ulgurdi. YUNESKO bilan hamkorlikda IAU WHED portali bugungi kunda 196 mamlakat va hududlardagi oliy taʼlim tizimlari, hisobga olish maʼlumotlari hamda rasmiy akkreditatsiyadan oʻtgan yoki tan olingan oliy taʼlim muassasalari (OTM) soni 20 000 dan ortiq ekanligi haqida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etmoqda29. Ta'lim xizmatlari bozoring kengayib borishi, raqobatning paydo bo‘lishi albatta ta'lim xizmatlari bozorida marketing salohiyating o‘sishiga sharoit yaratadi. Ta'lim marketingi iqtisodiyotning istiqbolli tarmog'idir. Ushbu marketing ta'lim muassasalariga farovonlik va rivojlanish olib kelgan holda ta'limga bo‘lgan talabni qondirishga intiladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki ta'lim marketingini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish taklifi kuchaymoqda, chunki ta'limning o‘zi qimmatga xizmatga aylanishga ulgurdi. Ta'limmarketingi har yili kengayib borishini, ta'limga bo‘lgan talabni kuchayib borayotgani bilan tariflash mumkin30.Jahon tajribalarida Ta'lim marketingining o‘ziga xos xususiyatlarini bir nechta omillar bilan ta'riflangan.Bular universitetni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi sektorlardan ajratib turuvchi omillardir:
- mijozning shaxsiyatini rivojlantirishga e'tibor qaratish, ularga shaxs, xodim va fuqaro sifatida qadr-qimmatga ega bo‘lishga yordam berishi;
- xizmatlar ko‘rsatish jarayinlarida mijozlarning ko‘proq ishtirok etishi;
- mijoz va xizmat ko‘rsatuvchining o‘zaro intensiv ta'siri;
- bitiruvchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olmaguncha natijani tegishli tarzda baholash mumkin emas, shu bilan birga bu bitiruvchining mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq;
– universitet o‘zi tayyorlayotgan mutaxassislar uchun ijtimoiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olish qobiliyati; - talab qanchalik ko‘p qondirilsa, shuncha ko‘p talab paydo bo‘laverishi31;
Universitetning marketing strategiyasi ta'lim va mehnat bozorida Raqobatbardosh ustunlikka erishish, ichki va tashqi aloqalarni samarali muvofiqlashtirish va universitetning ijobiy imidjini yaratish/mustahkamlashdan iborat32.
Bugungi kundagi global axborotlashtirish ta'lim iste'molchilarining ya'ni ta'lim xaridorlarining tobora ko‘proq ma'lumotlar olishi mumkinligini anglatadi33.O‘quv marketingining o‘ziga xos xususiyatlari biri shundaki u marketing kommunikatsiyalariga kompleks sifatida ta'sir qiladi. Bu esa Universitet to‘g'ridan-to‘g'ri yoki bilvosita shaxslar, guruhlar, tashkilotlar, hokimiyatlar, jamoat tuzilmalari bilan bog'lanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasi universitetning marketing strategiyasida ko‘rib chiqiladi. Istalgan universitet o‘z ta'lim xizmatlarini targ'ib qilish uchun ushbu universitet ikkita maqsadga mo‘ljallangan marketing usullari to‘plamiga muhtojdir: ta'lim xizmatlarini reklama qilish va mijozni ushbu xizmatlar munosib sarmoya bo‘lishiga ishontirishdan iborat.Universitet imiji albatta bu maqsadlar uchunkalit vazifasini bajaradi. Bozorning yuqori cho‘qqisiga chiqish va ushbu cho‘qqida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va o‘zaro raqobat jarayonida muvaffaqqiyatga erishish uchun universitetlar o‘zlarining an'anaviy ta'lim xizmatlarini yangi dasturlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, reklama, PR va boshqa omillar bilan to‘ldirib boradilar. Albatta, o‘z-o‘zini reklama qilishdan erishilgan muvaffaqiyat xizmat sifati va universitet va / yoki uning xodimlarining imidjining funktsiyasi deb qarash mumkin. Universitetlar ta'lim xizmatlarini ilgari surish harakatlari muvaffaqiyat qozonish uchun marketing strategiyalarini rejalashtirishi, ishlab chiqishi, amalga oshirishi va baholashi kerak bo‘ladi.
Ta’lim xizmatlarida marketingning o‘rni ilmiy ahamiyatli juda muhimdir. Shimoliy Osetiya Respublikasi — Alaniya (RNO—Alaniya) farmatsevtlarni tayyorlovchi uchta maktabga ega: Xetagurov nomidagi Shimoliy Osetiya davlat universiteti (NOSU);Shimoliy Osetiya Davlat Tibbiyot Akademiyasi Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi(NOSMA); va RNO-Alaniya Sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi Shimoliy-Osetiya tibbiyot kolleji kasb-hunar ta'limi davlat byudjeti muassasasi (NOMC).Shimoliy Osetiyada Farmatsevtika sohasi bo‘yicha ta'limni taklif etuvchi oliy ta'lim muassasalarning ko‘pligiga qaramay, farmatsevtika sohasida sifatli kadrlar zaxirasiga ehtiyoj bor. Respublikadagi ushbu mehnat bozori respublika geografiyasi bilan ham chambarchas bog'liq.RNO - Alaniya Rossiyaning eng zich joylashgan mintaqalaridan biridir. Aholining asosiy qismini o‘z ichiga olgan hududlar har kvadrat kilometrga 140 kishidan ortiq zichlik ko‘rsatkishini ko‘rsatadi.Rossiyaning umumiy aholisining 30% qishloq va 70% shaharlar bo‘lsa, RNO-Alaniya nisbati esa 50-50 ni tashkil etadi34.Bu kabi ko‘rsatkicho‘z navbatida o‘ziga xos farmatsevtika mehnat bozorini, shu jumladan uning qishloq qismlarini katta qism sifatida o‘z ichiga oladi. Bir tomondan, ba'zi bitiruvchilar mintaqani yirik shaharlarga, asosan, Moskva va Sankt-Peterburgga muvaffaqiyatli martaba qurish maqsadida o‘z respublikalarini tashlab ketadilar.Respublikada farmatsevtika sohasida mehnat bozorining qulayligiga qaramay, bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan maktablar talabalik uchun raqobatlashib kelishmoqda.Chakana farmatsevtlar ushbu bozorda eng ko‘p talab qilinadigan pozitsiyadir35. Darhaqiqat, bugungi ish beruvchilar chakana farmatsevtlar, umumiy farmatsevtlar va farmatsevtlarning pozitsiyalarini funktsional va ish haqi bo‘yicha tenglashtirmoqdalar.Shu o‘rinda savol tug‘iladi: 3 yillik NOMC ta'lim evaziga chakana farmatsevt karerasini yaratish ilojisi bor ekan, unda nima uchun kimdir 5 yillik universitet ta’limi va 2 yillik rezidenturada tahsil olishi kerak yoki har bir dastur uchun uch baravar farqda to‘lov to‘lashi va vaqt sarflashi kerak?Bu kabi savollarning ko‘payishi NOMCda farmatsevtika yo‘nalishida o‘qishni istovchi abituriyentlarning ko‘payishiga olib keldi. Bu kabi oliy ta'lim muassasalari uchunqaltis vaziyatda universitetlar o‘z ichki marketing strategiyasini ishlab chiqishlari juda muhim, chunki kuchli strategiya universitetning o‘zaro raqobatbardoshligi uchun juda muhimdir.Mehnat bozori evolyutsiyasi universitetlardan ta'lim marketingiga yangi yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qilmoqda36.Ilmiy asoslangan ta'lim marketingi universitetga raqobatbardosh va talabchan bo‘lishga imkon beradi. Buni "Marketing Works" firmasining tajribasi tasdiqlaydi.Ularning mohirona o‘tkazgan ta'lim treninglari marketingi yillik pul tushumini 470 foizga oshirdi. Universitetlar tomonidan qo‘llaniladigan nashr etilgan marketing strategiyalarining umumiy ko‘rinishi shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyat uchun quyidagi marketing kommunikatsiyalari muhim ahamiyatga ega: reklama, jamoatchilik bilan aloqalar, to‘g'ridan-to‘g'ri marketing, savdo yarmarkalari va ko‘rgazmalar, shuningdek, Internetda tarmog’ida ta’lim muassasasi haqidagi to‘liq ma’lumotlarning mavjudligi37. Umumiy marketing strategiyalaridan tashqari, universitet o‘z ta'lim xizmatlarining ichki marketingiga muhtoj bo‘ladi, bu mijoz (talaba va/yoki ularning ota-onalari) va yetkazib beruvchi o‘rtasida tezda ishonch munosabatlarini o‘rnatishga yordam berish uchun oddiy o‘rta ta'lim maktabni raqobatdosh universitetlardan ajratib turuvchi omillardan biridir. Umumiy olib qaraganda oliy ta’lim muassasalarining marketing faoliyatiga kuchli urg’u berishdan yana bitta katta maqsadi, bu boshqa mamlakatlardan talabgorlarni o‘z muassasalariga jalb etishdir. Xorij talabarini mamlakat hududiga kirib kelishi va ushbu hududda tahsil olishi bu o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti uchun ham juda foydali. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zga yurtdan kelib tahsil olayotgan talaba, tahsil olayotgan mamlakatida o‘z xarajatlarining beshdan bir qismini ta'lim uchun va beshdan to‘rt qismini - turar joy, ovqatlanish, yaxshi vaqt o‘tkazish va boshqalar uchun sarflaydi. Bu o‘z navbatida ta'lim xizmatlarini taklif etayotgan mamlakat iqtisodiyotiga manfaat keltiradi. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, so‘ngi 10 yil ichida dunyo bo‘ylab talabalar soni ikki baravar ko‘paygan, bu asosan Osiyo va Evropada oliy ma'lumotga ega bo‘lganlar sonining ko‘payishi natijasi hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan Globallashuv jarayonlari ta'siri ostida o‘z mamlakatidan tashqarida o‘qishni tanlagan talabalar soni o‘sishda davom etib kelmoqda; 2019 yilgi ma’lumotlarga qaraganda dunyo bo‘ylab o‘zga yurtga borib tahsil olishni afzal ko‘rgan talabalar sni 2000 yilda 2 million nafarni tashkil etgan bo‘lsa , bu ko‘rsatkich 2019 yilga kelib 6 millionga yetgan. Ta’lim xizmatlarini xorijlik talabalarga taqdim etish bo‘yicha AQSh 2019 yil ko‘rsatkichiga ko‘ra 976,853 nafar xorijlik talbalar soni bilan yetakchi mamlakat hisoblanmoqda. Keyingi o‘rinlarda Avstraliya 509,160 vaBuyuk Britaniya 4489,019 nafar talabalar soni ko‘rsatkichini ko‘rsatmoqda38.
Oliy ta’lim muassasalarining bozor munosabatlari tizimiga tobora kuchayib borishi natijasi albatta foyda olishga intilishdir. Bundan tashqari chet ellik talabalarni jalb qilish nafaqat universitetlarning moliyaviy farovonligiga, balki ularning nufuzi va mashhurligiga ham o‘z navbatida foydali ta'sir ko‘rsatadi. Bu o‘z o‘rnida ta'lim tizimining va ta'lim xizmatining jozibadorlik darajasi, dunyo reytinglarida yetakchi o‘rinlarda turishi va raqobatbardoshligiga bog'liqdir. Bir nechta Mualliflari o‘z yozmalarida: “Chet ellik talabalar soni jahon taʼlim xizmatlari bozoridagi universitetlar reytingidagi eng muhim koʻrsatkichlardan biri boʻlib, ularning muvaffaqiyatini belgilaydi” deb taʼkidlab o‘tganlar39. Universitetda chet ellik talabalarning mavjudligi va soni bo‘yicha xalqaro reytinglarni tuzishning muhimligi ilmiy maqolalarda ham qayd etilgan40. “Universitetda tahsil olayotgan chet ellik talabalar soni universitet faoliyati samaradorligini tashqi baholash ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, xalqaro universitetlar reytingini tuzishda hisobga olinadi, bu esa universitetlarni ushbu sohani rivojlantirishga turtki bo‘ladi”. Bundan tashqari, Duglas D.O.ning bu haqidagi fikri qiziq bo‘lib, u o‘zining "Xalqaro Berkli: Amerika universitetidagi chet ellik talabalarning roli haqida munozaralar – kecha va bugun" asarida hozirgi kunga qadar chet ellik talabalarni jalb qilishni rag'batlantirish maqsadining moliyaviy mezoni asosiy bo‘lib qolayotganini ta'kidlaydi41. Bundan tashqari, yanada kengroq nayijalarni keltirib o‘tish mumkin. Muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan xalqaro ta'lim tizimini yaratish va rivojlantirish, ko‘p sonli chet ellik talabalarni jalb qilish nafaqat universitet uchun manfaatli balki mamlakat byudjetini oshirishda ham yaxshi imkoniyatlar taklif etishi mumkin, bundan tashqari mamlakat o‘z madaniyati, urf-odatlarini targ'ib etishning eng yaxshi usulidir ham hisoblanadi.Shuningdek, eng iqtidorli xorijlik bitiruvchilarni ishga joylashtirish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratish mumkin. Bundan tashqari bir nechta muhim ma'lumotlarni keltirib o‘tishimiz mumkin, masalan,ta'lim dunyodagi eng yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, jahon yalpi ichki mahsulotining 6% dan ortig'ini tashkil etib turibdi. Ochiq manbalar maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda jahon taʼlim bozori hajmi deyarli 6,5 trillion dollarga yetgan42.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin