Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi;Ilmiy abstraksiya, ilmiy tahlil va kuzatish, statistic ma’lumotlarni tekshirish, va yangi statisk ma’lumotlarni yaratish, talabalar vat a’lim sohasi vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazish, va natijalarni grafik ifodalash.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yechim va takliflar, ta’lim sohasidagi xizmatlarni rivojlantirish uchun berilgan maslahatlar ta’lim tizmi sifatini va raqobatbardoshligini yaxshilash yo‘lida foydalanish mumkin.
Tadqiqotning asosiy gipotezi:Tadqiqot gipotezi shundan iboratki, olib borilgan so‘rovnomlar, va aholidan olingan ta’lim xizmatlarining faoliyatini va sifatini yaxshilashga qaratilgan takliflar va fikrlar, Hudduddagi ta’lim muassalari faoliyatini va ular ko‘rsatayotgan ta’lim xizmatini, ta’lim xizmatlariga davogar bo‘lgan aholi qatlami uchun mosligi oshirish va muammolarni bartaraf etishni shakllantiradi.
Dissertatsiya tuzilish tavsifi:Dissertatsiya tarkibi, Kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlat ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiya hajmi 88 betdan iborat.
I BOB. TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISHDA MARKETING FAOLIYATI VA UNING MAMLAKAT SIYOSATIDAGI O‘RNINING NAZARIY, ILMIY ASOSLARI 1.1-§. Ta’lim xizmatlarini va uni boshqarishda marketing faoliyatining nazariy, ilmiy asoslari
Ta’lim tizimi bu biror bir mamlakat (boshqaruv shaklidan qatti nazar) ta’limini tartibga soluvchi davlat tizimi. Bundan tashqari mamlakat ta’lim tizimi, mamlakatdagi ta’limni moliyalashtirish va davlat belgilagan siyosat asosida mamlakatdagi ta’lim muassasalarini nazorat qilishni ham o‘z zimmasiga oladi.
O‘zbekiton Respublikasining 23-sentabr 2020 yildagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g’risida”gi qonunda, ta’lim tizimiga quyidagicha ta’rif berib o‘tilgan.
“O‘zbekiston Respublikasining talim tizimi quyidagilardan iborat:
davlat talim standartlariga muvofiq talim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat talim muassasalari;
talim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
talim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar”7.