Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-§.Ta’lim xizmatlari bozorining mamlakat siyosatidagi o‘rni va uning muhimligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
m dissertatsiya

1.2-§.Ta’lim xizmatlari bozorining mamlakat siyosatidagi o‘rni va uning muhimligi
Ta’lim xizmati dunyoning istalgan mamlakati uchun har qanday vaziyatda asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan sohalaridan biridir.Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatalar hukumati o‘z ta’lim xizmatlarini allaqachon rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi bilan tenglashtirish maqsadida katta e’tibor qaratadi. O‘zbekiston ham o‘z talim tizimini rivojlantirish va uni jahon talablariga moslashtirish maqsadida bir nechta imkoniyatlar va o‘zgarishlar taklif etmoqda. O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish ta’lim sohasini, va umuman olganda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston hududida bugungi kunda mingdan ortiq davlat va nodavlat, aholiga ta’lim xizmatlarini taklif etuvchi tashkilotlat faoliyat yuritib kelmoqda. Eslatib o‘tish joizki, so‘ngi yillarda kichik tadbirkorlikka qaratilgan e’tibor tufayli, bu kabi tashkilot va korxonalar yana ko‘paymoqda. O‘zbekiston prezidenti bugungi kunda, mamlakatdagi davlat va nodavlat, ta’lim xizmatlarini taklif etuvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini yanada yaxshilash uchun unga e’tibor qaratgan. Misol tariqasida bir nechta qonun va farmonlarni keltirib o‘tamiz,”Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari to‘g’risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining25.06.2021 yildagi PQ-5161-sonliqarorida, nodavlat tashkilotlari faoliyatiga qaratilgan qarorlar taqdim etilgan. “2021-yil 1-avgustdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara xarajatlarining 50 foizigacha, biroq davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50 foiz miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish. Bunda, ushbu tartib Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan va ta’lim jarayonida foydalaniladiganbino va inshootlarga tatbiq qilinmaydi”22.
Ushbu taqdim etilgan qaror o‘z navbatida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rni yaratiliga ham yetarlicha hissa qo‘sha oladi. Bundan tashqari yaxshi bilimga ega talabalar ham ushbu qaror yordamida o‘z tadbirkorliklarini boshlash bilan bir qatorda sifatli va zamonaviy ta’lim berish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Shu o‘rinda bu kabi qarorlar chekka – chekka hududlarda ta’lim xizmatlarini taqdim etishni qulaylashtirish maqsadida aholiga taqdim etilgan. Bunda Toshkent va Samarqand shaharlarida bu kabi imtiyozlar qo‘llanilmasligini keltirish o‘tishimiz mumkin, sababi Toshkent va Samarqand shaharlari kabi katta va aholi gavjum hududlarda, aholiga ta’lim xizmatini taklif etuvchi nodavlat tashkilotlar yetarlicha va ular o‘rtasida allaqachon erkin raqobat rivojlangan. Bundan tashqari, sir emaski yang tadbirkorlik faoliyatini boshlash va ayniqsa tashkilot faoliyat yurishi lozim bo‘lgan joy uchun ijara pulini to‘lash o‘z navbatida iqtisodiy tarafdan orqada bo‘lgan hudud aholisi uchun muammo bo‘lishi aniq, shu sababli ham hukumat aynan shu tomonlama nodavlat ta’lim tashkilotlariga yaxshi imkoniyat taqdim eta oldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati nafaqat nodavlat balki davlat ta’lim xizmatlari tashkilotlariga ham yetarlicha e’tibor qaratmoqda.So‘ngi yillarda O‘zbekiston resublikasi Prezidentining «Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhokalari bo‘lib o‘tdi23. Buning natijasida,“2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosini amalga oshirish maqsadida 2021/2022-o‘quv yilida tajriba sinov maqsadida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasalarigao‘qishga qabul qilish bo‘yicha, Davlat komissiyasi tomonidan belgilab ko‘rsatilgan hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi va akademik litseyi, va shu tariqa 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab esa Respublikadagi barcha umumiy o‘rta maktablari, akademik litseylar va albatta qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunarga ixtisoslashgan maktablar (umumtaʼlim muassasalari) bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinib ya’ni umumlashtirilib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi belgilab ko‘rsatildi24.Bu kabi keskin o‘garishlar albatta bir necha yillik kuzatishlar va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim sohasidagi faoliyatlarini o‘rganishlar natijasida ro‘y berdi. Umumta’lim maktablari bitirish imtihonlari va oliy ta’lim muassasalari imtihonlarining birlashish o‘z navbatida, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun qo‘shimcha vazifalarni olib keladi, masalan endi umumta’lim maktablari boshqaruvida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning bilim olayotganligini tubdan nazorat qilish, ta’lim beruvchi o‘qituvchilarning esa kasbiy salohiyati doirasida yangilanish, takomillashish kerak bo‘lsa mukammallashishni talab qiladi. Sir emaski, istalgan umumiy o‘rta ta’lim maktadi, o‘z o‘quvchisining yaxshi natijalar ko‘rsatishini istaydi va bu o‘z navbatida maktab sha’niga dog’ tushmasligi uchun yaxshiroq harakatni talab etadi. Bu kabi o‘zgarishlar, balki imkoniyatlar, Respublikadagi akademik litseylarda ham tadbiq e’tilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim xizmatlariga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasida baholanmoqda. Oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor va say harakatlarning asosiy maqsadi birinchi navbatta, oliy ta’lim sifatini jahon talablariga moslashtirish, o‘z navbatida mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassassalarining jahon reytingidagi o‘rnini yaxshilash.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida”gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909- son qaroriga muvofiq ravishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog’lom raqobatni shakllantirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va oliy ta’lim muassassalarining reytingini xalqaro darajaga yetkazishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan so‘ngi yillarda, har yili O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassassalarining Milliy reytingi e’lon qilib kelinmoqda.Bundan tashqari, mamlakatimiz Oliy ta’lim tizimi 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasida Respublikada faoliyat yuritayotgan kamida 10 ta oliy ta’lim muassassasini xalqaro e’tirof etilgan agentliklar jumladan, Qucquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities kabi bir nechta agentliklar reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim nuassassaari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand Davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassassalari ro‘yxatiga kiritish maqsad qilib olingan25.
Oliy ta’lim tizimini takomillashtish maqsadida tashkil etilgan va har yilda taqdim etilayotgan milliy reyting, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassassalrining nufuzli xalqaro reytinglardan joy olishiga ko‘maklashadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, Ta’lim inspeksiyasi, Oliy vaO‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bu kabi ishlarni jadallashtirish maqsadida “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Har yil taqdim etib kelinayotgan milliy reyting Xalqaro reyting indikatorlariga moslashtirilgan, bu kabi tizim orqali O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassassalari reytingdao‘z darajalarini yaxshilab borishni maqsad qilishi va shu orqali dunyo reytingiga chiqib olinishinirejalashtirilgan.
Eslatib o‘tishimiz joizki, Ta’lim inspeksiyasi tomondan o‘tgan davr mobaynida, rivojlangan davlatlar oliy ta’lim tizimi rivojlanish tarixi, boshqaruv sistemasi va marketing chuqur o‘rganildi. Amaldagi milliy reyting ustida tahlillar olib borish maqsadida, Xalqaro ekspertlar guruhi jalb qilindi. Xalqaro ekspertlar guruhi nufuzli agentliklarning, ya’ni QS(Quacquarelli Symonds) va THE(Times Higher Education World University Rankings) mutaxassisslari o‘z navbatida milliy reyting tizimi bilan tanishib chiqdilar va kerakli tavsiyalar berdilar. Ushbu nufuzli agentliklar mutaxassislari bilan, bugungi kunda ham reyting tuzish metodikasini yanada takomillashtirish maqsadida hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.
To‘xtalib o‘tishimiz kerakki, ushbu ya’ni takomillashgan yangi reytingni tuzish metodikasida quyidagilar asos qilib olinadi. Bulardan birinchisi, Ish beruvchilarning biror bir universitet bitiruvchisi haqida fikrlari, ya’ni bahosi, shu o‘rinda, talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilim darajalari bu bahoni yaxshi bo‘lishida kattar ro‘l o‘ynaydi. Bundan tashqari, “Web of Science” hamda “Scopus” kabi xalqaro bazalarda, o‘rganilayotgan universitetda faoliyat yurutuvchi Professor – o‘qituvchilarning ulushiga alohida e’tibor qaratiladi, va albatta oliy ta’lim muassassalarida olib borilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatlarining natijagirligi ham universitet reytingini yaxshilanishi uchun turtki bo‘ladi. Bu kabi chuqur o‘ylanilgan indikatorlar orasida, oliy ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit ham o‘rin egallagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son hamda “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi o‘z qarorlarini taqdim etdi va bu qarorlarning birinchi ustuvor yo‘nalishi, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibini joriy etish qilib belgilandi26. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston Oliy ta’lim boshqaruv va tartibga solish tizimi uchun yangi takomillashgan, yevropa Oliy ta’lim tizimi tajribasining kirib kelishi bo‘ldi. Kredit – modul tiziming joriy etilgani Oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun o‘tilyotgan fanlari o‘tilish tartibi, ularning o‘tilish davomiyligi va fanlarga berilgan kreditlar asosida muhimlilik darajasini farqlashga katta ko‘mak bo‘ldi, shu o‘rinda fan o‘qituvchilar uchun fan doirasida soatlarni semester bo‘ylab taqsimlash, talabalarni baholash tartibida ham keraklicha o‘zgarish, ya’ni bir muncha yengilliklar joriy qilindi.
Vazirlar mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-son qaroriga 1- ilova ya’ni Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini kredit – modul tizimini joriy etish tartibi to‘grisidagi nizomda keltirilgan boblarda, aynan O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimi qay tarzda ishlashi kerakligi, ta’lim dasturi, kreditlar to‘plash, o‘qish yuklamasi va ta’lim elementlari kabi kredit-modul tiziming sxemasi va tushunchalari haqida chuqur ma’lumotlar berilgan.Ushbu nizomning 15-bandida, Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomiyligi 36 haftagacha bo‘lib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tishga va qolgan 4 haftasi esa attestatsiyalarga ajratilgani ko‘rsatilgan27. Bu o‘z navabatida dars davomiyligini nazorat qilishga, o‘tilayotgan fanlar doirasi aynan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni berib ulgurishni tartiblashga yordam beradi. Oliy ta’lim tiziming Kredit-modul tizimiga o‘tishdan oldingi davrda, oliy ta’lim muassasalarida aynan shu masalalarda ya’ni, o‘quv yili davomiyligini aynan bir qolipga solishda yetarlicha muammolarga duch kelingan. Buning natijasi, fanlar doirasida, o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzular vaqt bilan tartibga solinmaganligi tufayli, talabalar yoz o‘rtalarigacha darslarga qatnashishga majbur bo‘lisharedi, bu esa fan o‘qituvchilariga ham noqulayliklar tug’dirgan.Ushbu nizomning 4- bob (O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash) da keltirilgan 17-qarorda, ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘ratsida raqobatni shakllantirishni maqsadqilingani keltirib o‘tilgan.Bu maqsadni amalga oshirish esa o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga asosan talabalarga fan doirasida professor o‘qituvchilarni tanlash imkoniyatini berish orqali amalga oshirilishiga to‘xtalib o‘tilgan. Bunda talabalar ta’limni boshqarish axborot tizimi portal orqali o‘quv semestri boshida 1 hafta muddat davomida o‘zi tanlagan professor –o‘qituvchining mashg’ulotida qatnashish uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish kabi imkoniyatlar berilgan28.
Bu kabi qarorlar o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarni o‘z ustilarida ishlashiga, fan doirasida kasbiy –pedogogik salohiyatlarini rivojlantirishga, auditoriyadagi talabalarni e’tiborini darsga jalb qilish qobiliyatlarini yanada takomillashtirishga turtki bo‘la oladi. Va shuni ham eslatib o‘tish joizki, talabalarga berilgan bu kabi demokratik imkoniyat ularni erkin fikrlash va o‘zlarining kelajaklari uchun erkin qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi. Umuman olganda, kredit – modul tizimi, talabalarni o‘qish doirasida o‘zlari uchun anchagina mustaqil bo‘lishga o‘rgatadi. shu bilan bir qatorda fan doirasida, o‘qituvchilarga nisbatan talablari oshadi. Har tomonlama yaratilayotgan shart-sharitlar qatorida Respublikamizda ayollar ta’limiga, ularni oliy ma’lumotli bo‘lishga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qaratilgan say harakatlarni ilmiy ish doirasida albatta, ta’kidlab o‘tish joiz. Biz bilamizki ko‘p hollarda mamlakatimizda ayollarning oliy ta’limni ololmaslikka aynan moliyaviy kamchiliklarga borib taqaladi. Shu sabali ham, muammoning aynan moliyaviy tomonlari chuqur muhokama qilindi. Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limdan keying ta’limni o‘tayotgan ya’ni magistraturada tahsil oluvchi xotin-qizlarning o‘quv shartnoma puli davlat byudjeti tomonidan to‘lib berilishi haqida farmon imzolandi. Bu imkoniyat oliy ta’lim muassasalarida ayol o‘qituvchilarning sonini oshishiga, magistraturada tahsil olishni istovchi uy bekalarining oila byudjetiga yordam berishiga turtki bo‘la oladi. Bundan tashqari bakalavr yo‘nalishida o‘qishni istovchi talaba qizlarimizga o‘quv shartnoma pulini to‘lashga yordam sifatida 7 yil mobayniga foizsiz kreditlar ajratiladi. Ayollar ta’limida uchraydigan muammolarning aynan moliyaviy taraflarini birinchi o‘rinda uzil-kesil hal etilishi, moliyaviy muammo orqali paydo bo‘luvchi yana ko‘plab muammolarga yechim bo‘la oladi. O‘zbekistonda ayollar ta’limiga har tomonlama imtiyoz va imkoniyatlar yaratgan holda, jamiyat kelajagini ilmli farzandlar, ta’limga beharlik bildirmaydiga oilalarni ko‘paytirish maqsad qilib olingan.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin