14-rasm. Materiallar qaytimi diagrammasi.24 Yuqoridagi 14-rasm orqali ham bizga ma’lum bo‘ldiki, 2022-yilda korxona qolgan yillarga qaraganda sezilarli darajada samaradorlikga erishgan.
Mahsulot, (ish, xizmat)larning xarajat sig‘imini baholash tahlilda eng muhim va hal qiluvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Mahsulotning xarajat sig‘imi jami xarajatlar va xarajat elementlari bo‘yicha alohida hisob-kitob qilinadi.
Moddiy resurslar sig‘imi ko‘rsatkichi bir so‘mlik ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf bo‘lgan moddiy (material) xarajatlar summasini ifodalaydi. Moddiy resurslar sig‘imi moddiy resurslar qaytimining aksini ifodalovchi ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkich materiallar sig‘imi deb ham ataladi. Materiallar sig‘imi darajasi qancha past bo‘lsa, moddiy resurslardan foydalanish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu xo‘jalik iqtisodiyotining, qolaversa, mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanishi va mustahkamlanishiga sababchi bo‘ladi.
11-jadval Materiallar sig‘imining omilli tahlili25
Ko‘rsat
kichlar
2020-yil
2021-yil
2022-yil
Hisobot yilidagi YAM hajmi va bazis yili MX hajmi bo‘yicha
2022-yilga nisbatan o‘zgarishi
(+,-)
Yalpi mahsulot hajmi hisobiga
Moddiy xarajatlar hajmi hisobiga
2020
2021
2020
2021
2020
2021
2020
2021
Yalpi mahsu
lot, ming so‘m
53 403 100
54 689 107
57 411 556
57
411 556
57 41 1 556
4
008
456
2
722
449
4
008
456
2
722
449
0
0
Moddiy xarajat
lar, ming so‘m
11
708
565
10
705
177
8
252
360
11
708
565
10
705
177
-3
456
205
-2
452
817
0
0
-3
456
205
-2
452
817
Material
lar sig‘imi, so‘m
0.23
0.2
0.14
0.2
0.18
-0.09
-0.06
-0.09
-0.02
-0.06
-0.04
11-jadval orqali materiallar sig‘imining omilli tahlilini ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz.
Materiallar sig‘imi darajasi qancha past bo‘lsa, moddiy boyliklardan foydalanish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Bizni korxonada bu koeffitsiyent 2020-yilda 0,23 koeffitsiyentni, 2021-yilda 0,2 koeffitsiyentni, 2022-yilda esa 0,14 koeffitsiyentni tashkil etgan. Bu esa o‘z navbatida, moddiy boyliklardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha yildan yilga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Materiallar sig‘imi hisobot yilida (2022) bazis yiliga (2020) nisbatan 0,09 so‘mga kamaygan, ya’ni bir so‘mlik yalpi mahsulot uchun qilingan xarajat hajmi bazis yilida 0,23 so‘mni, hisobot yilida esa 0,14 so‘mni tashkil qilgan, natijada bir so‘mlik yalpi mahsulot hisobiga qilingan xarajat hisobot yilida 0,06 so‘mga kamaygan.
Materiallar sig‘imining o‘zgarishiga 1-omil yalpi mahsulot hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli materiallar sig‘imi ko‘rsatkichidan bazis davridagi materiallar sig‘imi ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak.
Hisobot yilida yalpi mahsulot hajmining keskin ortishi materiallar sig‘imi darajasining 0,09 so‘mga ortishiga sababchi bo‘lgan.
Materiallar sig‘imining o‘zgarishiga 2-omil moddiy xarajatlar hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi materiallar sig‘imi ko‘rsatkichidan shartli materiallar sig‘imi ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak.
Moddiy (material) xarajatlar hajmining hisobot yilida bazis yiliga nisbatan keskin kamayishi materiallar sig‘imi darajasini 0,09 so‘mga kamayishiga sababchi bo‘lgan.
Materiallar sig‘imi bir omilning ijobiy, ikkinchi omilning salbiy ta’siri ostida o‘zgarib, pirovard natijada 0,09 so‘mga kamaygan, natijada moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi 64,3 foizga ortgan.
Materiallar sig‘imi hisobot yilida (2022) bazis yiliga (2021) nisbatan 0,06 so‘mga yoki 30 foizga kamaygan, ya’ni 1 so‘mlik yalpi mahsulot uchun qilingan xarajat hajmi bazis yilida 0,2 so‘mni, hisobot yilida esa, 0,14 so‘mni tashkil qilgan, natijada bir so‘mlik yalpi mahsulot hisobiga qilingan xarajat hisobot yilida 0.,6 so‘mga kamaygan.
Materiallar sig‘imining o‘zgarishiga 1-omil yalpi mahsulot hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli materiallar sig‘imi ko‘rsatkichidan bazis davridagi materiallar sig‘imi ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak.
Demak, hisobot yilida yalpi mahsulot hajmining keskin ortishi materiallar sig‘imi darajasining 0.,2 so‘mga yoki 10 foizga ortishiga sababchi bo‘lgan.
Materiallar sig‘imining o‘zgarishiga 2-omil moddiy xarajatlar hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi materiallar sig‘imi ko‘rsatkichidan shartli materiallar sig‘imi ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak.
Demak, moddiy (material) xarajatlar hajmining hisobot yilida bazis yiliga nisbatan keskin kamayishi materiallar sig‘imi darajasini 0.04 so‘mga yoki 22,2 foizga kamayishiga sababchi bo‘lgan.
Materiallar sig‘imi bir omilning ijobiy, ikkinchi omilning salbiy ta’siri ostida o‘zgarib, pirovard natijada 0,06 so‘mga yoki 30 foizga kamaygan, natijada moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi 43 foizga ortgan.