Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
noaniqlik sharoitlarida o‘lchash ma’lumotlarining yuqori ishonchliligini ta’minlovchi raqamli o‘lchash axborotlarini intellektual tahlil qilish usuli asosida nazoratning texnik vositalarini intellektuallashtirish nazariyasi takomillashtirilgan;
o‘lchash vositalarining diagnostikasi va yuqori ishonchliligini ta’minlovchi zahiralashning ortiqcha usuli asosida o‘lchashning intellektual vositalarini real vaqt rejimida o‘z-o‘zini nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan va diagnostika qilish usuli takomillashtirilgan;
bashoratlash va baholash modellari asosida intellektual o‘lchash vositalari o‘lchash natijalarini tekshirishning o‘lchash axborotlari ishonchliligini baholash imkonini beradigan uslubiyati ishlab chiqilgan;
sun’iy neyron tarmog‘idan foydalanib, kognitiv analizatorni qo‘llash hisobiga intellektual o‘lchash vositalarini metrologik o‘z-o‘zini nazorat qilishning o‘lchash vositalari soz holatini yanada aniqroq aniqlash imkonini beradigan usuli ishlab chiqilgan;
kalibrlash jarayonida intellektual datchikni “o‘qitish” asosida intellektual o‘lchash vositalarini avtomatik kalibrlashni amalga oshirishni ta’minlovchi o‘z-o‘zini kalibrlash usuli ishlab chiqilgan;
datchikning mikrokontrollerning etalon signaliga reaksiyasi asosida o‘lchash vositalarining holatini aniqlovchi datchiklarni intellektuallashtirish uchun o‘lchash vositalarining diagnostikasi va o‘z-o‘zini nazorat qilishini o‘tkazish imkonini beradigan universal qurilma ishlab chiqilgan;
neyro-noaniq modellar asosida intellektual o‘lchash vositalari tashqi ta’sirlarini korrekiyalashning o‘lchash aniqligin oshirish imkonini beradigan sxema va algoritmlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalariquyidagilardan iborat:
intellektual o'lchash vositalarining tashqi ta'sirini korrekiyalash sxemalari ishlab chiqilgan;
generator tipidagi datchiklarni intellektuallashtirish qurilmasini tajribaviy tadqiqotlari o‘tkazilgan;
parametrik sensorlarni ulash uchun intellektual qurilma va uning algoritmlari ishlab chiqilgan, qo'shimcha sensor asosida tashqi ta'sirlarni kompensatsiyalash amalga oshirilgan;
tashqi harorat ta'sirini kompensatsiyalash imkoniyatiga ega bo‘lgan o'z-o'zini kalibrlash funksiyasiga ega intellektual o'lchash qurilmalari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqilgan.