Kirish (phd) dissertatsiyasi annotatsiyasi Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 46,73 Kb.
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü46,73 Kb.
#185011
1   2   3   4   5   6   7
KIRISH

Tadqiqotning maqsadi texnik nazorat va monitoring vositalarini intellektuallashtirish muammolarini samarali hal qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek texnologik jarayonlar parametrlarini o'lchash uchun intellektual vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik parametrlarini intellektual nazorat qilish va monitoring qilishning mavjud yondashuvlarini tahlil qilish va texnologik jarayonlarni boshqarishning texnik vositalarini intellektuallashtirish umumlashtirilgan konsepsiyasini yaratish;
intellektual o'lchash vositalarini ishlab chiqish uchun mavjud standartlarni tahlil qilish;
o'lchash ma'lumotlariga intellektual ishlov berish va o'lchash ma'lumotlarining ishonchliligini baholashga imkon beradigan intellektual o'lchash vositalarini qurish va o'lchash signalini baholash uslubiyatini ishlab chiqish;
intellektual o'lchash vositalarining metrologik tavsiflarini o'rganish va o'z-o'zini kalibrlash, o'z-o'zini diagnostika qilish va o'zini o'zi nazorat qilish funksiyalariga ega o'lchash asboblarini ishlab chiqish;
o'lchash vositalarini tashxislash va o'z-o'zini nazorat qilish imkonini beradigan texnologik jarayonlarni boshqarishning texnik vositalarini intellektuallashtirish usullari va vositalarini ishlab chiqish;
o'lchash vositalarining holatini aniqlashga imkon beradigan kognitiv o'lchash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
intellektual o'lchash vositalarini diagnostika qilish, sezgirlik, aniqlik va boshqa metrologik ko'rsatkichlarni oshirish usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlari parametrlarini o'lchashning intellektual vositalaridir.
Tadqiqotning predmeti sanoat ishlab chiqarishining texnologik parametrlarini o'lchash vositalarini intellektuallashtirish usullari, algoritmlari va vositalarini tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida intellektual tizimlar nazariyasi, o'lchash ma'lumotlarini qayta ishlash va olish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, to'plamlar nazariyasi, ko'p o'zgaruvchan funksiyalar nazariyasi, raqamli ma'lumotlarni qayta ishlash usullari, ma'lumotlarni qayta ishlash va olish usullari, neyron tarmoq usullari, noaniq mantiq va analitik hisob-kitoblar qo'llanilgan.

Yüklə 46,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin