Kirish (phd) dissertatsiyasi annotatsiyasi Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi



Yüklə 46,73 Kb.
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü46,73 Kb.
#185011
1   2   3   4   5   6   7
KIRISH

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi nazariy asoslangan tushunchalar, yetarli miqdordagi sinovlarning ijobiy natijalari, texnik vositalarni intellektuallashtirishning zamonaviy usullari va algoritmlari, o'lchash natijalarini qayta ishlash va taqqoslashning matematik modellashtirish usullari, texnologik o'lchash asboblari parametrlarini intellektuallashtirish va o'z-o'zini diagnostika qilish, o'z-o'zini kalibrlash va o'z-o'zini nazorat qilish funksiyalarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqishda tarmoq algoritmlari va noaniq mantiq qoidalari va sun'iy neyronlardan foydalanish, shuningdek, axborotni qayta ishlashning zamonaviy usullari va vositalaridan foydalangan holda o'tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarining o‘zaro muvofiqligini yetarliligi bilan ta'minlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati intellektual ma'lumotlarni qayta ishlash usullari, tizimli tahlil va kibernetika, noaniq mantiq va abstrakt algebra asosida ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik parametrlarini nazorat qilishni intellektuallashtirish nazariyasini takomillashtirishdan iborat bo'lib, o'lchash vositalarini talab etilgan intellektuallashtirish funksiyalari bilan ta'minlaydi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati o'lchashlarning aniqligi va tezligini, o'lchash parametrlarining noaniqligida o'lchash natijalarining ishonchliligini oshirishga imkon beradigan, real vaqt rejimida o'lchash signallarini raqamli qayta ishlashga imkon beradigan tashqi omillarning ta'sirini qoplaydigan parametrik datchiklarni ulash uchun intellektual o'lchash moslamalari va intellektual qurilmalarni metrologik o'z-o'zini nazorat qilish usulini ishlab chiqishdan iborat. Ishlab chiqilgan algoritmlar o'lchash asboblarining ishlash muddatini uzaytirishga, raqamli interfeyslar orqali ma'lumotlarni uzatishni optimallashtirishga, kalibrlash oralig‘i intervali muddatini uzaytirishga yordam beradi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik jarayonlarni boshqarishning texnik vositalarini intellektualizatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
intellektual o'lchash qurilmalarini metrologik o'z-o'zini nazorat qilish usuli "SAYHUN GOLD OIL" MCHJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 03/3-471-son ma'lumotnomasi). Natijada o'lchash signalining ishonchliligi oshgan va o'lchash vositalarining ishlash muddati uzaygan;
parametrik turdagi datchiklarni intellektuallashtirish uchun universal qurilma – raqamli interfeys "SAYHUN GOLD OIL" MCHJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 03/3-471-son ma'lumotnomasi). Natijada, nazorat-o'lchash asboblariga texnik xizmat ko'rsatish va diagnostika xarajatlari 4% gacha kamaygan hamda kalibrlash va qiyoslash oralig'i mudatlari uzaygan;
kalibrlash jarayonida intellektual sensorni o'qitish asosida intellektual o'lchash moslamalarini o'z-o'zini kalibrlash usuli "SAYHUN GOLD OIL" MCHJ korxonasiga joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 03/3-471-son ma'lumotnomasi). Usulni joriy etish natijasida kalibrlash amallarini qisman avtomatlashtirish tufayli kalibrlash ishlarini bajarish xarajatlari 3% gacha kamaygan.
intellektual o'lchash qurilmasining tashqi ta'sirni tuzatish algoritmlari "SAYHUN GOLD OIL" MCHJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2023-yil 13-oktyabrdagi 03/3-471-son ma'lumotnomasi). Natijada, tashqi ta'sirlarni kompensatsiya qilish orqali yuqori o'lchash aniqligiga erishilgan, bu esa mahsulot chiqindilari miqdorini kamaytirishga olib kelgan.

Yüklə 46,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin