Ushbu mineral plastifikatorlar qorishmaning qulay joylanuvchanligini
oshirish bilan birga suv ushlashlik xususiyatini, suv va nam muxitlarga
bardoshliligini, sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Mineral qo‘shimchalar tarkibida meyordan ortiq organik aralashmalar, tuz
eritmalari bo‘lmasligi kerak, aks holda qorishmaning sifati pasayishi va
suvoqchilikda ishlatilganda rangi o‘zgarishi mumkin.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo
pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida LST
(lignosulfonat texnicheski) milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog‘lovchi
massasiga nisbatan 0,1-0,3% kiritiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibiga superplastifikatorlar (massaga
nisbatan
1%
gacha)
va
gelpolimer
moddalar qo‘shiladi; S-3 kabi
superplastifikatorlar
qorishma
qulay
joylanuvchanligini
keskin
oshiradi.
Gelpolimerlarning bir gramm moli 50-1000 gramm molgacha suv molekulalarini
vaqtinchalik (6-24 soatgacha) bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lib, bog‘lovchi
massasiga nisbatan 0,1-0,3% qo‘shilishi qorishmaning suv ushlashlik xususiyatini
keskin oshiradi.
Qurilish qorishmasi qishda ishlatilganda tarkibiga qotishini tezlashtirish va
suvning muzlash haroratini pasaytirish maqsadida kalsiy xlorid, natriy xlorid,
potash, natriy nitrat kabi moddalar qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: