Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə130/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

2. Pardozlash qorishmalari 
Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips,
gipssementputssolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi.
Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va
manzarali qorishmalarga bo‘linadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq
qorishmalariga bo‘linadi.
G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi tomondan
suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim
sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatilishi mumkin.
Doimo nam va suv ta’sir etadigan binolarning sokol, karniz va boshqa
qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sementohakli
qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki
devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va
sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi.
Suvoq qorishmalarining harakatchanligi standart konusning cho‘kishi
chuqurligi bilan aniqlanadi.
Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma
harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi.
Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak.
Pardozlash qatlamining harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kerak. Bu
qorishmalarda qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo‘ladi.
Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga
mo‘ljallangan. Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik bloklarning
sirtqi yuzalarini zavodning o‘zida pardozlash, shuningdek qurilish maydonlarida
bino fasadlarini pardozlash mumkin.
Turarjoy va jamoat binolarining ichki devorlarini pardozlashda ham
manzarali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy
portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvars
qumlari, granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘
jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga bezash
faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, perlit, shisha



maydasi kiritiladi. Ichki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ ko‘rinish berish


uchun rangli polimer donachalar ham qo‘shilishi mumkin.
Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va
quyosh nuriga bardoshli tabiiy va sun’iy pigmentlar (lazur, ultramarin,oxra,temirli
surik, mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi.
Temirbeton panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, engil
betonlardan tayyorlangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarni
suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida /35 markada
bo‘lishi kerak. Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 8% oshmasligi
zarur. Yirik panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar asosida fakturali
ishlanishi tavsiya etiladi.
Buning uchun rangli metallar, plastik va shishaplastik relefli matritsa
joylashtirilgan qoliplar ishlatiladi. Qorishma yuzasini abraziv disklar va boshqa
usullarda ishlov berish qorishma qotgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin