Nazorat savollari 1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi?
2.
Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering.
3.
Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
4.
G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar harakatchanligi
haqida nimalarni bilasiz?
5.
Oddiy va aralash qorishmalarni tushuntirib bering.
6.
Maxsus qurilish qorishmalari haqida aytib bering.
7.
Quruq qorishmalar to‘g‘risida gapirib bering.
8.
Qurilish qorishmalari tayyorlash texnologiyasi qanday jarayonlarni o‘z ichiga
oladi.
15-MAVZU QURILISH QORISHMALARI. Reja: 1.
G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalar.
2.
Pardozlash qorishmalari
3.
Maxsus qorishmalar
4.
Quruq qorishmalar
5.
Qorishmalarni tayyorlash va tashish
1. G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari Bino va inshootlarda g‘isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig‘ma
temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda sementli murakkab qorishmalar turli
markalarda ishlatiladi (8.3.2 bo‘lim).
G‘isht-tosh terishga mo‘ljallangan qorishmalarning harakatchanligi
ularning ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik
g‘isht, beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13sm, kovakli g‘isht,
keramik toshlar terish uchun 7-8sm, devorlarni beton bloklar va panellardan
montaj qilishda gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5-7sm, xarsang tosh va
bloklarni terish uchun 4-6sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13-15 sm.
Demak, zich materiallar terilsa harakatchanligi yuqori qorishmalar ishlatish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmaning harakatchanligini belgilashda
teriladigan materiallarning namligini ham hisobga olish kerak.
Qurilish qorishmalarining tarkiblari misol tariqasida 18.1 jadvalda