Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə18/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Temir-magnezialli 
silikatlarga
olivin,
piroksenlar,
amfibolalar,
magnezialli silikatlarga ikkalamchi minerallar-serpentinlar, xrizotil asbest va
boshqalar kiradi.
Alyumosilikatlarga
muskavit,
flogopit
va
biotit,
gidroslyudalargidromuskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallarni va
alyumosilikatlarni rangli minerallar (yashil, to‘q yashil, qoramtir va h.k.) deb
yuritiladi. Slyudalardan tashqari bu gurux minerallar tog‘ jinslariga yuqori
mustahkamlik va nurashga chidamlilikni beradi.
Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning
chuqurlikda asta-sekin sovushidan to‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi. Donalar
o‘lchamiga qarab yirik donali (5mm ko‘p), o‘rtacha donali (1-5mm) va mayda
donali (0,5-1mm) hamda notekis donador va tekis donador bo‘ladi (3.1-rasm).
Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘ta yuqori zichlikka
ega bo‘lganligi sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda
kam bo‘ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100300 MPa, o‘rtacha zichligi
2600-3000 kg m
3
, suv shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 3 Vt (m
.0
S) atrofida bo‘ladi.
2.2 CHo‘kindi tog‘ jinslari 
CHo‘kindi jinslar magmatik va boshqa jinslarning nurashi, emirilishi,
kimyoviy o‘zgarishlari va o‘simliklar chirishi natijasida hosil bo‘lgan. CHo‘kindi
jinslar tarkibi va hosil bo‘lishi xarakteriga ko‘ra mexanik, kimyoviy va orgonogen
turlarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindilarga giltuproq, qum, shag‘al singari sochiluvchan
jinslar, konglomeratlar, brekchinlar va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi.
Bu cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chishi mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips, dolomit, magnezit va boshqalar)
tog‘ jinslarining kimyoviy o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘lib, suv vositasida
eritma holda ko‘chgan bo‘ladi.
Orgonogen cho‘kindilar o‘simliklar, suv o‘tlari, hayvonot dunyosi
chirishidan hosil bo‘lgan. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohaktoshlar, diatomitlar va
boshqalar kiradi. CHo‘kindi jinslar nisbatan g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi sababli
mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi.



CHo‘kindi jinslarni hosil qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar,


giltuproqli minerallar, sulfatlar guruxlari kiradi.
Kvars guruxiga opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi.
Opal (SiO
2
.
nH
2
O)-amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv
bog‘langan. Zichligi 1,9-2,5 g sm
3
, qattiqligi 5-6, rangi oq, sariq, havo rang yoki
qora bo‘lishi mumkin.
Xalsedon (SiO
2
) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo‘lib, oq,
kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir. Zichligi 2,6 g sm
3
, qattiqligi
6.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin