Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm. Portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi qum va shag‘al



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə83/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

12.4-rasm. Portlandsement, o‘rtacha yiriklikdagi qum va shag‘al 
asosidagi og‘ir betonning suv sarfi
a)
harakatchan
qorishmalar;
b)
bikr qorishmalar;
shag‘al
fraksiyalarining eng yirigi; 1-70 mm; 2-40 mm; 3-20 mm; 4-10 mm.
Sement, suv, mayda to‘ldirgichlardan tashkil topgan sementli qorishma
yirik to‘ldirgichlarning oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Ammo bu jarayon ideal
ravishda bo‘lmay, yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochishiga olib keladi.
Odatda donalarning bir-biridan qochishi koeffitsienti bilan belgilangan bo‘lib,
doimo 1 dan katta bo‘ladi. Harakatchan beton qorishmalarida yirik to‘ldirgich
donalari bikr qorishmalarga nisbatan kamroq bir-biridan qochadi va koeffitsienti
mutanosib ravishda bikr betonlarda minimumga intiladi.
Oddiy og‘ir beton qorishmasining namunaviy strukturasi 12.5-rasmda
keltirilgan.
С
ув
са
рф
и С
, к
г
м
3
С
ув
са
рф
и
С
,
кг
м
3
Бикрлик Ж, с





12.5-rasm. Beton qorishmasi strukturasi
a) bikr; b) harakatchan.
Yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti bikr
qorishmalarda 1,05-1,15 va harakatchan qorishmalarda 1,2-1,5 ga teng bo‘ladi.
Yirik to‘ldirgich donalarini bir-biridan qochishi haddan ziyod bo‘lsa, sement
qorishmasi sarfi ko‘payadi, betonning fizik-mexanik va deformativ xususiyatlari
yomonlashadi.
Beton qorishmasi harakatchanligini sement va suv sarfini oshirish hisobiga
ko‘paytirish betonning zichligi va mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
SHuning uchun beton qorishmasining harakatchanligini oshirish maqsadida uning
tarkibiga turli plastifikatorlar kiritish mumkin.
Beton qorishmasini plastifikatsiyalash uchun tarkibiga kimyoviy moddalar-
gidrofillashtiruvchi (lignosulfonatlar), gidrofoblashtiruvchi (milonaft, asidol va
boshqalar), difil, ya’ni ham gidrofoblik ham gidrofillik xususiyatlari beruvchi
sintetik yog‘li kislotalar, mikroko‘pik hosil qiluvchi (ishqoriy yog‘och peki) va
boshqa kompleks qo‘shimchalar qo‘shish tavsiya etiladi.
Hozirgi kunda beton qorishmasini plastifikatsiyalash maqsadida o‘ta
samarali superplastifikatorlar quyidagi polimerlar asosida tayyorlanadi: melamin
smolasi hosilasi yoki naftalin sulfokislotalar (S3); lignosulfonatlar va kaprolaktam
chiqindilari asosidagi moddalar va boshqalar. Superplastifikatorlar beton
qorishmasiga 0,15-1,2 % sement miqdoriga nisbatan qorishma tayyorlanayotgan
jarayonda qo‘shiladi.
Beton qorishmasi tarkibiga plastifikatorlar qo‘shish uni tayyorlash
texnologiyasini
va
qorishmani
qoliplarga
joylashtirishni
osonlashtiradi.
Plastifikatorlarning beton qorishmasidagi ta’sir kuchi 1-1,5 soat saqlanadi.
Beton qorishmasidagi ishqoriy muhitda plastifikatorlar beton uchun
zararsiz moddalarga aylanadi va keyinchalik undan tayyorlangan buyum va
konstruksiyalarning ekspluatatsion xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, beton tarkibiga kiritilgan gidrofob va difil
plastifikatorlarning gidrofob effekti, ya’ni o‘ziga suvni yuqtirmaslik xususiyati,



uzoq yillar saqlanar ekan. Odatda bunday betonlar atmosfera muhitiga va sovuqqa


chidamli bo‘ladi.
Superplastifikatorlar qo‘shilgan beton qorishmalarini betonnasoslar va
quvurli transport vositasida uzatish va qoliplarga zichlashtirish usullarini
qo‘llamasdan, quyma usulda qoliplash mumkin.
Bundan tashqari beton qorishmasini plastifikatsiyalash suv-sement
nisbatini kamaytirish, natijada betonning zichligi va mustahkamligini oshishiga
olib keladi. Hozirgi kunda beton qorishmasini plastifikatsiyalash va suv ushlashlik
hossasini yaxshilash maqsadida gelpolimerlar (gidrosorslar) qo‘shilmoqda. 1 g
gelpolimerlar 50-100, hatto 1000 ml suvni o‘ziga vaqtincha bog‘lay oladi. Suvga
to‘yingan gelpolimer bir necha kun davomida suvning bir qismini yo‘qotadi.
Suvning qolgan qismi esa, vaqt o‘tishi bilan sement gidrotatsiyasi jarayonini suv
bilan ta’minlaydigan ichki mikro suv “havzalari” vazifasini o‘taydi.
Beton qorishmasi tayyorlanganda, dastlabki soatlarda (kunlarda) suvni
yo‘qotishni oldini olish tadbiri betondan tayyorlangan beton va temirbeton
konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishini, mustahkamlikni pasayishini keskin
kamaytiradi.
Nazariy savollar
1.
Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.
2.
Betonlarni klassifikatsiyalab bering.
3.
Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.
4.
Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini tushuntirib bering.
5.
Betonning asosiy xossalarini aytib bering.
6.
Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini tushuntirib bering.
7.
Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?
8.
Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?
9.
Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini aytib bering.
10.
Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat beriladi?
11.
Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.
12.
Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.
13.
YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.
14.
Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini tushuntirib bering.






Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin