1-shtativ; 2 va 3-ushlagichlar; 4-prujinali tugma; 5-siljiydigan sterjen; 6-konus; 7-
siferblat; 8-qorishma aralashmali idish.
Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma bo‘shatiladi.
Bunda konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi qorishmaning quyuqligiga
bog‘liq bo‘lib, qorishma suyulgan sari konus chuqurroq cho‘ka boshlaydi.
Qorishmaga konusning cho‘kishi (SM) uning harakatchanligini ifodalaydi.
Qorishmaning harakatchanligi sement va boshqa mineral bog‘lovchilarning
turiga,mayda to‘ldirgich va mineral qo‘shimchalarning dispersligiga va suvning
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishma tarkibida suv miqdorini ko‘paytirish
hisobiga harakatchanligini
istalgancha oshirish mumkin, ammo suv miqdorining
oshirilishi qorishma
mustahkamligiga
va
sovuqqa
chidamliligiga,
qolaversa,
qorishma
aralashmalarining qatlamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv miqdorini
oshirmasdan
harakatchan
qorishmalar
tayyorlash
uchun
tarkibiga
plastifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalar kiritish tavsiya etiladi.
Qurilish qorishmasi aralashmasining harakatchanligi
ishlatilish sohasi,
qishki va yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi.
Suv ushlashlik xususiyati qorishma aralashmasining g‘ovakli asosga
yotqizganda suvni saqlash va tashish jarayonida
qatlamlanmaslik xossasiga
aytiladi.
Qorishma aralashmasining suv ushlashlik xossasi aktiv mineral kukunlar
yoki polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va boshqalar) qo‘shilib
oshiriladi.
Bunday moddalar qo‘shilgan qorishmalar g‘ovak asoslarga (g‘isht,
beton
va
sh.k) asta-sekinlik bilan suvni beradi va zichligi, mustahkamligi oshadi.
Dostları ilə paylaş: