Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə56/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Ohakning qotishi. Havoyi ohak so‘ndirilgach ochiq havoda asta-sekin
quriydi va havo tarkibidan SO
2
gazini olib qotadi.
So‘ndirilgan ohak quyidagicha karbonlashadi:
Sa(ON)
2
SO
2
SaSO
3
N
2
O
Ohak bog‘lovchisi qotish jarayonida Sa(ON)
2
zarrachalari bir-biriga
yaqinlashadi, zichlashadi, asta-sekin kristallanadi va kristallanish jarayonining
chuqurlashishi mustahkam qurilish materiali hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ohak
bog‘lovchisi asosidagi materiallar mustahkamligini tezlikda oshirish uchun ularni
issiqlik bilan qayta ishlash tavsiya etiladi. Issiqlik Sa(ON)
2
karbonlashtirish
jarayonini (kristallanishni) tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak. Ohakning bu turi bo‘lak ohakni avvaldan
so‘ndirilmasdan maxsus tegirmonda kukun xolatga keltirib tayyorlanadi.
So‘ndirilmagan tuyulgan ohak asosidagi qurilish qorishmalari va betonlari tez
qotadi.
Ohak tarkibiga 90-150% suv kiritilganda ohak bevosita material ichida
gidratlansa (SaO
.
N
2
O) SaO ning gidratatsiya va kristallanish jarayonlari tezlashadi.
Gidratatsiya jarayonida ajrab chiqqan issiqlik qurilish qorishmasi va betonning
qotishini tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak tarkibiga kukun holatdagi mineral
qo‘shimchalar (shlaklar, kullar, ohaktosh va boshqalar) qo‘shilishi mumkin. Bu
turdagi ohak bog‘lovchisi tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani ma’qul, aks
holda mahsulot havodan namni olib bog‘lovchilik xususiyatini yo‘qotishi mumkin.
Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari. Sifatiga qarab havoyi ohak
sanoatda 3 xil navda ishlab chiqariladi. Havoyi ohak 5.1-jadvalda keltirilgan
talablarga javob berishi kerak.
So‘nish tezligiga qarab havoyi ohak tez so‘nadigan (8 minutgacha),
o‘rtacha tezlikda so‘nadigan (25 minutgacha) va sekin so‘nadigan (25 daqiqadan
ko‘p) turlarga bo‘linadi. To‘yingan so‘ndirilmagan ohakning maydalik darajasi
№02 va 008 nomerli elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Elaklardagi
qoldiqlar 1,0 va 15% bo‘lishi kerak.
Uning to‘kma zichligi 800-1200 kg m
3
bo‘ladi. Havoyi ohak
mustahkamligi jihatidan mineral bog‘lovchilar o‘rtasida eng pasti hisoblanadi.
Ohak asosidagi qurilish qorishmalarining siqilishdagi mustahkam chegarasi,
so‘ndirilgan ohak ishlatilganda, 0,4-1,0 MPa atrofida bo‘ladi. SHuning uchun



havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha emas, balki uning tarkibiga nisbatan


belgilanadi. Ohaktosh tarkibida tuproqsimon va boshqa qo‘shimchalar kam bo‘lsa,
ohak aktivligi shuncha yuqori, so‘nishi esa tez bo‘ladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin