Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka,
diatomit, gliej va boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli
va ohak-putssolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va
qisman suvli muhitga chidamli, ammo sovuqqa chidamliligi past bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, engil va
og‘ir silikat betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va
ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak
bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib, terini, nafas olish a’zolariga salbiy ta’sir etishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: