Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org
10- MAVZU BETON QORISHMASI VA UNING XOSSALARI REJA 1. Beton qorishmasi va betonning xossalari 2. Beton qorishmasining klassfikatsiyasi
Beton qorishmasining xossalari Beton qorishmasining reologik xossalari. Ratsional tanlangan tarkibdagi
va meyoriga etkazib aralashtirilgan, qotmagan xoldagi kompozitsion aralashmasiga
beton qorishmasi deyiladi.
Nazariy va amaliy jihatlardan beton qorishmasi uzluksiz strukturaga ega
bo‘lishi zarur. Beton qorishmasida sement, suv, mineral va polimer qo‘shimchalar
mikrostrukturani hosil qiluvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa makrostruktura
asosini hosil qiluvchi komponentlar hisoblanadi. Beton qorishmasining yaxlitligini
komponentlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan ichki kuchlar ta’minlaydi. Strukturani
hosil qiluvchi asosiy komponent suv va sement xamiridir. Sement gidratatsiyasi
jarayonida qattiq fazaning dispersligi oshishi hisobiga sement xamirining
elimlovchi va bog‘lovchilik xususiyatlari ortib boradi. Beton qorishmasi tarkibi
butun hajmi bo‘ylab bir xil bo‘lishi va qulay joylanuvchanligi uni tashish va
qoliplashda muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Beton qorishmasiga tashqaridan kuch ta’sir etganda boshlang‘ich davrda
elastik deformatsiyalanadi, kuchning oshib borishi natijasida qorishmaning
strukturaviy mustahkamligidan ortiq kuchlanish hosil bo‘lganda u suyuqlanib oqa
boshlaydi. Ushbu jarayonni izohlab beton qorishmasini elastik-plastik-oquvchan
jism deb qarash va qattiq jism fizikasi va haqiqiy suyuqlik nuqtai nazaridan
o‘rganish zarur.
Beton qorishmasini mexanik ta’sirlar natijasida suyulib, ta’sirlar olingach
yana o‘z holiga qaytishi tiksotropiyasi deyiladi.
Beton qorishmasi oquvchanlik hossalarini mexanik ta’sirlar yoki maxsus
suyultiruvchi sirtaktiv
moddalar qo‘shilib o‘zgartirish mumkin. Beton
qorishmasining bu xususiyati undan beton va temirbeton konstruksiyalar va
buyumlar tayyorlashda muxim ahamiyatga ega.