Portlandsement asosida tayyorlangan va normal sharoitda qotayotgan
beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishi taqriban logarifm qonuniyati orqali
ifodalanishi mumkin:
lg
n
Rn R
28
lg28 ,
bu erda: Rn-n sutkadagi betonning mustahkamligi (kamida 3 sutka); R
28
-
betonning markadagi mustahkamligi; n-betonning qotishi kunlari. Bu
usulda beton mustahkamligini aniqlash konstruksiyalarni qolipdan bo‘shatishni
belgilashda ishlatiladi. Beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishini aniqroq
bilish uchun avvaldan tayyorlangan, tajribalar asosida qurilgan grafiklar beton
namunalarini 3,7,28, 90 sutkada sinab mustahkamligi aniqlanadi.
Portlandsement asosida tayyorlangan beton mustahkamligi normal
sharoitda 7-14 sutkada 60-80% markadagi mustahkamlikka erishadi. Betonning
dastlabki vaqtdagi mustahkamligini oshirish uchun tez yoki o‘ta tez qotuvchan
portlandsement turlari ishlatish yoki issiqlik bilan qayta ishlash mumkin. Beton
qotishini tezlashtirish qoliplarni aylanma qayta ishlatilishi yoki monolit beton
ishlatilganda qurilish jarayonini tezlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: